Onlayn ta’lim davri uchun sinf jurnallari qanday to’ldiriladi?

Onlayn ta’lim davri uchun sinf jurnallari qanday to’ldiriladi?
Telegramda o'qish

Xalq ta’limi vazirligi onlayn ta’lim davri uchun sinf jurnallarini qanday to’ldirish kerakligini izohladi.

Xabaringiz bor, koronavirus pandemiyasi sababli 4-chorak o’quv jarayonlari masofaviy shaklda olib borildi.
Ko’plab ota-onalarning murojaatlarini inobatga olib hamda karantin sharoitida o’quvchilarga yengillik yaratish maqsadida o’quv yili yakunida bosqichli imtihon va yakuniy davlat attesatsiyasi o’tkazilmadi.

1. Karantin davrida o’qituvchilar sinf jurnallarini qay tartibda to’ldiradi?
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2020 yil 20 maydagi 130-sonli buyrug’ida karantin cheklovlari bekor qilinganidan so’ng sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilgan holda yillik baholarini hamda 4-chorakda masofaviy shaklda o’tilgan mavzularni sinf jurnalida qayd etish belgilangan.
Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 6 maydagi yig’ilish bayoniga muvofiq, karantin cheklovlari joriy yilning 8 mayidan boshlab 3 ta hududga (“yashil”, “sariq” va “qizil”) ajratilib, bosqichma-bosqich karantin cheklovlari yumshatib borilmoqda.
Shuningdek, birinchi navbatda bitiruvchi sinf (9-11-sinf) o’quvchilarini o’z vaqtida ta’limning keyingi bosqichiga qamrab olish maqsadida joriy yilning 8 iyunidan, quyi sinflarda joriy yilning 15 iyunidan boshlab quyi sinflar (sinflar ketma-ketligida) jadval asosida karantin talablariga qat’iy rioya etgan holda sinf jurnallarini to’ldirish tavsiya etiladi.
Bunda sinf jurnallarini to’ldirishga jalb etilgan pedagoglarning mehnat ta’tili davrida foydalanmay qolgan kunlari 2020 yil avgust oyida belgilangan tartibda qo’shimcha ta’til berish bilan qoplanadi.
Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan “qizil” hudud etib belgilangan tuman (shahar)larda sinf jurnallarini to’ldirish uchun jalb etish tavsiya etilmaydi.

2. Jurnalga o’z ish rejasidagi mavzular bo’yicha yozishadimi yoki teledars mavzularinimi, teledars kam bo’lgan ko’p fanlarda, o’z ish rejamiz bo’yicha yozamiz desa, ertadan keyin «KRU» kelib karantinda bu mavzularni o’tmagansan, deb «qirqishga» tushsa-chi?
Ma’lumki, “Online-maktab” loyihasida efirga uzatilgan darslar televizion kanallarning efir vaqtini inobatga olib, 17 ta fandan 3 ta tilda (o’zbek, rus va qoraqalpoq) tillarida efirga uzatildi. O’qituvchilarga masofaviy shaklda faoliyat olib borishlari va unda “Online-maktab” loyihasida televizion darslarni o’zlashtirishda o’quvchilarga ko’maklashish hamda televizion darslarda efirga uzatilmagan fanlarni qo’shimcha ravishda masofaviy shaklda o’quvchilarga tushuntirib borish tavsiya etilgan.
Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 28 martdagi bayoniga muvofiq, o’qituvchilarning o’z ish faoliyatini masofaviy tarzda ish haqi saqlangan holda davom ettirishlari belgilangan.
SHu bois, o’qituvchilar fanlar bo’yicha yillik taqvim mavzuiy rejasida 4-chorakda belgilangan mavzularni sinf jurnallariga qayd etishlari tavsiya etiladi.

3. Sinf jurnaliga 31 martdan yoziladimi yoki 1 apreldanmi, 31-martda hamma “mehnat ta’tili”da bo’lgan-ku? 2019-2020 o’quv yilining 3-chorak oxirgi 3 kuni va 4-chorak boshidagi 2 kundagi mavzularni nima qilish kerak, dastur bajarilmay qoladiku ularni jurnalga yozilmasa…?
O’quv yilining 4-choragi joriy yilning 30 martidan — 25 mayga qadar “Online-maktab” rukni ostida televizion darslar efirga uzatildi va o’qituvchilar faoliyati masofaviy tarzda davom ettirildi.
O’quv rejada belgilangan o’quv dasturlarni bajarish maqsadida o’quv yilining 4-choragidagi mavzular joriy yilning 30 martidan boshlab sinf jurnallarida qayd etiladi.
4-chorakda belgilangan darslar dam olish (ta’til) kunlariga to’g’ri kelgan taqdirda boshqa dars mavzulariga singdirilgan holda sinf jurnalida yozish tavsiya etiladi.
Masofaviy shaklda o’z faoliyati davom ettirilgan pedagoglarning mehnat ta’tili davrida foydalanmay qolgan (30 va 31 mart) kunlari 2020 yil avgust oyida belgilangan tartibda qo’shimcha ta’til berish bilan qoplanadi.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: