Tohir Qahhor (1953)

Tohir Qahhor
Telegramda o'qish

Tohir Qahhor hayoti, faoliyati, asarlari, tarjimalari, mukofotlari haqida ma’lumotlar

Tohir Qahhor hayoti

Tohir Qahhor 1953 yil 9 mayda Namangan viloyati, Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi Mozor Qoʻhna qishlogʻida xizmatchi oilasida tugʻildi. ToshDU (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) jurnalistika fakultetida (1970–1975) tahsil oldi.

Tohir Qahhor mehnat faoliyati

Oʻzbekiston radiosi adabiy-dramatik eshittirishlar Bosh muharririyatida (1975–1979), “Sharq yulduzi” jurnalida (1979–1991), Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida (1991–1997) turli lavozimlarda xizmat qildi. Jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakultetida murabbiy (2005–2010), “Jahon adabiyoti” jurnalida boʻlim muharriri (2010–2012) vazifalarida ishladi. 2004 yilda “20-30 yillar oʻzbek adabiyotining Turkiyada oʻrganilishi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.

Tohir Qahhor asarlari

Tohir Qahhorning ilk sheʼri 1968 yilda Namangan tumani gazetasida, ilk ilmiy maqolasi 1978 yilda “Tarjima sanʼati” toʻplamida bosildi. Shundan soʻng “Oq oʻrik” (1980), “Oqayotgan daryo” (1982), “Osmon kimniki” (1982), “Eshik taqillayotir” (1984), “Kun koʻzi” (1987), “Yulduzlar mening bogʻim” (1988), “Oko dnya” (1990, Moskva), “Togʻning parvozi” (1990) nomli sheʼrlar, “Hur Oʻzbekiston uchun” (1994) maqolalar kitobi nashr etildi.

Tohir Qahhor tarjimalari

Tohir Qahhor tarjimon sifatida G. G. Markes, Ismoil Aka, Mehmad Emin Yurdaqul, Nihol Otsiz, Ismoil Gʻaspirali, Dundar Alp, Ziyo Koʻkalp singari xorijlik ijodkorlar asarlarini oʻzbek tiliga oʻgirdi. Ayni choqda oʻzining bir qator sheʼrlari ozarbayjon, ukrain, ingliz, bulgʻor, turk tillariga tarjima qilindi. Bundan tashqari u ilmiy tadqiqot ishlari bilan shugʻullanadi.

Tohir Qahhor mukofotlari

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Tohir Qahhorga mustaqillik mavzusidagi publitsistik va adabiy-ilmiy maqolalari uchun Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Targʻibot markazining Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro mukofoti berilgan (1991).

Foydalanilgan adabiyot

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.


Информация о жизни, деятельности, работах, переводах, наградах Тахира Каххора.

Жизнь Тахира Каххора

Тахир Каххор родился 9 мая 1953 года в селе Мозор Гахна Туракурганского района Наманганской области в семье служащих. Изучал журналистику в Ташкентском государственном университете (ныне Национальный университет Узбекистана) (1970–1975).

Трудовая деятельность Тахир Каххор

Занимал различные должности в Главной редакции литературно-драматического вещания Радио Узбекистан (1975–1979), в журнале «Шарк Йулдузи» (1979–1991), в Издательстве литературы и искусства имени Гафура Гулома (1991–1997). . Работал преподавателем факультета международной журналистики Университета мировых языков (2005–2010 гг.) и редактором раздела в «Журнале мировой литературы» (2010–2012 гг.). В 2004 году защитил диссертацию на тему «20-30 лет изучения узбекской литературы в Турции».

Работы Тахира Каххора

Первое стихотворение Таира Каххора было опубликовано в 1968 году в Наманганской районной газете, а его первая научная статья опубликована в 1978 году в сборнике «Искусство перевода». Затем последовали «Белый абрикос» (1980), «Текущая река» (1982), «Чье небо» (1982), «Стук в дверь» (1984), «Око солнца» (1987), «Мой сад Звезды» (1988 г.), сборник стихов «Око дня» (1990 г., Москва), «Горный полет» (1990 г.), «За свободный Узбекистан» (1994 г.).

Переводы Тахира Каххора

В качестве переводчика Тахир Каххор переводил на узбекский язык произведения зарубежных художников, таких как Г. Г. Маркес, Исмаил Ака, Мехмад Эмин Юрдакул, Нихол Отсиз, Исмаил Гаспирали, Дундар Алп, Зия Кокалп. В то же время ряд его стихов был переведен на азербайджанский, украинский, английский, болгарский и турецкий языки. Он также занимается исследованиями.

Награды Тахира Каххора

Заслуженный деятель культуры Узбекистана Тахир Каххор удостоен Международной премии имени Ахмада Ясави Союза писателей Узбекистана и Центра пропаганды за публицистические и литературно-научные статьи о независимости (1991).

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: