Ta’lim sifatini baholaydigan nodavlat tashkilot tuziladi

Ta’lim sifatini baholaydigan nodavlat tashkilot tuziladi

Hukumatning tegishli qaroriga (№646, 12.10.2020y) binoan, umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida o‘qitish sifatini baholashga muqobil shakllarni tatbiq etish maqsadida “Bilim va ko‘nikmalarni baholash markazi” nodavlat ta’lim tashkiloti tashkil etiladi.

Bunda “Bilim va ko‘nikmalarni baholash markazi” nodavlat ta’lim tashkilotining asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanadi:

👉 xalqaro e’tirof etilgan ta’lim sifatini baholash metodikasidan kelib chiqqan holda umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini baholashning zamonaviy usullarini ishlab chiqish;

👉 umumiy o‘rta ta’limda berilayotgan bilim va ko‘nikmalar sifatini tizimli baholash uchun nazorat ishlari materiallarini ishlab chiqish;

👉 ta’lim sifatini baholash bo‘yicha dasturiy mahsulot ishlab chiqish;

👉 O‘zbekiston ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organlari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari va muassasalari buyurtmasiga ko‘ra saralash, qabul qilish va yakuniy imtihonlarni o‘tkazish;

👉 ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat olib borish huquqini beruvchi ta’lim litsenziyalari va sertifikatlarini joriy etish.

Mazkur tashkilotni tuzish taklifi Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim va Adliya vazirliklari, Yoshlar ishlari agentligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi hamda ta’lim sifatini baholash bo‘yicha faoliyat yuritadigan xalqaro ta’lim tashkilotlarini jalb qilgan holda ishlab chiqiladi.


В соответствии с соответствующим постановлением Правительства (4646 от 12.10.2020) для внедрения альтернативных форм оценки качества в общем среднем образовании будет создана негосударственная образовательная организация «Центр оценки знаний и навыков».

Основными направлениями деятельности ОО «Центр оценки знаний и навыков» являются:

👉 Разработка современных методов оценки качества образования в общеобразовательных школах, основанных на международно-признанных методах оценки качества образования;

👉 Разработка контрольных материалов для систематической оценки качества знаний и умений, преподаваемых в общем среднем образовании;

👉 Разработка программного обеспечения для оценки качества образования;

👉 Отбор, прием и выпускные экзамены по приказу компетентных органов государственной власти Республики Узбекистан в сфере образования и негосударственных образовательных организаций и учреждений;

👉 Введение образовательных лицензий и сертификатов на право ведения педагогической деятельности в образовательных учреждениях.

Разработано предложение о создании данной организации с участием министерств народного образования, высшего и среднего специального образования и юстиции, Агентства по делам молодежи, Инспекции по контролю качества образования и международных образовательных организаций, занимающихся оценкой качества образования.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: