Qutlibeka Rahimboyeva (1952)

Qutlibeka Rahimboyeva

Qutlibeka Rahimboyeva hayoti, faoliyati, asarlari, mukofotlari haqida ma’lumotlar

Qutlibeka Rahimboyeva hayoti

Qutlibeka Rahimboyeva 1952 yil 9 fevralda Toshovuzda tugʻildi. Fargʻona davlat pedagogika institutining oʻzbek tili va adabiyoti fakultetida tahsil oldi.

Qutlibeka Rahimboyeva mehnat faoliyati

Oʻrta maktabda, Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida ishladi. Ayni choqda “Saodat” jurnalida xizmat qiladi.

Qutlibeka Rahimboyeva asarlari

Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiyaxonim Qutlibekaning ilk sheʼriy turkumiga “Saodat” jurnalida (1976) “Oq yoʻl” tilab, mashqlarida jamiyatni, inson va ijtimoiy voqelik ruhiyatini anglashga, uni tahlil etishga intilish ustuvor ekanligini qayd qilgan edi. Qutlibekaning “Yuragimda koʻrganlarim” (1981), “Uzun kunduzlar” (1984), “Uygʻonish fasli” (1989) kabi sheʼriy toʻplamlaridagi, “Chiroylisan, muhabbat” hikoyalar kitobidagi qahramonlar oʻzbekning dardu quvonchlari bilan kuyunib-suyunib yashayotgan armonli, gʻururli, oriyatli shaxs, qullik, qaramlikka murosasiz, erk uchun kurashchi, oʻz millatiga sadoqati cheksiz, kechirimli insonlardir.
Keyingi yillarda respublika gazeta-jurnallarida shoiraning “Hamma biladigan sir”, “Sulton suyagini xor etmas”, “Til uchidagi soʻz” kabi bugungi kun voqeligiga munosabat bildiruvchi, munozaraga chorlovchi turkum publitsistik maqolalari eʼlon qilindi. Uning “Qishning oxirlari” dostonida “oʻzbeklar ishi” fojialari umumlashtirilgan; “Tavba” dostonida umr boʻyi ikki xil hayot kechirgan, ikki xil qiyofada yashab, jamiyat manfaatlari yoʻlida oʻzini qurbon qilgan majruh bir inson haqida, uning ruhiy azoblariyu fojiali taqdiri haqida bahs boradi. Shoira “Tohirning Zuhrosi” nomli dramatik asar ham yozdi. U tarjimon sifatida Lesya Ukrainka, Marina Svetayeva kabi shoiralarning asarlarini ona tilimizga oʻgirdi.

Qutlibeka Rahimboyeva mukofotlari

Qutlibeka Rahimboyeva soʻnggi yillarda yaratilgan bir qator sheʼriy turkumlari uchun “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi, “Sharq yulduzi” jurnali hamda Moskvada chop etiladigan “Smena” oynomasining mukofotlariga sazovor boʻlgan.
Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Qutlibeka Rahimboyeva 1999 yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

Foydalanilgan adabiyot

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.


Информация о жизни, деятельности, творчестве, наградах Кутлибеки Рахимбаевой

Жизнь Кутлибеки Рахимбоевой

Кутлибека Рахимбаева родилась 9 февраля 1952 года в Ташкенте. Учился на факультете узбекского языка и литературы Ферганского государственного педагогического института.

Трудовая деятельность Кутлибеки Рахимбаевой

В старших классах работал в Институте языка и литературы имени Алишера Навои, в Издательстве литературы и искусства «Гафур Гулям». В настоящее время он работает в журнале Saodat.

Работы Кутлибеки Рахимбоевой

Народный поэт Узбекистана Зульфияханум Кутлибека пожелала первой серии стихов в журнале «Саодат» (1976) «Белый путь» и отметила, что приоритетом в ее упражнениях является понимание и анализ психики общества, человека и социальной действительности. Герои сборников стихов Кутлибека, таких как «Что я видел в своем сердце» (1981 г.), «Долгие дни» (1984 г.), «Время пробуждения» (1989 г.), книги рассказов «Ты прекрасна, любовь «полны мечтаний и радостей. , рабства, нетерпимости, борца за свободу, безоговорочной преданности своему народу, всепрощающего народа.
За последние годы в газетах и ​​журналах республики был опубликован ряд противоречивых статей о сложившейся ситуации, таких как «Секрет, который знают все», «Султан не гнушается кости», «Слово на кончике языка «. Его эпос «Конец зимы» резюмирует трагедии узбекского народа; Эпопея «Покаяние» повествует о калеке, который прожил две разные жизни, жил в двух разных ипостасях и пожертвовал собой на благо общества, своими душевными страданиями и трагической судьбой. Поэт также написал драматическое произведение под названием «Венера Тахира». Как переводчик он переводил на наш родной язык произведения таких поэтов, как Леся Украинка и Марина Светаева.

Награды Кутлибеки Рахимбоевой

Кутлибека Рахимбаева получила награды за ряд сборников стихов за последние годы, в том числе за издание газеты «Узбекская литература и искусство», журнала «Шарк Йулдузи» и московского журнала «Смена».
Заслуженный работник культуры Республики Узбекистан Кутлибека Рахимбаева награждена медалью Славы в 1999 году.

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: