Komil Avaz haqida ma’lumot

Komil Avaz haqida ma’lumot

Komil Avaz haqida: hayoti, asarlari, faoliyati, tarjimai hol, batafsil ma’lumotlar

Komil Avaz 1942 yil Xiva tumanida tugʻildi. Toshkent toʻqimachilik institutida tahsil oldi (1963). Kasbi injener-mexanik. Iqtisod fanlari nomzodi. Paxta tozalash sanoati tizimida ishlab, 1985 yilgacha oddiy chilangarlikdan viloyat paxta tayyorlash tresti bosh muhandisi vazifasigacha koʻtarildi. Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat musiqali drama teatrida adabiy emakdosh, keyin direktor boʻlib ishladi. Hozir viloyatda Ogahiy nomidagi xayriya jamgʻarmasining raisi vazifasida xizmat qiladi.
Ilk bor qoʻliga qalam tutqazgan ustozi ‒ ogʻasi Erkin Samandardir. 1957 yili “Xorazm haqiqati”, “Xorezmskaya pravda” gazetalarida “Maktabim” nomli sheʼri bir paytning oʻzida oʻzbek va rus tillarida (N. Gatsunayev tarjimasida) chop etildi.
1982 yili “Ajab sir” nomli kitobchasi “Muallifning ilk kitobi” ruknida bosildi. “Shashmaqom” (1983), “Xiva xonishlari”, “Xivinskiye napeviʼ” (1984, Strinkovskaya tarjimasi) sheʼriy kitoblari chop qilindi.
Komil Avazning “Jahannam” deb ataluvchi ilk pyesasi 1989 yili Ogahiy nomidagi Xorazm viloyat teatri sahnasida oʻynaldi. “Tashkildagi hangoma” (1990), “Jobbi joʻjakning hiylasi” (1991), “Marvarid taqqan ayol” (1992), “Feruz” (musiqiy drama, 1994), “Munoqasha” (1994), “Telbalar” (groteks, 1997), “Diyonatga xiyonat” (1998), “Javlon jurra” (2000), “Avesto ‒ mehr farzandi” (2001), “Guliravza” (musiqiy drama, 2001), “Tandir” (2005), “Soʻnggi umidlar” (2007) singari sahna asarlari ham uning qalamiga mansubdir.
“Saqili navo”, “Deyishma”, “Jobbi joʻjakning hiylasi”, “Tashkil” spektakllari asosida Oʻzbekiston televideniyesi tomonidan videofilmlar tasvirga olindi. Shuningdek, Xorazm maqomi va suvoralariga bagʻishlab yozgan ssenariysi boʻyicha uch qismli “Dilu jonim sanga qurbon” telefilmi yaratildi.
2003–2009 yillari “Qoʻnalgʻa”, “Tong epkini”, “Oʻtayotgan vaqt” saylanmasi, “Ibrat manzili”, “Shoh boʻldi ishq ichinda”, Muhammad Rizo Ogahiy tavalludining 200 yilligiga bagʻishlangan “Muhammad Rizo Ogahiy” kabi kitoblari nashr qilindi.
2006 yilda “Komil Devoniy haqidagi adabiy-badiiy toʻplam”i bosmadan chiqdi. Shu yili “Olis yulduzlar” pyesasi yaratildi.
“Sharq yulduzi” jurnalining 2009 yil 1-sonida adibning “Ogahiy” dostoni bosildi. 2009–2011 yillar mobaynida uning “Toʻli timmitning toʻyi”, “Iztirob”, “Kelin kiyintirish”, “Sahroda bir kun”, “Sahrodagi odam” kabi asarlari eʼlon qilindi.

Foydalanilgan adabiyot

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.


О Камиле Авазе: жизнь, творчество, деятельность, биография, подробности

Камиль Аваз родился в 1942 году в Хивинском районе. Учился в Ташкентском текстильном институте (1963). Профессиональный инженер-механик. Кандидат экономических наук. Работая в хлопкоочистительной промышленности, до 1985 года прошел путь от рядового сантехника до главного инженера провинциального хлопкоочистительного треста. Работал литературным ассистентом, а затем директором Хорезмского областного музыкально-драматического театра имени Огахи. В настоящее время он является председателем Благотворительного фонда Огахи в регионе.
Первым учителем, взявшим ручку в руки, был его брат Эркин Самандар. В 1957 году стихотворение «Моя школа» было опубликовано одновременно на узбекском и русском языках (перевод Н. Гацунаева) в газетах «Хорезм хакикаты» и «Хорезмская правда».
В 1982 году вышла брошюра «Аджаб сэр» под заголовком «Первая книга автора». Изданы сборники стихов «Шашмаком» (1983), «Хива ханиши», «Хивинские напевы» (1984, перевод Стриньковской).
Первая пьеса Камиля Аваза «Ад» была поставлена ​​в 1989 году в Хорезмском областном театре имени Огахи. «Хангома в организации» (1990), «Уловка Джобби Джоджака» (1991), «Женщина в жемчуге» (1992), «Феруз» (музыкальная драма, 1994), «Полемика» (1994), «Сумасшедший» (гротекс , 1997) ), «Предательство религии» (1998), «Жавлон Джурра» (2000), «Авесто – дитя милосердия» (2001), «Гулиравза» (музыкальная драма, 2001), «Тандыр» (2005) , «Последние надежды» (2007), а также сценические работы.
Видеофильмы по мотивам спектаклей «Сагылы наво», «Дейишма», «Джобби жоджакнинг хиласи», «Ташкил» сняты узбекским телевидением. Кроме того, создан трехсерийный телефильм «Дилу жоним санга курбон» по сценарию хорезмского макома и суворы.
В 2003–2009 годах издал такие книги, как «Коналга», «Тонг епкини», «Отайган вахт», «Ибрат манзили», «Шах болды ишк ичинда», «Мухаммад Ризо огахи», посвященные 200-летию Мухаммада Ризы. Огахи.
В 2006 году вышел сборник литературных произведений о Камиле Девони. В этом же году был создан спектакль «Далекие звезды».
Авторский эпос «Огахий» опубликован в 1 номере журнала «Шарк Йулдузи» в 2009 году. С 2009 по 2011 годы были опубликованы его произведения, такие как «Свадьба Полного Тиммита», «Страдание», «Одевание невесты», «День в пустыне», «Человек в пустыне».

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: