Orziqul Ergash (1953)

Orziqul Ergash

Orziqul Ergash hayoti, faoliyati, asarlari, tarjimalari, mukofotlari haqida ma’lumotlar

Orziqul Ergash hayoti

Orziqul Ergash 1953 yil 14 yanvarda Samarqand viloyati, Oqdaryo tumanidagi Darxon qishlogʻida tugʻildi. Samarqand Davlat universitetining oʻzbek filologiyasi fakulteti sirtqi boʻlimida tahsil oldi (1969–1975).

Orziqul Ergash mehnat faoliyati

Qisqa muddatli buxgalteriya kursida oʻqib (1970–1971), jamoa xoʻjaligi buxgalteriyasida ishladi (1971–1977), oʻrta maktabda ona tili va adabiyotidan dars berdi (1977–1979). Shundan soʻng Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasida, hozirgi “Yangi asr avlodi”, “Adolat” nashriyotlarida, “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi, “Sharq yulduzi” jurnalida turli vazifalarda ishladi. 2016 yildan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida xizmat qiladi.

Orziqul Ergash asarlari

“Poyandoz” nomli birinchi hikoyasi “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida 1981 yilda, “Soyboʻyi qizlari” nomli birinchi qissasi “Sharq yulduzi” jurnalida 1983 yilda bosilib chiqdi. Shundan soʻng yozuvchining “Toʻy” (1983), “Dunyoning bir chekkasi” (1984), “Bolaligim koʻchalarida” (1986), “Shohsanam” (1988), “Darxon qissalari” (1990), “Olis yulduzlar” (2016) kabi qissalar va hikoyalar kitoblari nashr etildi.
Orziqul Ergash “Dala oʻrtasidagi daraxt”, “Oqibat”, “Yaxshi odamlar”, “Qarz”, “Tazarruʼ” kabi televizion badiiy film va koʻpqismli videofilmlar, “Qalb gavhari”, “Odami ersang”, “Ishqnoma”, “Ruhiyat manzaralari”, “Oʻzbekiston adiblari” nomli maʼnaviy-maʼrifiy mavzudagi turkum koʻrsatuvlar ssenariylari muallifidir. Shuningdek, “Koʻngil koʻchalari”, “Tutash taqdirlar”, “Gulxan atrofidagi odamlar” kabi milliy teleseriallar, “Imom Buxoriy”, “Abu Hafs Kabir”, “Jaloliddin Xorazmshoh” kabi koʻplab tarixiy videofilmlar uning muharrirligida tasvirga olindi.

Orziqul Ergash tarjimalari

Orziqul Ergash tarjimon sifatida qoraqalpoq, rus, belorus yozuvchilari hikoyalarini oʻzbekchaga oʻgirdi. Shuningdek, oʻzining ham ayrim asarlari turk, qozoq, tojik, rus tillariga tarjima qilindi.

Orziqul Ergash mukofotlari

U 1999 yil “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlangan.

Foydalanilgan adabiyot

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.


Информация о жизни, деятельности, работах, переводах, наградах Орзикул Эргаш

Жизнь Орзикул Эргаш

Орзикул Эргаш родился 14 января 1953 года в селе Дархан Акдарьинского района Самаркандской области. Учился на заочном отделении факультета узбекской филологии Самаркандского государственного университета (1969–1975).

Орзикул Эргаш трудовая деятельность

Он прошел краткий курс бухгалтерского учета (1970–1971), работал бухгалтером (1971–1977) и преподавал в средней школе родной язык и литературу (1977–1979). После этого работал в Национальной телерадиокомпании Узбекистана, в издательствах «Янги аср авлоди», «Адолат», в газете «Узбекистан адабияти ва санъати», в журнале «Шарк йулдузи». С 2016 года работает в Союзе писателей Узбекистана.

Работы Орзикул Эргаш

Его первый рассказ «Пояндоз» был опубликован в газете «Узбекистон адабияти ва санъати» в 1981 году, а первый рассказ «Сойбойи кызлари» — в журнале «Шарк йулдузи» в 1983 году. После этого автором были написаны «Свадьба» (1983), «Один край света» (1984), «По улицам моего детства» (1986), «Шохсанам» (1988), «Истории Дархана» (1990). ), «Далёкие звёзды» (2016 г.), изданы сборники рассказов и рассказов.
Орзикул Эргаш ТВ художественные и художественные фильмы, такие как «Дерево посреди поля», «Последствия», «Хорошие люди», «Долг», «Тазарру», «Жемчужина сердца», «Если ты мужчина », «Ишкнома», «Духовные пейзажи», Является автором серии киносценариев на духовно-просветительскую тему «Писатели Узбекистана». Он также был редактором национальных телесериалов, таких как «Улицы души», «Связанные судьбы», «Люди вокруг огня», «Имам Бухари», «Абу Хафс Кабир» и «Джелалиддин Хорезмшах».

Орзикул Эргаш Переводы

Как переводчик Орзикул Эргаш переводила на узбекский язык рассказы каракалпакских, русских и белорусских писателей. Он также перевел некоторые из своих работ на турецкий, казахский, таджикский и русский языки.

Орзикул Эргаш Награды

В 1999 году награжден орденом Дружбы.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: