Mirzo Kenjabek (1956)

Mirzo Kenjabek
Telegramda o'qish

Mirzo Kenjabek hayoti, mehnat faoliyati, asarlari, tarjimalari haqida ma’lumotlar

Mirzo Kenjabek hayoti

Mirzo Kenjabek 1956 yil 20 fevralda Surxondaryo viloyat, Sariosiyo tumanidagi Mehnat qishlogʻida tugʻildi. Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetida (1974–1979), Imom al-Buxoriy nomidagi Toshkent Oliy islom institutida (1998–2001) tahsil oldi.

Mirzo Kenjabek mehnat faoliyati

Sobiq “Yosh gvardiya”, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotlarida, “Mushtum” jurnalida, Abdulla Qahhor uy-muzeyida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida turli lavozimlarda xizmat qildi.

Mirzo Kenjabek asarlari

Birinchi sheʼriy toʻplami “Adashgan maktublarim” 1982 yilda bosildi. Shundan keyin shoirning “Quyoshga qaragan uy” (1983), “Munojot” (1986), “Sharq tili” (1988), “Bahorim yellari” (1991) kabi sheʼriy kitoblari, qator publitsistik maqolalari nashr etildi.
Shoirning ozodlik gʻoyasi balqib turgan “Dildoshlik”, “Til erki – el erki”, “Xalq nomidan yolgʻon soʻzlamang”, “Yuragimda oyoq izi bor”, “Fitna sanʼati” kabi publitsistik maqolalari oʻz vaqtida yozilganligi bilan qadrlidir. Mirzo Kenjabekning yana “Saylanma” sheʼriy kitobi, “Qafasdagi ozodlik” (Yozuvchi Shuhratning hibsdagi hayotiga bagʻishlangan), “Dunyoning murshidi” (2004), “Eʼtirof” (2005) asarlari ham muxlislarga munosib tuhfa boʻldi.

Mirzo Kenjabek tarjimalari

Mirzo Kenjabek tarjimon sifatida Hofiz Sheroziy, Shayx Saʼdiy Sheroziy, Nikolas Gilen, Gevorg Emin, Yakub Kolas, Loyiq Sherali, Oʻljas Sulaymon kabi shoirlarning turkum sheʼrlarini ona tilimizga oʻgirdi. Jahon adabiyotining nodir namunalaridan Farididdin Attorning “Tazkirat ul-avliyo” asarini avval usmonli turk tilidan tabdil etib nashr qilgach (1997), soʻngra fors tilidan oʻzbekchaga qayta oʻgirib, eʼlon qildi. Mumtoz arab shoiri va olimi Usmon Oʻshiyning sahih aqoid mavzuidagi “Omoliy” manzumasini arab tilidan tarjima qildi (1999).
Shuningdek, naqshbandiya tariqati namoyondalari Mahmud Asʼad Joʻshonning “Haqiqiy sevgi” (1998), Muhammad Zohid Qoʻtqu ibn Ibrohim al-Bursaviyning “Ahli sunnat val-jamoat” (1999) kitoblarini, Qutbiddin Iznikiyning “Murshidi mutaahhilin” (“Yosh kelin-kuyovlarga maslahatnoma”, 1999), ulugʻ vatandoshimiz Abu Iso Muhammad at-Termiziyning “Sunani Termiziy” (“Al-jomiʼ as-sahih”) asarlarini mahorat bilan ona tilimizga oʻgirdi. Bu maʼrifiy izlanishlar natijasida uning “Termiz tazkirasi” asari maydonga keldi (2001).
Istiqlol yillarida shoirning “Vatan, koʻzlardasen, qaroqlardasen”, “Oʻzingda nur boʻlsa, nurni koʻrgaysan” kabi turkum sheʼrlari, bir qancha maʼrifiy maqolalari eʼlon qilindi. Pushkinning “Yevgeniy Onegin” sheʼriy romani, Maxtumqulining “Saylanma” kitobi (2004), J. Oldrijning “Gʻaroyib moʻgʻil oti” qissasi (2004), Zayniddin Vosifiyning “Toshkent taʼrifida masnaviy” (2009) asarlari tarjimasi ham Mirzo Kenjabek qalamiga mansubdir.

Foydalanilgan adabiyot

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.


Информация о жизни, творчестве, произведениях, переводах Мирзо Кенжабека

Жизнь Мирзо Кенжабека

Мирзо Кенжабек родился 20 февраля 1956 года в селе Мехнат Сариосийского района Сурхандарьинской области. Учился на факультете журналистики Ташкентского государственного университета (ныне Национальный университет Узбекистана) (1974–1979) и в Ташкентском высшем исламском институте имени Имама аль-Бухари (1998–2001).

Трудовая деятельность Мирзо Кенжабека

Служил на различных должностях в бывшей «Молодой гвардии», Издательстве литературы и искусства имени Гафура Гулома, журнале «Муштум», Доме-музее Абдуллы Каххора, Аппарате Президента Республики Узбекистан.

Работы Мирзо Кенжабека

Мой первый сборник стихов «Мои потерянные письма» вышел в 1982 году. После этого вышли сборники стихов поэта, такие как «Дом лицом к солнцу» (1983 г.), «Молитва» (1986 г.), «Восточный язык» (1988 г.), «Весенние ветры» (1991 г.), а также ряд публицистических статей. были опубликованы.
Идеи поэта о свободе, такие как «Дилдошлик», «Тиль ерки — эл эрки», «Не лги от имени народа», «У меня след в сердце», «Искусство конспирации» ценны для их своевременное написание. Достойными подарками для поклонники.

Переводы Мирзо Кенжабека

В качестве переводчика Мирзо Кенжабек перевел на наш родной язык ряд стихотворений Хафиза Шерози, Шейха Саади Шерози, Николаса Гилена, Геворга Эмина, Якуба Коласа, Лойика Шерали, Олджаса Сулеймана. Один из редчайших образцов мировой литературы, «Тазкират уль-аулия» Фаридиддина Аттора был сначала переведен с османского турецкого языка (1997 г.), а затем переведен с персидского на узбекский. Он перевел с арабского языка произведение классика арабского поэта и ученого Османа Оши «Омали» (1999).
Представители секты Накшбанди читали также «Истинную любовь» Махмуда Асада Джошана (1998), «Ахль ас-Сунна валь-Джамаат» Мухаммада Захида Котку ибн Ибрагима аль-Бурсави (1999), «Муршиди ​​мутаххилин» Кутбиддина Изники (1999). «Советы молодым женихам и невестам»). В результате этого просветительского исследования был опубликован его труд «Термез тазкираси» (2001 г.).
За годы независимости поэт опубликовал ряд стихотворений и ряд просветительских статей, таких как «Родина, ты в глазах, ты вор», «Если есть свет, ты увидишь свет». Поэтический роман Пушкина «Евгений Онегин», книга Махтумкули «Избрание» (2004 г.), «Странный монгольский конь» Дж. Олдриджа (2004 г.), «Маснави в определении Ташкента» Зайниддина Васифи (2009 г.) также переведены Мирзо Кенжабеком. .

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: