Darsga xalaqit beradigan bolalar bilan qanday muomala qilish kerak?

Darsga xalaqit beradigan bolalar bilan qanday muomala qilish kerak?

Biz ko‘pincha o‘qituvchilar o‘quvchilarni koyishi, tahqirlaydigan so‘zlar ishlatishi haqida gapiramiz. Tanganing ikkinchi tomonini esa ko‘rmaganga olamiz. Ya’ni, pedagoglarning ish faoliyatiga xalaqit beradigan o‘quvchilar ham borligi haqida ko‘pincha lom-mim demaymiz.

Xo‘sh, o‘qituvchiga yo‘naltirilgan haqoratomuz gaplar ortida aslida nima yashiringan? O‘smirlarning qo‘rsligiga qanday munosabat bildirish lozim?..
Psixologlar tilida bulling deb ifodalanadigan bu holatga doir savollarga javob topish uchun dunyo psixologlarining fikrini o‘rgandik.
Bulling aksariyat hollarda o‘smirlarda kuzatiladi. Lekin bunda bola bir o‘zi harakat qilmaydi, sinfdagi hamfikrlar jalb etiladi. Guruhboshi o‘qituvchi tomonga masaxaraomuz gap tashlaydi va o‘qituvchining munosabatini kuzatadi. Agar o‘qituvchining jahli tez bo‘lsa va haqoratga haqorat bilan javob bersa yoki aksincha o‘zini oqlay boshlasa, bezorilar haqoratni takrorlashga harakat qilishadi.
Ko‘pincha, yosh, tajribasiz o‘qituvchilarni, ba’zida esa haddan ortiq ko‘ngilchan o‘qituvchilarni nishonga olishadi.
Nega bola birovni haqortalaydi yoki “hayotini zaharlash”ga urinadi? Bu odatning ildizi qayerda?
Ehtimoliy sabablardan biri – agressor bola oilada “bolaga hamma narsa mumkin” prinsiplari asosida tarbiyalanayotgan bo‘lishi yoki haddan ziyod taqiqlar qo‘yilgan, kichiklar kamsitiladigan oilada yashayotgan bo‘lishi mumkin. Bola maktabga kelgach, oiladagi munosabatlarni o‘qituvchida sinab ko‘rishni boshlaydi. Birovni xafa qilish, kamchiliklarini bo‘rttirish istagi mana shundan kelib chiqadi.
Tasavvur qiling, o‘qituvchi yashirin bulling nishoni bo‘ldi. O‘quvchilar uning hayotini muhokama qilishadi, sinfda o‘z-o‘zidan kulgu ko‘tariladi. O‘qituvchi ustidan kulishayotganini sezadi. Bunday vaziyatda qanday yo‘l tutgan ma’qul?
O‘qituvchi bunday vaziyatda o‘z qadr-qimmatiga tayanishi lozim. O‘zingizni haq ekanligingizni bilsangiz, shu sizga qalqon bo‘ladi. Aslida o‘zini haqligini bilgan har bir kishi odamlarning ko‘ngilni g‘ash qiluvchi omillarini yurakka yaqin olmaslikni o‘rganishi lozim. Chunki hamma joyda bo‘lgani kabi, maktablarda ham gap-so‘zlar bo‘lib turadi. Ularni ta’qiqlashning iloji yo‘q.
Agar o‘qituvchining boshqalarga o‘xshamagan tomonlaridan kulishsa-chi? Aytaylik, “kulgili” soch turmagi, nutqidagi sezilar-sezilmas nuqsoni…
Bunday paytda ko‘pincha “Shunaqasi ham bo‘ladi” degan ibora yordam beradi. “Ha, men “r” harfini talaffuz qila olmayman. Bilsang, hayotda shunaqasi ham bo‘ladi”, “Soch turmaklari turlicha bo‘ladi. Mana, menikiga o‘xshagani ham bo‘lishi mumkinligini bilib olding”.
Agar o‘qituvchini ochiqchasiga haqorat qilishsa, dars intizomiga rioya qilishmasa, darsni buzishsa, bunday paytda o‘qituvchi vaziyatni nazoratga olish uchun qanday harakat qilishi lozim?
Asosiysi, qattiq jahlingiz chiqsa ham, birdan qizishib ketmaslik. Lekin voqeani ko‘rmaganga olish mumkin emas. Munosabat bildirilmagan holat bezorilik takrorlanishiga o‘ziga xos rag‘bat beradi.
O‘qituvchi joyida og‘ir-bosiqlik bilan ko‘nglidan o‘tganlarini aytishi lozim: “Hozir qilgan ishing, meni qattiq ranjitdi”. Ochiq aytilgan tuyg‘ular agressorlarni to‘xtatadi.
Bulling dars paytida yuz bersa, o‘qituvchi darsni vaqtincha to‘xtatishi lozim. Darsni buzgan o‘quvchiga o‘zini bosib olishi uchun vaqt berishi va bo‘lib o‘tgan voqeaga boshqa o‘quvchining fikrini so‘rashi lozim. Asosiysi, bunday vaziyatda o‘quvchilarga “Nega?” degan savolni berish mumkin emas. Aksincha, bu vaziyatdan qattiq ranjiganini va hatto darsni to‘xtatishga majbur bo‘lganini aytishi lozim. O‘quvchilar bilan gaplashib olgandan so‘ng o‘qituvchi zinhor o‘zini hech narsa bo‘lmagandek tutmasligi lozim. Agressorlar bunaqa hunarlari o‘tmasligini tushunsin.
Agressorlar bilan til topishishning eng yaxshi usuli – u bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish. Vaqti-vaqti bilan unga topshiriqlar berish, tashkilotchilik ishlarida yordam so‘rash yaxshi natija beradi. Bola o‘qituvchi unga ishonayotganini his qilsa, o‘zini ko‘rsatish istagi hamkorlik qilish istagiga o‘zgaradi.
Bezorilikning boshqa turlari – sinf jihozlariga ataylab ziyon yetkazish, tupurish, turtkilashda qanday munosabat bildirish lozim?
Sinfda ochiqchasiga bezorilik qiladigan, darsga xalaqit beradigan bolalarni o‘qituvchi bir o‘zi eplashga harakat qilmasligi kerak. Bu o‘ta faollik, e’tibor yetishmasligi sindromi yoki bola ruhiyatidagi boshqa bir buzilish holati bo‘lishi mumkin. Shu sabab mutaxassislarga murojaat qilish lozim. Maktab psixologi va rahbariyatiga vaziyatni ma’lum qilish hamda ota-onasiga bolani o‘smirlar bilan ishlaydigan psixolgga ko‘rsatishni qat’iy tavsiya etish kerak bo‘ladi.

Mavzuga doir:
O‘qituvchi o‘quvchi bilan muammoli vaziyatda nima qilishi kerak?

O‘quvchi ichki tartib qoidalarini buzsa qanday chora ko‘riladi?

Tartibbuzar o‘quvchilar bilan kim shug‘illanishi kerak?


Мы часто говорим о том, что учителя унижают учеников, используя оскорбительные слова. Мы не видим оборотной стороны медали. То есть мы часто не говорим, что есть студенты, которые мешают работе педагогов.

Так что же на самом деле скрывается за оскорблениями в адрес учителя? Как реагировать на слепоту подростков?
Для того, чтобы найти ответы на вопросы об этой ситуации, которая на языке психологов называется буллингом, мы изучили мнение мировых психологов.
Буллинг в основном наблюдается у подростков. Но ребенок действует не один, привлекаются единомышленники в классе. Лидер группы разговаривает с учителем и наблюдает за реакцией учителя. Если учитель имеет вспыльчивый характер и на оскорбления отвечает оскорблениями или, наоборот, начинает оправдываться, хулиганы попытаются повторить оскорбление.
Они часто нацелены на молодых, неопытных учителей, а иногда и на чрезмерно усердных учителей.
Почему ребенок издевается над кем-то или пытается «отравить ему жизнь»? Где корень этой привычки?
Одна из возможных причин заключается в том, что ребенок-агрессор может воспитываться в семье, основанной на принципах «для ребенка все возможно», или может жить в семье со слишком большим количеством запретов и дискриминации детей. Когда ребенок приходит в школу, он начинает проверять семейные отношения с учителем. Отсюда и желание обидеть кого-то и преувеличить его недостатки.
Представьте, что учитель является объектом скрытой травли. Ученики обсуждают его жизнь, в классе поднимается спонтанный смех. Он чувствует, что учитель смеется над ним. Что следует делать в такой ситуации?
В такой ситуации учитель должен полагаться на свое достоинство. Если вы знаете, что вы правы, это будет вашим щитом. На самом деле, каждый, кто знает, что он прав, должен научиться не принимать близко к сердцу чужое разочарование. Потому что, как и везде, в школах есть разговоры. Нет возможности запретить их.
Что, если они посмеются над необычной стороной учителя? Например, «веселая» прическа, едва уловимый дефект речи…
В такой момент часто помогает поговорка «Так будет». «Да, я не могу произнести букву «р». Если знать, в жизни будут такие вещи», «Прически разные бывают. Теперь вы узнали, что можно иметь такую, как моя».
Если учитель открыто оскорбляется, не соблюдает дисциплину урока, срывает урок, что делать учителю, чтобы контролировать ситуацию?
Главное, не разгорячиться, даже если вы очень злитесь. Но событие нельзя игнорировать. Недостаток общения создает уникальный стимул для повторения издевательств.Учитель должен тут же сказать, что они сожалеют: «То, что вы только что сделали, причинило мне боль». Открытые чувства сдерживают агрессоров.
Если во время урока происходит издевательство, учитель должен временно остановить урок. Учащемуся, прервавшему урок, нужно дать время успокоиться и спросить мнение другого ученика о том, что произошло. Главное в такой ситуации – спросить у студентов «Почему?» невозможно задать вопрос. Наоборот, он должен сказать, что очень обиделся на эту ситуацию и даже был вынужден прекратить урок. После разговора с учениками учитель не должен делать вид, что ничего не произошло. Пусть агрессоры поймут, что это не их профессия.
Лучший способ борьбы с агрессором – общение с ним. Время от времени давать ему задания и просить помощи в организаторской работе даст хороший результат. Когда ребенок чувствует, что учитель ему доверяет, желание покрасоваться превращается в желание сотрудничать.
Как следует реагировать на другие виды издевательств – умышленное повреждение школьного оборудования, плевки, толкание?
Учитель не должен пытаться бороться с детьми, которые открыто хулиганят на уроке и срывают урок. Это может быть гиперактивность, синдром дефицита внимания или другое нарушение в психике ребенка. По этой причине необходимо обращаться к специалистам. Школьный психолог и руководство должны быть проинформированы о сложившейся ситуации, а родителям настоятельно рекомендуется направить ребенка к психологу, работающему с подростками.

Предмет:
Что делать учителю в проблемной ситуации с учеником?

Какие меры будут приняты, если студент нарушит правила внутреннего распорядка?

Кто должен заниматься непослушными учениками?

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: