Mahmud Toir (1952)

Mahmud Toir
Telegramda o'qish

Mahmud Toir hayoti, faoliyati, asarlari, mukofotlari haqida ma’lumotlar

Mahmud Toir hayoti

Mahmud Toir 1952 yil 31 avgustda Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi Parkent qishlogʻida tavallud topdi. Nizomiy nomidagi oʻrta maktabni bitirgach (1959–1969), Toshkent davlat universiteti filologiya fakultetining kechki boʻlimiga oʻqishga kirdi. Ayni paytda talabalar shaharchasidagi qurilish tashkilotida duradgor boʻlib ishladi.
Harbiy xizmatdan soʻng oʻqishni davom ettirdi.

Mahmud Toir mehnat faoliyati

Respublika radiosining bolalar va oʻsmirlar uchun eshittirishlar bosh tahririyatida ishladi. “Parkent tongi” gazetasiga muharrir etib tayinlandi (1984). 1999 yildan eʼtiboran Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimini boshqarib keladi.

Mahmud Toir asarlari

Shoirning birinchi sheʼri oʻrta maktabning 7-sinfida oʻqib yurgan kezlari “Tannoz kelur” nomi bilan Parkent tumani gazetasida eʼlon qilindi. “Ayt endi yuragim” nomli ilk toʻplami 1991 yilda Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etildi. Shundan soʻng shoirning “Biz nechun uchrashdik” (1992), “Muhabbat shevasi” (1995), “Oqib ketgan armonlar” (1996), “Barmoqlar bodasi” (1998), “Haqni tanib” (1999), “Yuz toʻrtlik” (2002) toʻplamlari, “Saylanma” (2002), “Ogoh boʻl, dunyo” (2005), “Otamning oʻkinchi” (2006), “Sheʼriy hikmat” (2008), “Yangi Toshkentnoma” (2012), “Bedorlarga bering dunyoni” (2012) majmualari nashr qilindi va oʻz samimiyati bilan oʻquvchilar eʼtiborini qozondi. Bir qator sheʼrlari respublikamizning taniqli xonandalari ijrosida kuylanib kelinmoqda.

Mahmud Toir mukofotlari

Mahmud Toirning ijodi hukumatimiz tomonidan munosib taqdirlanib, unga 2001 yilda “Mehnat shuhrati” ordeni, 2005 yilda “Oʻzbekiston xalq shoiri” unvoni berilgan.

Foydalanilgan adabiyot

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.


Информация о жизни, деятельности, творчестве, наградах Махмуда Тоира.

Жизнь Махмуда Тоира

Махмуд Тоир родился 31 августа 1952 года в селе Паркент Паркентского района Ташкентской области. После окончания средней школы имени Низами (1959–1969) поступил на вечернее отделение филфака Ташкентского государственного университета. Он также работал плотником в строительной компании кампуса.
Продолжил обучение после службы в армии.

Трудовая деятельность Махмуда Тоира

Был главным редактором программ Республиканского радио для детей и подростков. Назначен редактором газеты «Паркент Тонги» (1984). С 1999 года возглавлял региональное отделение Союза писателей Узбекистана.

Работы Махмуда Тоира

Первое стихотворение поэта было опубликовано в газете Паркентского района под названием «Танноз келур», когда он учился в 7-м классе средней школы. Первый сборник «Айт энди юрагим» был издан в 1991 году Издательством литературы и искусства «Гафур Гулям». После этого поэт написал «Почему мы встретились» (1992), «Любовный диалект» (1995), «Текучие мечты» (1996), «Пальцы пальцев» (1998), «Познание правды» (1999). , «Сто четыре» (2002), «Отбор» (2002), «Берегись, мир» (2005), «Печаль отца моего» (2006), «Поэтическая мудрость» (2008), «Новое ташкентское письмо» ( 2012), «Подари мир пробудившимся» (2012) были изданы и привлекли внимание читателей своей искренностью. Ряд его стихов поют известные певцы республики.

Награды Махмуда Тоира

Творчество Махмуда Тоира было отмечено нашим правительством, в 2001 году он был награжден орденом Трудовой Славы, а в 2005 году — званием Народного поэта Узбекистана.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: