Olim Otaxon haqida ma’lumot

Olim Otaxon haqida ma’lumot

Olim Otaxon haqida: hayoti, asarlari, faoliyati,tarjimai hol. Olim Otaxon haqida batafsil ma’lumotlar

Olim Otaxon 1951 yili 12 aprelda Toshkentning Beshyog‘och dahasiga qarashli Chaqichmon mahallasida dunyoga keldi. ToshDU (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning filologiya fakulteti kechki bo‘limida tahsil oldi (1969–1974).
Ish faoliyatini hozirgi “Turkiston” gazetasida musahhihlikdan boshladi (1969–1970). Toshkent viloyati kino prokatida reklama muharriri (1971–1974), Toshkent milliy cholg‘u asboblari fabrikasida ekspeditor (1975–1979), so‘ng O‘zbekiston teleradio Davlat Qo‘mitasining adabiy-dramatik eshittirishlar bosh tahririyatida muharrir (1980–1992), O‘zbekiston televideniyesi dublyaj studiyasining bosh muharriri (1993–1998) vazifalarida ishladi.
Olim Otaxonning “Kutish” nomli birinchi hikoyasi o‘quvchilik yillarida “Toshkent oqshomi” gazetasining 1967 yil 7 noyabr sonida bosilib chiqqan edi. Shundan so‘ng “Bolalik kaptarlari” (1981), “Oqshom xayollari” (1986), “Ozod qushlar haqida qo‘shiq” (1988), “Adoqsiz ko‘chalar” nomli hikoyalar to‘plamlari e’lon qilindi.
Olim Otaxonning jahon adabiyotining mumtoz adiblari ijodidan qilgan tarjimalari e’tiborga molikdir. Yasunari Kavabataning bir qator hikoyalari, Jek Londonning “Ajdodlar nidosi”, “Oq so‘yloq” qissalari, Uilyam Folknerning “Qirmizi yaproqlar” qissasi bilan “Quyosh zavoli” hikoyasi, Xulio Kortasar, Skott Fitsjerald, Karlos Fuenteslarning ayrim hikoyalari o‘zbek o‘quvchilariga uning tarjimasida ma’lumdir.

Foydalanilgan adabiyot

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.


Об ученом Отахане: его жизнь, творчество, деятельность, биография. Подробнее об ученом Отаксоне

Ученый Отахан родился 12 апреля 1951 года в махалле Чачикмон Бешёгочского района Ташкента. Учился на вечернем отделении филологического факультета Ташкентского государственного университета (ныне Национальный университет Узбекистана) (1969-1974).
Трудовую деятельность начал в современной газете «Туркистон» (1969-1970). Редактор рекламы Ташкентского областного кинопроката (1971–1974), экспедитор Ташкентского завода народных инструментов (1975–1979), затем редактор литературно-драматических передач Госкомтелерадио Узбекистана (1980–1992). Работал главным редактором студии дубляжа Узбекского телевидения (1993-1998).
Первый рассказ ученого Отахана «Подожди» был опубликован в номере газеты «Ташкентский вечер» от 7 ноября 1967 года еще в школьные годы. Затем последовали сборники рассказов, такие как «Голуби детства» (1981), «Вечерние сны» (1986), «Песнь вольных птиц» (1988) и «Бесконечные улицы».
Заслуживают внимания переводы ученого Атахана мировой литературы из произведений писателей-классиков. Ряд рассказов Ясунари Кавабата, «Плач предков», «Белый лис» Джека Лондона, «Красные листья» и «Закат» Уильяма Фолкнера, некоторые рассказы Хулио Кортасара, Скотта Фицджеральда, Карлоса Фуэнтеса известны его последователям в его перевод.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: