O‘QITUVCHINING BOLASI

O‘QITUVCHINING BOLASI

Bir kuni kimdir menga qo‘shnisini yomonlayotib, «E, o‘qituvchining bolasida, ming qilsayam!» deb yubordi…

-To‘xtang, o‘qituvchining bolasi bo‘lsa, nima bo‘ladi? Masalan men ham o‘qituvchining bolasiman? Xo‘sh, qanaqa ekanman?- deb so‘radim.
Yer chizib qoldi!

O‘qituvchi farzandlarini o‘zi o‘qitgan o‘quvchilaridan ortib qolgan vaqtiga ko‘ra tarbiyalaydi va ortib qolgan asablariga ko‘ra ulg‘aytiradi!
Qirq yil o‘qituvchilik qilgan odamning nabirasi- uning yonida sellofan paketni ortiqcha shiqirlatib o‘ynay olmaydi, hattoki shaldiroqning shiqir-shiqiriga ham chidab berishga uning bobosida asablar yo‘q!
O‘qituvchining bolasi-o‘z otasiga bitta savolni ikki marta bermaslikka o‘rganadi…
Chunki ularning asablari-birovning farzandini «odam qilaman» deb sob bo‘lgan.

Hindlarning «Zulmat» nomli kinosi bor. Men u kinoni to‘liq ko‘rmaganman: ammo mazmuni bilan qisman tanishman.

Ko‘r va kar qizga ta’lim berishni o‘z gardaniga olgan o‘qituvchi-oxir oqibat o‘zi yaroqsiz holatga keladi. Ammo uning o‘quvchisi to‘rt muchasi sog‘lar qatorida talaba bo‘ladi!
Hindlar bu kino syujetiga atay ko‘r va kar qizni kiritishmagan, birovning gap uqmaydigan bolasi ham aslida shu ko‘rinishda!

Bir lahza ko‘zingizni yuming va o‘zingizni birinchi sinflar xonasida tasavvur qiling!
To‘rtta bola yig‘layapti, oltitasi bir-biri bilan urishmoqda! Ikkitasi uyidan o‘yinchog‘ini ko‘tarib kelgan, boshqasi hamma joyga ushatib non chaynayapti. Yana biri onasini sog‘ingan, boshqasi hojatxona qayerdaligini so‘rolmay qizarib o‘tiribdi. Tinmay chug‘urlayotganlarning to‘rttasi xuddi qaldirg‘ochning inida o‘tirgan polaponlarga o‘xshaydi.
Mana shular — o‘qituvchini anordek sharbatini siqib, oilasiga burushgan bir qiyofada qaytaradigan xalqning bolasidir!

Uning o‘z farzandi- me’yorlar ichida ulg‘ayadi. Ko‘pchilik oldida esnash kerakmasligi ham, tishga tilini tekkizib chiqirlatmaslik shartligi haqida ham u yaxshigina ta’lim olgan.Chunki uning asablari tugab, bitgan onasiga «tirq» etgan tovush ham, almoyi qiliqlar ham yoqmaydi!

O‘qituvchining qizi-el qatori sep bilan kelin bo‘ladi!
O‘qituvchining uyidagi «dehqonchilik» hisoblanadigan narsa bu kitob! Uning muzlatgichlari boshqalarniki kabi to‘lib turmaydi…

Ha, ustozlar sha’niga ko‘p gaplar gapirilgan. Ular haqida mening biladiganlarim shular! Boshqalar nazdida-uning bolalari qandayligiga men hech qachon qiziqmadim! Ularni past ko‘rmadim!
Chunki o‘sha bor sharbatini xalqning bolasiga bera-bera charchagan ota-onam menga ham shogirdi sifatida bir nimalarni ilinishdi:

Bu faqat yaxshilik haqida o‘ylash!
Yaxshilikka intilish! Yomonlarga aralash yashamaslik va yaxshi narsalarni hamda yaxshilarni asrash!

© Farxod Paxritdinov

Mavzuga doir:
O‘qituvchilar haqida haqiqatlar va ularga nasihatlar

O‘qituvchilar oyligi haqida juda xolis fikr

Ustozlar bayramiga tabriklar, tabrik she’rlar va tilaklar to‘plami


Однажды кто-то оскорбил его соседа и сказал мне: «Эй, это учительский ребенок, если бы я мог сделать это тысячу раз!» отправил…

— Подожди, а что будет, если у учительницы будет ребенок? Например, я тоже учительский ребенок? Итак, что же я за человек? — спросил я.
Земля исцарапана!

Учитель воспитывает своих детей в соответствии со временем, которое у него осталось от учеников, которых он учил, и воспитывает его в соответствии со своими нервами!
Внук человека, проработавшего сорок лет учителем, не может играть с целлофановым пакетом рядом с собой, а у деда даже визга репы не хватает наглости стерпеть!
Сын учителя учится не задавать отцу один и тот же вопрос дважды…
Потому что нервы у них настолько крепкие, что они будут «очеловечивать» чужого ребенка.

Есть индийский фильм «Тьма». Я не видел весь фильм, но частично знаком с его содержанием.

Учитель, взявший на себя обучение слепой и глухой девочки, оказывается в бесполезной ситуации. Но его ученик будет учеником среди четырех здоровых!
Индейцы намеренно не включили в сюжет этого фильма слепую и глухую девочку, а чей-то не говорящий ребенок на самом деле выглядит именно так!

Закройте на мгновение глаза и представьте себя в первоклассной комнате!
Четверо детей плачут, шестеро дерутся друг с другом! Двое из них принесли игрушку из дома, а другой жует хлеб. Другой скучает по маме, другой краснеет, не спрашивая, где туалет. Четверо из них, которые постоянно бегают, подобны птенцам, сидящим в ласточкином гнезде.
Это дети людей, которые выжимают учителя как апельсиновый сок и возвращаются в его семью с перекошенным лицом!

Собственный ребенок растет в пределах нормы. Его хорошо научили не зевать перед многими людьми и не высовывать язык, потому что его нервная мать не любит звук «треска» или обычное поведение!

Дочь учителя станет невестой с приданым!
То, что считается «фермерством» в доме учителя, — это книга! Ее холодильники не полны, как у всех…

Да, много чего сказано в честь учителей. Вот что я о них знаю! Меня никогда не волновало, какими ее дети были для других! Я не смотрел на них свысока!
Потому что мои родители, которым надоело давать все эти соки детям народа, как-то сказали мне как их ученику:

Это только хорошее мышление!
Стремление к добру! Избегайте смешивания с плохим и защищайте хорошее и хорошее!

© Фарход Пахритдинов

Предмет:
Факты об учителях и советы им

Очень непредвзятое мнение о зарплатах учителей

Сборник поздравлений, поздравительных стихов и пожеланий ко Дню учителя

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: