Toshpoʻlat Ahmad haqida ma’lumot

Toshpoʻlat Ahmad haqida ma’lumot

Toshpoʻlat Ahmad haqida:, hayoti, asarlari, faoliyati, tarjimai hol, batafsil ma’lumotlar

Toshpoʻlat Ahmad 1942 yil 13 dekabrda Buxoro viloyatining Shofirkon tumanidagi Denov qishlogʻida tugʻildi. Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetida tahsil oldi (1959–1964).
Ish faoliyatini oʻrta maktab oʻqituvchiligidan boshlagan Toshpoʻlat Ahmad, keyinchalik “Buxoro haqiqati” (hozirgi “Buxoronoma”) gazetasida (1965–1975; 1993–1996), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati boʻlimida (1975–1993) xizmat qildi. 1996 yildan yana Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati boʻlimining masʼul kotibi va ayni paytda “Buxoro mavjlari” jurnalining bosh muharriri vazifasida faoliyat olib bormoqda. Bu yillarda uning “Buxoro yulduzi” nomli hujjatli qissasi (1971), “Qasam va qasos” (1973), “Oʻgʻlingman, hayot!” (1974), “Qalbning oppoq gavhari” (1975) kabi ocherklar toʻplami, “Ochiq eshik” nomli hikoyalar toʻplami (1975), “Minorlar va chinorlar” (1980), “Oydin xayollar” (1984), “Tabassum bogʻi” (1986), “Ahli muslim mehrobi” (1991), “Imon qalʼasi” (1994) singari sheʼriy kitoblari nashr etildi.
Toshpoʻlat Ahmad tarjimon sifatida Jalol Ikromiyning “Qora quzgʻunlar” romanini, shuningdek, Rasul Hamzatov, Vladimir Solouxin, Avetik Isaakyan, Ovanes Sheroz, Loyiq Sherali, Ahmad Muxtor singari shoirlarning asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qildi.
Keyingi yillarda shoirning Buxoroning 2500 yilligiga bagʻishlangan “Sharq tumori” (1996), “Figʻon” (1994), “Buxoronoma” (Saylanma, 1997), “Chorbakr” (1996), “Gavhari jonim” (2009), “202 atirgul” (2013) nomli kitoblari chop etildi. “Figʻon” pyesasi sahna yuzini koʻrdi. “Qutlugʻ ostona” (2006), “Sharq gavhari” (Saylanma, 2007), “Qalam va alam” (2008), “Navroʻzingdan oʻrgilay” (2010), “Sajdagoh” (dostonlar, 2011) asarlari eʼlon qilindi.
Toshpoʻlat Ahmadning asarlari rus, tojik, turkman, venger, ispan, turk, qozoq tillariga tarjima qilingan.
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Toshpoʻlat Ahmad 1998 yilda “Mehnat shuhrati” ordeni, 2007 yilda “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan. U “Oltin qalam” xalqaro mukofoti sohibi.

Foydalanilgan adabiyot

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.


О Тошполате Ахмаде: жизнь, творчество, деятельность, биография, подробности

Тошполат Ахмад родился 13 декабря 1942 года в селе Денов Шафирканского района Бухарской области. Учился на филологическом факультете Самаркандского государственного университета (1959-1964).
Тошполат Ахмад начал свою карьеру учителем средней школы, а затем работал в газете «Бухара Хакикати» (ныне Бухара) (1965–1975; 1993–1996) и Бухарском областном отделении Союза писателей Узбекистана (1975–1993). С 1996 года – ответственный секретарь Бухарского областного отделения Союза писателей Узбекистана, в настоящее время главный редактор журнала «Бухара мавджлари». В эти годы он написал документальные фильмы «Звезда Бухары» (1971), «Клятва и месть» (1973), «Я твой сын, жизнь!» (1974), сборник эссе, таких как «Белая жемчужина сердца» (1975), сборник рассказов «Открытая дверь» (1975), «Башни и самолеты» (1980), «Сны при лунном свете» (1984) и «Сад Улыбки (1986 г.), «Ахли Муслим Мехраби» (1991 г.), «Иман Галаси» (1994 г.).
В качестве переводчика Тошполат Ахмад перевел на узбекский язык роман Джалала Икроми «Черные вороны», а также произведения Расула Хамзатова, Владимира Солоухина, Аветика Исаакяна, Ованеса Шероза, Лоика Шерали и Ахмада Мухтора.
В последующие годы поэт посвятил 2500-летию Бухары «Опухоли Востока» (1996 г.), «Фигон» (1994 г.), «Бухара» (Отбор, 1997 г.), «Чорбакр» (1996 г.), «Жемчужина душа моя» (2009 г.), «202 розы» (2013 г.). Спектакль «Фигон» вышел на сцену. Изданы его произведения «Кутлуг остона» (2006 г.), «Шарк гавхари» (Отбор, 2007 г.), «Калам ва алам» (2008 г.), «Навруззингдан оргылай» (2010 г.), «Саждагох» (эпосы, 2011 г.).
Произведения Тошполата Ахмада переведены на русский, таджикский, туркменский, венгерский, испанский, турецкий и казахский языки.
Заслуженный работник культуры Узбекистана Тошполат Ахмад награжден орденом Трудовой Славы в 1998 году и орденом «Эл-Юрт Хурмати» в 2007 году. Лауреат международной премии «Золотое перо».

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: