Yangi o‘quv yilida maktablarda darslar qanday shaklda davom etishi aytildi

Yangi o‘quv yilida maktablarda ta’lim qanday shaklda davom ettirilishi ma’lum bo‘ldi

Yangi 2021-2022 o‘quv yilida maktablarda darslar gibrid shaklda davom etishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, yangi 2021-2022 o‘quv yili yaqinlashgani sari ota-onalardan uning qanday shaklda bo‘lishi borasida ko‘plab savollar kelib tushmoqda.
“Barchangizga ma’lumki, bugungi kunda butun dunyodagi kabi yurtimizda ham koronavirusga chalinish holatlari davom etmoqda. Eng achinarlisi, o‘tgan yildagiga nisbatan maktab yoshidagi bolalar orasida ham kasallik tarqalishi holatlari ko‘paygani kuzatilmoqda”, deyiladi ma’lumotda.
Shu bois Xalq ta’limi vazirligi yangi 2021-2022 o‘quv yilida maktablarda dars jarayoni gibrid shaklda davom ettirilishiga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qilgan. Bunda maktabda yuzaga keladigan vaziyatga qarab maktab Sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari taklifiga asosan mahalliy kengashlar qarorlariga ko‘ra ayrim maktablar karantinga yopilib, masofaviy tizimga o‘tkazilishi mumkin.
Bunday holatlarda o‘quvchilar ta’limni vaqtincha masofaviy shaklda uydan davom ettiradi. O‘quvchining masofadan ta’lim olishiga imkoniyat yaratish maqsadida Milliy teleradiokompaniyaning telekanallari orqali “Onlayn maktab” loyihasi doirasida efirga uzatilayotgan darslar davom ettiriladi.
Xalq ta’limi vazirligi an’anaviy ta’lim to‘liq tiklanishi uchun barcha tizim xodimlarini tezroq vaksina olishlarini so‘rab qolgan. Hech qanday eng zamonaviy masofaviy ta’lim tizimi ham bevosita maktabdagi ta’lim o‘rnini bosa olmasligi aytiladi.
“Hurmatli ota-onalar! Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, farzandlaringizni imkoniyatingiz doirasida maktabga tayyorlashingiz mumkinligini va bunda karantin talablariga rioya qilishingizni so‘rab qolamiz. Shu o‘rinda, bugungi murakkab vaziyatdan chiqib ketishning yagona yo‘li bu vaksinasiya, shu bois sizlardan o‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligini himoya qilish uchun vaksinasiya jarayonlarida faol qatnashishingizni so‘rab qolamiz”, deyiladi vazirlik axborotida.


В новом 2021-2022 учебном году школы готовятся к продолжению уроков в гибридной форме. Об этом сообщает Министерство народного образования.

Отмечается, что по мере приближения нового учебного 2021-2022 года у родителей возникает много вопросов о том, каким он будет.
«Как вы все знаете, в нашей стране, как и во всем мире, все еще есть случаи заболевания коронавирусом. «К сожалению, число заболевших среди детей школьного возраста также увеличилось по сравнению с прошлым годом», — говорится в сообщении.
Поэтому Министерство народного образования заявило, что готовится продолжить учебный процесс в школах в гибридной форме в новом 2021-2022 учебном году. В зависимости от ситуации в школе некоторые школы могут быть закрыты на карантин и переведены на дистанционную систему по предложению Центров санитарно-эпидемиологического надзора.
В таких случаях студенты продолжают обучение дома на временной основе. В целях предоставления студентам возможности обучаться дистанционно занятия будут транслироваться на каналах Национальной телерадиокомпании в рамках проекта «Онлайн-школа».
Министерство народного образования попросило как можно скорее вакцинировать всех сотрудников системы, чтобы полностью восстановить традиционное образование. Говорят, что никакая современная система дистанционного образования не может напрямую заменить школьное образование.
«Дорогие родители! В свете вышеизложенного просим вас сделать все возможное для подготовки ваших детей к школе и соблюдать требования карантина. При этом единственным выходом из сегодняшней непростой ситуации является вакцинация, поэтому просим вас принять активное участие в процессе вакцинации для защиты здоровья себя и своих близких», — говорится в сообщении министерства.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: