Xudoyberdi Toʻxtaboyev haqida ma’lumot

Xudoyberdi Toʻxtaboyev haqida ma’lumot

Xudoyberdi Toʻxtaboyev hayoti, ijodi, asarlari, faoliyati, tarjimai hol, batafsil ma’lumotlar

Xudoyberdi Toʻxtaboyevning “Tarjimai holimdan lavhalar”ida shunday yozilgan: “Men 1932 yilning 17 dekabrida Fargʻona viloyatidagi Katta Tagob qishlogʻida tugʻilgan ekanman. Otam Toʻxtavoy 21 yoshida quloq qilingan boʻlib, Tojikistonning Chorku degan joyida vafot qilgan. Ikki yildan soʻng onam Sorabibi xolasi Ashirbibi oʻlib, besh bolasi yetim qolgani sababli, uning eri Usta Qodirga turmushga chiqqan (qarindoshlarning qarori shunday boʻlgan) ekan.
Mening tarbiyam bobom Erkavoy, enam Robiyabibilarning ixtiyorida boʻlgan. Ruhim, xulqi-ahloqim va harakterimda neki boʻlsa, bogʻbon bobom, ertakchi enam tufayli shakllangan.
Oʻsmirlik davrlarim Ikkinchi jahon urushi yillariga toʻgʻri kelgan. 1949 yili Qoʻqon pedagogika bilim yurtini, 1955 yili Toshkent davlat universitetini (ilgari SAGU deb atalgan) bitirganman.
1958 yili Toshkentga keldim. Avval “Toshkent oqshomi”, soʻng hozirgi “Oʻzbekiston ovozi” gazetalarida hammasi boʻlib 14 yil ishladim.
14 yil davomida 300 dan ortiq felʼyeton yozdim. Yoʻq, baribir, ulardan koʻnglim toʻlmadi. Bostirib kelayotgan tankka qarshi rogatka (choʻzma)ga kesak solib otganimiz bilan taʼsir qilmaganidek, jamiyatdagi illatlarga qaratilgan felʼyetonlarimning ham hech taʼsiri boʻlmayotgandek edi. “Ruhi-dunyosi pok boʻlgan, tarbiyaga quloq soladigan, savob va gunohni bilishga intilayotgan, ruhim goʻzallikka talpinayotgan bolalar dunyosida ishlasam qalay boʻlarkan”, deb oʻylay boshladim va shunday qaror qabul qildim”.
X. Toʻxtaboyev oʻzi taʼkidlagandek, butun ijodiy salohiyatini bolalar, oʻsmirlar dunyosini sharh etishga, ularning maʼnaviy olamini boyitishga xizmat qiladigan asarlar yaratishga baxsh etdi. Shu bois yoshlar nashriyoti, “Gulxan”, “Yosh kuch” jurnallari, “Isteʼdod” jamgʻarmasi boshqaruvida rahbar lavozimlarida ishlab, bola va oʻsmir ruhiyatidagi goʻzallikni himoyalashga, boyitishga eʼtibor qaratdi.
Eʼlon qilingan hikoya va toʻplamlari: “Shoshqaloq” (1961), “Soʻqmoqlar” (1966), “Muhabbat qoʻshigʻi” (1967), “Jonginam, shartingni ayt” (1969), qissalari: “Sir ochildi” (1961), “Omonboy bilan Davronboy sarguzashti” (1974), romanlari: “Sariq devni minib” (1968), “Sariq devning oʻlimi” (1973), “Besh bolali yigitcha” (1976), “Qasoskorning oltin boshi” (1981), “Yillar va yoʻllar” (1983), “Shirin qovunlar mamlkati” (1986), “Mungli koʻzlar” (1988), “Jannati odamlar” (1966), “Qiz talashgan oʻsmirlar”, “Quyonlar saltanati”, “Qiz bolaga tosh otmang”, barcha-barchasi, uning qizgʻin ijodiy faoliyatining samarasi boʻldi.
Adib 1972 yili Oʻzbekiston Yoshlar tashkilotining mukofoti, 1982 yili “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” unvoni, 1989 yili Oʻzbekiston Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi Toʻxtaboyevning asarlari tojik, qirgʻiz, turkman, ozarbayjon, arman, rus, ukrain, belorus, moldovan, eston, latish, litva, fin, bolgar, venger, nemis, chex, italyan ‒ jami 24 tilga tarjima boʻlgan.
“Sariqni devni minib” asarining jahon tillariga tarjima qilinishiga sabab, 1971 yili Italiyaning Rim shahrida oʻtgan jahon bolalar yozuvchilarining kengashida Janni Rodarining shu asar haqida aytgan iliq gaplari boʻlgan edi.

Foydalanilgan adabiyot

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.


Худойберди Тохтабоев жизнь, творчество, творчество, деятельность, биография, подробная информация

В «Жизнеописаниях» Худойберди Тохтабоева говорится: «Я родился 17 декабря 1932 года в селе Катта Тагоб Ферганской области. Моего отца, Тохтавого, послушали, когда ему был 21 год, и он умер в Чорку, Таджикистан. Через два года моя мать, тетя Сорабиби Аширбиби, умерла, а ее пятеро детей остались сиротами, поэтому она вышла замуж за своего мужа Уста Кадира (это было решение родственников).
Мое воспитание было в распоряжении деда Еркавоя и мамы Робиябиби. Мой дух, мой характер и мой характер сформировали мой дедушка-садовник и моя сказочная бабушка.
Мое отрочество совпало с Великой Отечественной войной. В 1949 году окончил Кокандское педагогическое училище, в 1955 году Ташкентский государственный университет (бывший САГУ).
Я приехал в Ташкент в 1958 году. Сначала я работал в газете «Ташкентский вечер», затем в газете «Узбекистон овози» в общей сложности 14 лет.
За 14 лет я написал более 300 фельетонов. Нет, во всяком случае, меня они не устраивали. Похоже, это никак не повлияло на мою атаку на вторгшийся танк и не повлияло на мои фельетоны о пороках общества. Я стал думать: «Как я могу работать в мире, где дети чисты духом, послушны воспитанию, стремятся познать добро и зло, стремятся к красоте?»
Как отмечал Х. Тохтабоев, весь свой творческий потенциал он отдавал созданию произведений, которые служили бы осмыслению мира детей и подростков, обогащению их духовного мира. Поэтому в руководстве молодежным издательством, журналами «Гюльхан», «Ёш Куч», фондом «Исте’дод» он сосредоточил внимание на охране и обогащении красоты психики детей и подростков.
Опубликованные рассказы и сборники: «Шошкалак» (1961), «Сокмоклар» (1966), «Мухаббат кошыги» (1967), «Джонгинам, шартингни айт» (1969), рассказы: «Сыр ачилди» (1961), «Омонбой». Приключения Давронбоя» (1974), романы: «Верхом на Желтом великане» (1968), «Смерть Желтого великана» (1973), «Мальчик с пятью детьми» (1976), «Золотая голова Мстителей». (1981), «Годы и дороги» (1983), «Страна сладких дынь» (1986), «Грустные глаза» (1988), «Райские люди» (1966), «Драка девчонок-подростков», Царство кроликов», «Не кидай в девушку камнем», все это было результатом его напряженной творческой деятельности.
Писатель был удостоен премии Молодёжной организации Узбекистана в 1972 году, звания «Заслуженный деятель культуры Узбекистана» в 1982 году, Государственной премии Узбекистана в 1989 году.
Произведения народного писателя Узбекистана Худойберди Тохтабоева переведены на таджикский, киргизский, туркменский, азербайджанский, армянский, русский, украинский, белорусский, молдавский, эстонский, латышский, литовский, финский, болгарский, венгерский, немецкий, чешский и итальянский языки — всего 24 языка.Перевод «Верхом на желтом великане» на языки мира произошел благодаря теплым словам Джанни Родари на Всемирной конференции детских писателей в Риме, Италия, в 1971 году.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 9
  1. Mavlonbekova Mubinabonu

    Yaxshi.Juda qiziqarli ma’lumot ekan.Menga yoqdi. ;-)

  2. Botirova Donoxon

    Juda qiziqarli ma ‘lumotlar bor ekan. Ajoyib menga judayam maqul keldi. :smile:

  3. Adhamjonova Mohichehra

    It is very engrossing so i recommend to other people.

  4. Aziza

    Boshqa saytda yoq ma’lumotlar bor ekan :smile:

  5. _seviwa_hamma saytlarda bir xil malumot ochigi farqi yoq

    :roll: :roll: :!:

  6. Аноним

    Bõlmaydi, man qidirgan ma’lumot yo‘q ekan afsus :sad: :cry:

  7. Аноним

    :evil: :evil: :twisted: :smile: :cry: :arrow: :razz: :???: :?:

  8. ♡♡☆《ķůmůşhįçķã》♡♡☆

    Men òzimga kerakli ma’lumotlarni topdim.Katta raxmat

  9. Аноним

    menga yoqdi
    :oops:

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: