Hozirgi paytda qaysi nodavlat OTMlarida abituriyentlardan hujjat qabul qilinmoqda?

Hozirgi paytda qaysi nodavlat OTMlarida abituriyentlardan hujjat qabul qilinmoqda?

O‘zbekistondagi nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida ma’lumot bersangiz. Hozirgi paytda qaysi nodavlat oliy ta’lim muassasalarida abituriyentlardan hujjat qabul qilinmoqda?

Savolga Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Matbuot kotibi Shavkat Xo‘jaqulov AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda javob berdi:

Yurtimizda nodavlat oliy ta’lim muassasalari salmog‘i yildan-yilga ortib bormoqda. Bugungi kunda yurtimizda faoliyat olib borayotgan oliy ta’lim muassasalari soni 15 taga yetdi.

Oliy ta’lim sohasida davlat xususiy sherikchilik tamoyili joriy etilib, 10 tadan ortiq nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari qabul qilindi. Joriy yilda oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinayotgan talabalarning 10 foizga yaqini aynan nodavlat oliy ta’lim muassasalari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan mustaqil belgilanadi. Shu jumladan o‘qishga hujjatlarni qabul qilish muddatlari ham.

Ta’lim inspeksiyasi tomonidan nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining rasmiy veb-sahifalari o‘rganilganda, hozirgi kunda Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, TEAM universiteti hamda Farg‘ona shahrida Koreya xalqaro universitetlarida qabul jarayonlari davom etayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Ushbu muassasalarga oliy ta’lim xizmatlari ko‘rsatish uchun Ta’lim inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda litsenziyalar rasmiylashtirilgan.


Расскажите, пожалуйста, о негосударственных высших учебных заведениях Узбекистана. Какие негосударственные высшие учебные заведения в настоящее время принимают заявки от абитуриентов?

Пресс-секретарь Государственной инспекции по контролю качества образования Шавкат Ходжакулов ответил на вопрос на брифинге в штаб-квартире АОКА:

Доля негосударственных высших учебных заведений в нашей стране с каждым годом растет. На сегодняшний день количество высших учебных заведений, действующих в стране, достигло 15.

Внедрен принцип государственно-частного партнерства в сфере высшего образования, приняты соответствующие решения Кабинета Министров о создании более 10 негосударственных высших учебных заведений. Около 10 процентов студентов, принятых в высшие учебные заведения в этом году, являются студентами негосударственных высших учебных заведений.

Порядок приема студентов определяется негосударственными высшими учебными заведениями самостоятельно. В том числе сроки подачи заявок.

Проверка Инспекцией по образованию официальных сайтов негосударственных вузов показала, что в настоящее время идет прием в Сингапурский институт развития менеджмента в Ташкенте, Университет TEAM и Корейские международные университеты в Фергане.

Эти учреждения имеют лицензии на оказание услуг высшего образования в порядке, установленном Инспекцией образования.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. Intizor

    Hozirgi kunda topshirsam buladimi

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: