O‘zbekistonda Umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy test tizimi joriy qilindi

O‘zbekistonda Umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy test tizimi joriy qilindi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga (№646, 12.10.2020y) binoan, 2020 yil 1 dekabrdan boshlab bosqichma-bosqich bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos fanlar majmuasidagi umumta’lim fanlaridan bilish darajasini baholashning milliy test tizimi joriy etiladi.

👉 Qarorga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yili qabulidan boshlab tegishli umumta’lim fanini (chet tili bundan mustasno) bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball berish tartibi joriy etiladi;

👉 Umumta’lim fanlari bo‘yicha sertifikatlash quyidagi muddatlarda joriy etiladi:

— 2020 yil 1 dekabrda ona tili va adabiyot (o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti) hamda matematika fanlari bo‘yicha;
— 2021 yil 1 fevralda kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha;
— 2022-2024 yillarda fizika, geografiya va tarix fanlari bo‘yicha.

👉 Sertifikat berish uchun tuziladigan test savollari Xalq ta’limi vazirligi va Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqiladi.

👉 Sertifikat berish uchun talabgordan ariza berilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

👉 Sertifikat test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga beriladi.

👉 Talabgor test sinovida qatnashish uchun Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytida ro‘yxatdan o‘tadi va shaxsiy kabineti orqali kerakli hujjatlarni yuklaydi.

👉 Test sinovi blankalarda yoki kompyuter (onlayn platforma)da o‘tkazilishi mumkin.

👉 Sertifikat test sinovidan ijobiy natijaga erishgan talabgorga test sinovi natijalari e’lon qilingan kundan boshlab bir hafta mobaynida Bilim va malakalarni baholash agentligi direktorining buyrug‘i asosida elektron shaklda beriladi. Talabgor sertifikatni shaxsiy kabineti orqali yuklab olishi mumkin.


Согласно соответствующему постановлению Кабинета Министров (4646 от 12.10.2020) с 1 декабря 2020 года вводится республиканская тестовая система оценки уровня общеобразовательных знаний по комплексу дисциплин, соответствующих направлениям бакалавриата. вводиться постепенно.

👉 Согласно решению, со дня приема на 2021/2022 учебный год абитуриент, имеющий сертификат государственного образца об уровне знаний соответствующего общеобразовательного предмета (кроме иностранного языка), получает высшее образование в в соответствии с процентом усвоения в аттестате Ввести порядок присвоения дифференцированного (пропорционального) балла максимальному баллу по данному предмету в контрольных работах для поступления в бакалавриат образовательной организации;

👉 Аттестация по общему образованию вводится в следующие периоды:

— 1 декабря 2020 года по родному языку и литературе (узбекский язык и литература, русский язык и литература, каракалпакский язык и литература) и математике;
— Химия и биология с 1 февраля 2021 года;
— Физика, география и история в 2022-2024 гг.

👉 Тестовые вопросы для аттестации разрабатываются Министерством народного образования и Инспекцией по контролю качества образования.

👉 С заявителя взимается 1,5-кратная базовая сумма на дату подачи заявки на сертификат.

👉 Сертификат выдается сроком на 3 года тем, кто набрал не менее 60% от максимального балла по тесту.

👉 Для сдачи теста абитуриенту необходимо зарегистрироваться на официальном сайте Государственного центра тестирования и через личный кабинет загрузить необходимые документы.

👉 Тест можно пройти на бланках или на компьютере (онлайн-платформа).

👉 Сертификат выдается в электронном виде кандидату, имеющему положительный результат тестирования, в течение одной недели со дня публикации результатов тестирования приказом директора Государственного центра тестирования. Заявитель может скачать сертификат через личный кабинет.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: