Professional pedagog bilimi quyidagi 7 asosga javob berishi kerak:
1. Kontentga oid bilimlar (mutaxassis sifatida fanini bilishi, masalan, geografiya, adabiyot);
2. Umumiy pedagogik bilimlar (sinf boshqaruvi va tashkilotchilikka oid umumiy prinsip va strategiyalar);
3. O‘quv dasturiga oid bilimlar (muayyan o‘quvchilar guruhiga nima o‘qitilishi);
4. Pedagogik kontentga oid bilimlar (muayyan fan mazmunini qanday o‘qitish, masalan, fanga xos konsepsiyalar/modellar/nomaqbul yondashuvlarning turlari);
5. O‘quvchilar va ularning psixologiyasiga oid bilimlar (o‘quvchilarning ma’rifiy va o‘quv ehtiyojlarini tushunish);
6. Ma’rifiy kontekstga oid bilimlar (bolalar o‘qiydigan maktab, muhit, hamjamiyat va ijtimoiy kontekstni tushunish);
7. Ta’lim maqsadlariga oid bilimlar (ta’limning maqsadi nima ekani hamda uning asosida qaysi qadriyat va oliy maqsad yotishini anglash).
Manba: L. Shulman, “Knowledge & Teaching” (1987)
Menimcha, bizning mamlakatda birinchi asos, ya’ni o‘qituvchining mutaxassis sifatida fanini bilishigina hisobga olinadi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, biz faqat o‘qituvchilarni qayta-qayta attestatsiyadan o‘tkazamiz. Qolgani esa bizga qiziq emas…
Mavzuga doir:
Ota-onalar maktabda berilayotgan bilim darajasidan qoniqadimi?