Habib Siddiq (1953)

Habib Siddiq

Habib Siddiq hayoti, faoliyati, asarlari, tarjimalari, mukofotlari haqida ma’lumotlar

Habib Siddiq hayoti

Habib Siddiq (Habibjon Siddiqov) 1953 yil 12 aprelda Andijon viloyati, Andijon tumanidagi Boʻtaqora qishlogʻida tugʻildi. Andijon paxtachilik instituti Gidromelioratsiya fakultetida tahsil oldi (1971–1976).

Habib Siddiq mehnat faoliyati

Mehnat faoliyatini 1976 yilda Andijon paxtachilik (hozirgi Andijon qishloq xoʻjalik instituti)da boshlab, assistent, katta oʻqituvchi, dotsent, dekani oʻrinbosari, Maʼnaviyat targʻibot markazi boshligʻi, maʼnaviyat va maʼrifat masalalari boʻyicha prorektor lavozimlarida xizmat qildi. Hozirda “Qishloq oqshomi” maʼnaviy-maʼrifiy, ijtimoiy ommabop gazeta muxarriri. Qishloq xoʻjalik fanlari nomzodi, dotsent.

Habib Siddiq asarlari

Habib Siddiq ning “Kar quloqqa tanbur” nomli ilk kitobi1990 yilda “Mushtum” kutubxonasi” turkumida chop etildi. Shundan soʻng uning “Kim oshdi savdosi” (1993), “Toʻqayga oʻt tushsa” (1998), “Bedavo dardning davosi” (2004), “Inglizcha tush” (2010), “Chirogʻi yoniq xonadon” (saylanma, 2013) kabi hikoya va hajviyalar kitoblari, “Hayot yoʻlga oʻxshaydi” (2008) publitsistik maqolalar toʻplami chop etildi.
2014 yilda adibning “Yaxshilar koʻp dunyoda” asari asosida “Choʻgʻ” nomli videofilm yaratildi.

Habib Siddiq tarjimalari

Habib Siddiq badiiy tarjimon sifatida Slavomir Mrojekning “Qirol”, “Grafcha tamgʻa” pyesalarini, A. Nesin, A. Avarchenko, Ye. Shvars, G. Kemoklidze, R. Bikchentoyev, S. Kondratyev, S. Komatsu, E. Uspenskiy, M. Jvanetskiy, X. Pelitev, Z. Ribaklarning ertak va hajviyalarini oʻzbek tiliga oʻgirdi. Ayni choqda oʻzining ham bir qator asarlari rus, ingliz, qozoq, qoraqalpoq tillariga tarjima qilindi.

Habib Siddiq mukofotlari

Habib Siddiq 2007 yil “Shuhrat” medali bilan, 2011 yilda “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.

Foydalanilgan adabiyot

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.


Информация о жизни, творчестве, произведениях, переводах, наградах Хабиба Сиддика.

Жизнь Хабиба Сиддика

Хабиб Сиддик (Хабибжон Сиддиков) родился 12 апреля 1953 года в селе Ботакора Андижанского района Андижанской области. Учился в Андижанском хлопковом институте, факультет ирригации и дренажа (1971-1976).

Трудовая деятельность Хабиба Сиддика

Трудовую деятельность начал в 1976 году в Андижанском хлопковом хозяйстве (ныне Андижанский сельскохозяйственный институт), где работал ассистентом, старшим преподавателем, доцентом, заместителем декана, руководителем Центра духовной пропаганды, проректором по духовно-культурной работе. просветление. В настоящее время он является редактором популярной духовной и образовательной газеты «Кишлок окшоми». Кандидат сельскохозяйственных наук, доцент.

Работы Хабиба Сиддика

Первая книга Хабиба Сиддика «Танбур для глухих» вышла в 1990 году в серии «Библиотека Муштум». Затем последовали такие рассказы, как «Аукцион» (1993), «Пожар в лесу» (1998), «Лекарство от неизлечимой боли» (2004), «Английская мечта» (2010) и Дом со светом» (подборка, 2013 г.) и комиксов, а также «Жизнь как дорога» (2008 г.).
В 2014 году создан видеофильм «Уголь» по мотивам произведения автора «Добрые люди во многих мирах».

Переводы Хабиба Сиддика

Хабиб Сиддик как литературный переводчик написал пьесы Славомира Мрожека «Король», «Графическая марка», А. Несина, А. Аварченко, Е. Шварц, Г. Кемоклидзе, Р. Бикчентоев, С. Кондратьев, С. Комацу, Э. Успенский, М. Жванецкий, Х. Пелитев, З. Рыбак переводили на узбекский язык сказки и комедии. В то же время ряд его произведений был переведен на русский, английский, казахский и каракалпакский языки.

Награды Хабиба Сиддика

Хабиб Сиддик был награжден Медалью Славы в 2007 году и Медалью 20 лет Независимости Республики Узбекистан в 2011 году.

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: