Pandemiya sharoitida nodavlat bog‘chalar va maktablar qanday faoliyat ko‘rsatmoqda?

Pandemiya sharoitida nodavlat bog‘chalar va maktablar qanday faoliyat ko‘rsatmoqda?

Respublika maxsus kommissiyasi qarori bilan nodavlat maktablar va maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatiga ruxsat berilgan bo‘lib, ularning aksariyatida yangi o‘quv yili an’anaviy tarzda boshlandi.

Ushbu muassasalardagi vaziyatni o‘rganish va mavjud muammolarni aniqlash orqali ularga ko‘maklashish maqsadida joriy yilning sentabr oyida Ta’lim inspeksiyasi tomonidan mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda farzandlari nodavlat maktablarda ta’lim olayotgan o‘quvchilarning ota-onalari va ushbu muassasalar direktorlari o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi.

Ijtimoiy so‘rovnoma orqali “Farzandingiz maktabga qatnayotganidan so‘ng unda yoki oila a’zolaringizda shamollash, isitma ko‘tarilishi yoki boshqa kasallanish alomatlari paydo bo‘ldimi?”, “Uyingizda oxirgi o‘n kun davomida koronavirus bilan kasallanganlar bormi?” kabi savollarga javob olindi.

O‘rganish jarayonida nodavlat ta’lim muassasalari pandemiya sharoitiga tez moslasha olgani, an’anaviy va masofaviy ta’lim birdek tashkil etib kelayotgani ma’lum bo‘ldi. Ushbu muassasalarda ta’lim jarayonlari sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilgan holda tashkil etilmoqda. Xususan, xususiy maktab va bog‘chalarda bolalarning kasallanishining oldini olish uchun har bir guruh alohida ko‘chada sayr qilishi, alohida ovqatlanishi va har xil vaqtda binoga kiritilayotganligi kuzatildi.

Mazkur muassasalarda ta’lim olayotgan bolada yoki uning oilasidan kimdadir kasallik alomatlari kuzatilsa, u masofaviy ta’limga o‘tkazilmoqda. Bundan tashqari ota-onalar o‘z xohishiga ko‘ra bolasini masofaviy ta’limga o‘tkazishlari mumkin. Masofaviy darslar ham zamonaviy AKT yordamida onlayn ko‘rinishda tashkil etilib, maxsus elektron platformalar orqali o‘quvchilarga uyga vazifalar berilishi, fanlarni qay darajada o‘zlashtirayotgani nazorat qilib borilmoqda.

Bugungi kunda pandemiya sharoitida ta’lim berish bo‘yicha ushbu muassasalarda mavjud ilg‘or tajribalarni davlat maktab va bog‘chalariga ham joriy etish rejalashtirilmoqda.

Shavkat Xo‘jaqulov, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Matbuot kotibi


Республиканская спецкомиссия разрешила работу негосударственным школам и дошкольным учреждениям, большинство из которых традиционно начинают новый учебный год.

Чтобы помочь им, изучив ситуацию в этих учреждениях и выявив существующие проблемы, в сентябре текущего года Инспекция образования совместно с органами местного самоуправления провела опрос родителей и директоров учащихся негосударственных школ. был проведен.

С помощью социального опроса: «Были ли у вашего ребенка или кого-либо из членов вашей семьи простуды, лихорадки или другие симптомы после посещения школы?» такие вопросы были даны ответы.

Исследование показало, что НПО смогли быстро адаптироваться к пандемии, и что традиционное и дистанционное образование становится все более распространенным. Учебный процесс в этих учреждениях организован в строгом соответствии с правилами санитарии и гигиены. В частности, в частных школах и детских садах было замечено, что каждая группа шла по отдельной улице, питалась отдельно и заходила в здание в разное время, чтобы дети не заболели.

При наличии у ребенка или члена его семьи каких-либо симптомов его переводят на дистанционное обучение. Кроме того, родители по желанию могут перевести своих детей на дистанционное обучение. Дистанционное обучение также организуется онлайн с помощью современных ИКТ, через специальные электронные платформы, студентам задаются домашние задания, контролируется уровень усвоения предмета.

Сегодня планируется внедрить лучшие практики пандемического образования в общеобразовательных школах и детских садах.

Шавкат Ходжакулов, пресс-секретарь Государственной инспекции по контролю качества образования

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: