Muhammad Ali haqida ma’lumot

Muhammad Ali haqida ma'lumot
Telegramda o'qish

Muhammad Ali haqida: hayoti, asarlari, faoliyati, tarjimai hol, batafsil ma’lumotlar

Atoqli oʻzbek shoiri, adib, tarjimon va olim Muhammad Ali 1942 yilning 1 martida Andijon viloyatining Boʻz tumanidagi Beshkal qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan. 1959 yil Toshkent viloyatining Bekobod tumanida Navoiy nomidagi oʻrta maktabni bitirdi. Moskvada Gorkiy nomidagi Adabiyot institutida tahsil oldi (1960–1966). Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyotda muharrir (1967), boʻlim mudiri, bosh muharrir (1982), Oʻzbekiston televideniyesida bosh muharrir (1985), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tarjima markazi raisi (1989), Oʻzbekiston Milliy universitetida kafedra mudiri (1994), “Oltin meros” jamgʻarmasi raisi (1999), Xalqaro Amir Temur fondi raisi(2003) boʻlib ishladi. 2013 yildan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi lavozimida ishlamoqda.
Muhammad Ali XX asrning 50-yillari oxirida adabiyotga kirib keldi. Uning ilk sheʼri oʻn besh yoshida 1957 yil 17 fevralda hozirgi “Oʻzbekiston ovozi” gazetasida bosilgan.
Adibning 40 dan ortiq kitobi chop etilgan. Bular orasida “Fazodagi hislar” (1967), “Shafaq” (1968), “Otalar yurti” (1970), “Oq nur” (1977), “Ilhom parisi” (1980), “Sevsam, sevilsam”(1983), “Vechniʼy mir” (roman v stixax, 1984), “Saz” (rus tilida, 1984), “Sen bir gulsan” (1989), “Ona duosi” (1994), “Saylanma” (1997) “Men oʻzim, oʻzim”(2011) sheʼriy kitoblari alohida ajralib turadi.
Adib ijodida “Mashrab” (1966), “Gumbazdagi nur” (1967), “Beshgul” (1969), “Oshiqlar ertagi” (1975) dostonlari, “Boqiy dunyo” (1979) sheʼriy romani salmoqli oʻrin egallaydi. “Sarbadorlar” (1989) roman-dilogiyasi, “Ulugʻ saltanat” epopeyasi ‒ “Jahongir Mirzo” (2003), “Umarshayx Mirzo” (2006), “Mironshoh Mirzo” (2010), “Shohruh Mirzo” (2013), “Abadiy sogʻinchlar” (2005) roman-xronikasi oʻquvchilarning sevimli asarlariga aylangan. “Ulugʻbek Mirzoning soʻnggi kuni” (2001), “Masposhsho va Oyparcha” (2002), “Hindiyona afsona” (2006), “Navoiy va Boyqaro”(2015) pyesalari ham adib qalamiga mansubdir.
Muhammad Ali bolalar uchun ham ijod qiladi. Uning “Ninachi haqida ertak” (1976), “Uch oltin gʻisht”(2015) kitoblari nashr etilgan.
Muhammad Alining “Oʻz-oʻzingni anglab yet” (1988), “Haqiqatdan chekinma, tarix!” (1990), “Qafasdagi bulbullar” (1996), “Amir Temur chamani”(2003), “Amir Temur va Yildirim Boyazid”(2007), “Tarix saboqlaridan xulosalar chiqarib yashaylik”(2014) nomli esselarida tariximizning dolzarb masalalari haqida bahs yuritadi. “Oshiq boʻlmay, Haq diydorin koʻrsa boʻlmas” (1992), “Men koʻrgan Amerika” (2000), “Amir Temur chamani” (2006), “Zamondoshim portretiga chizgilar”(2012,) “Oq laylak”(2015) kabi publitsistik ruhdagi kitoblari oʻquvchilar tomonidan qizgʻin kutib olindi.
Oʻzbek adabiyotida Sohibqiron Amir Temur siymosining yaratilishi, uning xalqimiz suyadigan obrazlar qatoriga koʻtarilishida Muhammad Alining xizmatlari beqiyosdir. Ijod yoʻlining boshidayoq bu mavzuga tabu qoʻyilganiga qaramay, adib jasorat koʻrgizib, Amir Temur haqida sheʼrlar yozdi, keyinchalik maktab darsligiga kiritilgan “Gumbazdagi nur” dostonini yaratdi, maqola va esselarini eʼlon qildi. “Sarbadorlar”(1989) roman=dilogiyasida hali mustamlaka davrida oʻzbek adabiyotida birinchi boʻlib prozada Amir Temur siymosini tasvirlab berdi, soʻng dadillik bilan “Ulugʻ saltanat” tarixiy epopeyasini yaratishga kirishdi va bu borada yigirma yil mehnat qildi. Epopeyada oʻzbek xalqining XIV asrdagi turmush-hayoti tasvirlanarkan, tarixiy hodisalar oqimida Amir Temur obrazining tadrijiy oʻsib borishi, uning xarakteridagi adolatparvarlik, halollik, mardlik va vatanparvarlik fazilatlari koʻrsatib berilgan.
Adib “Tanlangan asarlar”ining hozirgacha 3 jildi bosilib chiqdi(2011–2016).
Badiiy tarjimada ham adib faollardan hisoblanadi. Hind eposi “Ramayana” (1978), qoraqalpoq eposlari “Shahriyor” (1977), “Masposhsho” (1985), shuningdek, Hoqoniy, Gyote, Byorns, Shiller, Bayron, Pushkin, Lermontov, Maxtumquli, Berdaq, Abay, Tagor, R. Hamzatov asarlaridan namunalar ham Muhammad Ali tomonidan oʻzbek tiliga oʻgirilgan. U “Shahriyor” eposi tarjimasi uchun Berdaq nomidagi mukofotga loyiq koʻrilgan(1984).
Adib – filologiya fanlari nomzodi (1992). Uning asarlari jahonning yigirma beshdan ortiq tillariga tarjima qilingan. Adibning “Abadiy sogʻinchlar” roman-xronikasi ingliz tiliga tarjima qilinib Toshkentda chop etildi (2006), “Jahongir Mirzo” va “Umarshayx Mirzo” romanlari rus tilida(2015–2016), “Jahongir Mirzo” turk tilida nashr etilgan(Stambul, 2008).
Muhammad Alining pedagogik faoliyati ham diqqatga sazovor. U oʻn uch yil davomida (1992–2005) AQSHning Vashington universiteti talabalariga oʻzbek tili va adabiyotidan dars berdi.
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali “Mehnat shuhrati”(1999), “El-yurt hurmati”(2014) ordenlari bilan mukofotlangan. “Ulugʻ saltanat” tarixiy roman-dilogiyasi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan (2007).

Foydalanilgan adabiyot

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.


О Мухаммеде Али: жизнь, творчество, деятельность, биография, подробности

Известный узбекский поэт, писатель, переводчик и ученый Мухаммед Али родился 1 марта 1942 года в селе Бешкал Бозского района Андижанской области в крестьянской семье. В 1959 году окончил Навоийскую среднюю школу Бекабадского района Ташкентской области. Учился в Литературном институте имени Горького в Москве (1960–1966). Гафур Гулом Редактор издательского дома (1967 г.), заведующий отделом, главный редактор (1982 г.), главный редактор Узбекского телевидения (1985 г.), председатель Центра переводов Союза писателей Узбекистана (1989 г.), Заведующий кафедрой Национального университета Узбекистана (1994 г.), председатель Фонда «Золотое наследие» (1999 г.), председатель Международного фонда Амира Темура (2003 г.). С 2013 года является председателем Союза писателей Узбекистана.
Мухаммед Али вошел в литературу в конце 1950-х годов. Его первое стихотворение было опубликовано в пятнадцатилетнем возрасте 17 февраля 1957 года в газете «Узбекистон овози».
Он опубликовал более 40 книг. К ним относятся «Чувства в космосе» (1967), «Рассвет» (1968), «Отечество» (1970), «Белый свет» (1977), «Богиня вдохновения» (1980), «Люблю, люблю» ( 1983), «Вечный мир» (роман в stixax, 1984), «Саз» (на русском, 1984), «Сен бир гульсан» (1989), «Она дуоси» (1994), «Сайланма» (1997), «Мужчины озим, озим» (2011).
Его стихи «Машраб» (1966), «Свет в куполе» (1967), «Бешгуль» (1969), «Сказка о влюбленных» (1975) и «Вечный мир» (1979) играют важную роль в его творчестве. . Роман-дилогия «Сарбадорлар» (1989 г.), эпос «Улуг султанат» — «Джахонгир Мирзо» (2003 г.), «Умаршайх Мирзо» (2006 г.), «Мироншох Мирзо» (2010 г.), «Шохрух Мирзо» (2013 г.), «Абадий Ностальгия» (2005) стала любимицей читателей. Его пьесы «Последний день Улугбека Мирзо» (2001 г.), «Маспошшо и Ойпарча» (2002 г.), «Индийская легенда» (2006 г.), «Навои и Бойкаро» (2015 г.) также являются его произведениями.
Мухаммед Али также творит для детей. Изданы его книги «Повесть о Ниначи» (1976) и «Три золотых кирпича» (2015).
Мухаммеда Али «Пойми себя» (1988), «Не отступай от правды, история!» (1990 г.), «Соловьи в клетке» (1996 г.), «Амир Темур Чамани» (2003 г.), «Амир Темур и Йылдырым Боязид» (2007 г.), «Сделаем выводы из уроков истории» (2014 г.) история. . В публицистическом духе, такие как «Без любви нельзя, правды не видно» (1992), «Америку я видел» (2000), «Амир Темур чамани» (2006), «Рисунки на портрете моих современников» (2012 г.) «Белый аист» (2015 г.) Его книги были тепло встречены студентами.
Вклад Мухаммеда Али в создание образа Сахибкирана Амира Темура в узбекской литературе и его восхождение в ряды любимых нашим народом образов несравним. Несмотря на то, что в начале своего творческого пути эта тема была табуированной, писатель проявил смелость и написал стихи об Амире Темуре.Позже он написал эпопею «Свет в куполе», которая вошла в школьные учебники, опубликовал статьи и очерки. Сарбадорлар (1989) был первым узбекским писателем, описавшим образ Амира Темура в прозе колониального периода. Описывая жизнь узбекского народа в XIV веке, эпос показывает постепенное возрастание образа Амира Темура в ходе исторических событий, его качеств справедливости, честности, мужества и патриотизма.
Автор издал 3 тома «Избранных произведений» (2011-2016 гг.).
Писатель также является активистом художественного перевода. Индийский эпос «Рамаяна» (1978 г.), каракалпакские эпосы «Шахриёр» (1977 г.), «Маспошшо» (1985 г.), а также произведения Хаккани, Гете, Бьорнса, Шиллера, Байрона, Пушкина, Лермонтова, Махтумкули, Бердака, Абая, Тагора, R Образцы произведений Гамзатова также были переведены на узбекский язык Мухаммедом Али. За перевод эпоса «Шахриёр» (1984) удостоен премии Бердаха.
Автор — кандидат филологических наук (1992). Его произведения переведены более чем на двадцать пять языков. Роман-хроника автора «Вечная ностальгия» переведен на английский язык и издан в Ташкенте (2006 г.), романы «Джахонгир Мирзо» и «Умаршайх Мирзо» изданы на русском языке (2015-2016 гг.), «Джахонгир Мирзо» изданы на турецком языке. (Стамбул, 2008 г.).
Следует отметить и педагогическую деятельность Мухаммеда Али. В течение тринадцати лет (1992–2005 гг.) преподавал узбекский язык и литературу студентам Вашингтонского университета, США.
Народный писатель Узбекистана Мухаммед Али награжден орденом Трудовой Славы (1999 г.) и орденом «Эл-Юрт Хурмати» (2014 г.). За исторический роман-дилогию «Великая империя» (2007) удостоен Государственной премии Республики Узбекистан.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: