Usmon Azim haqida ma’lumot

Usmon Azim haqida ma'lumot
Telegramda o'qish

Usmon Azim haqida: hayoti, asarlari, faoliyati, tarjimai hol, batafsil ma’lumotlar

Usmon Azim 1950 yil 13 avgustda Surxondaryo viloyati, Boysun tumanidagi Gaza qishlogʻida tugʻildi. ToshDU (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)da tahsil oldi.
Oʻzbekiston radiosi Adabiy-dramatik eshittirishlar Bosh muharririyatida (1976–1988), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida (1988–1989), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida (1991–1994), “Savdogar” gazetasida (1995–1999) turli vazifalarda ishladi. 2003 yildan Oʻzbek Milliy Akademik drama teatrida adabiy boʻlim mudiri vazifasida xizmat qiladi.
Usmon Azim 1979 yilda chop etilgan “Insonni tushunish” ilk sheʼriy kitobi bilan adabiy jamoatchilik eʼtiborini qozondi. Shundan soʻng “Holat” (1979), “Oqibat” (1980), “Koʻzgu” (1983), “Surat parchalari”, “Dars” (1985), “Ikkinchi aprel” (1987), “Baxshiyona” (1989), “Gʻaroyib ajdarho” (1990), “Uygʻonish azobi” (1991), “Gʻussa”, “Uzun tun” (1994), “Bor ekan-da, yoʻq ekan” (1995), “Kuz” (2001), “Fonus” (2007), “Yurak” (2009) kabi sheʼriy kitoblari, “Jodu” (2003) nasriy toʻplami, “Adibning umri” (2011), “Jimlik” (2012) dramatik asarlari bosildi. Shoirning “Saylanma”si (1995) hamda qator sheʼriy kitoblari adabiy jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi. “Kuz” va boshqa oʻnlab toʻplamlariga kirgan sheʼrlar, dostonlar yorqin tuygʻularga, ifodalarga boyligi, joʻshqin va jozibadorligi, goh shodon, goh mahzun ohanglari bilan kitobxon qalbidan joy egalladi.
Usmon Azim mohir tarjimon hamdir. Elyuar, Dogʻlarja, Voznesenskiy, Vatsiyetis, Marsinkyavichyus kabi oʻnlab shoirlarning ijodidan namunalarni oʻzbek tiliga oʻgirdi. Oʻz navbatida uning sheʼrlari ham fransuz, nemis, ingliz, polyak, eston, gruzin, makedon, litva, turk, tojik, rus, qozoq, qirgʻiz va boshqa tillarga tarjima qilindi. Koʻplab sheʼrlari taniqli hofiz va xonandalar tomonidan ijro etib kelinadi.
Ijodining ilk davrida radiodramaturgiyada (“Baxtli boʻlaylik”, “Hujjatli film uchun syujet”, “Bahodir va malika” pyesalari) oʻzini sinab koʻrgan shoir, keyingi yillarda drama janriga qoʻl urdi. “Kunduzsiz kechalar” (1998), “Alpomishning qaytishi” (2000), “Bir qadam yoʻl” (2002), “Oʻtgan zamon hangomalari” (2003), “Adibning umri” (2005) nomli pyesalari sahnalashtirildi. Milliy teatrimiz sahnasida qoʻyilgan “Kunduzsiz kechalar” spektakli Andijonda oʻtgan xalqaro teatr festivalida “Eng yaxshi spektakl” nominatsiyasiga sazovor boʻldi.
“Alpomishning qaytishi” asari uchun muallif 1999 yilning “Eng yaxshi dramaturgi” deb eʼtirof etildi. Shoir kino sanʼatida ham oʻz kuchini sinab koʻrmoqda. Uning ssenariylari asosida “Sevgi” (1998), ikki qismdan iborat “Alpomish” (2000) filmlari suratga olindi. “Alpomish” dostonining kinotalqini uchun muallif Buxoroda oʻtkazilgan kinofestivalda maxsus mukofotga sazovor boʻldi.
Oʻzbekiston xalq shoiri Usmon Azim yilning eng yaxshi sheʼriy asarlari nominatsiyasi boʻyicha “Ofarin” mukofotiga, Gruziyaning V. Mayakovskiy nomidagi Davlat mukofotiga (1982) sazovor boʻlgan. 1997 yilda “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlangan.

Foydalanilgan adabiyot

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.


Об Османе Азиме: жизнь, творчество, деятельность, биография, подробности

Усмон Азим родился 13 августа 1950 года в селе Газа Байсунского района Сурхандарьинской области. Учился в Ташкентском государственном университете (ныне Национальный университет Узбекистана).
Работал в Главной редакции литературно-драматического вещания Узбекского радио (1976–1988 гг.), Союза писателей Узбекистана (1988–1989 гг.), Аппарате Президента Республики Узбекистан (1991–1994 гг.), газета «Савдогар» (1995–1999). С 2003 года работает заведующим литературным отделением Узбекского национального академического драматического театра.
Осман Азим привлек внимание литературного сообщества своей первой книгой стихов «Понимание человека», опубликованной в 1979 году. Затем последовали «Государство» (1979), «Последствия» (1980), «Зеркало» (1983), «Картинки», «Урок» (1985), «Второе апреля» (1987), «Бахшиена» (1989). ), «Странный дракон» (1990), «Мучения пробуждения» (1991), «Гусса», «Долгая ночь» (1994), «Пока нет» (1995), «Осень» ( 2001), «Фонус» (2007), «Сердце» (2009), «Магия» (2003), «Жизнь писателя» (2011), «Молчание» (2012). «Избрание» поэта (1995) и ряд сборников стихов были тепло встречены литературной общественностью. Стихотворения и былины, вошедшие в «Осень» и десятки других сборников, покорили сердца читателей богатством эмоций, экспрессивности, задором и обаянием, иногда радостными, а иногда и грустными тонами.
Осман Азим также является опытным переводчиком. Он перевел на узбекский язык образцы произведений десятков поэтов, в том числе Элюара, Доглары, Вознесенского, Вациетиса, Марсинкявичюса. Его стихи переведены на французский, немецкий, английский, польский, эстонский, грузинский, македонский, литовский, турецкий, таджикский, русский, казахский, киргизский и другие языки. Многие его стихи исполняют известные хафизы и певцы.
В первые годы своей карьеры поэт пробовал себя в радиодраматургии (спектакли «Давайте будем счастливы», «Сюжет для документального фильма», «Отважный и принцесса»), а в более поздние годы вошел в жанр драмы. . Были поставлены такие пьесы, как «Ночи без дня» (1998 г.), «Возвращение Алпомиша» (2000 г.), «Путь в один шаг» (2002 г.), «Хангомалари прошлого» (2003 г.), «Жизнь писателя» (2005 г.). постановка. Спектакль «Ночи без дня», поставленный в Национальном театре, победил в номинации «Лучший спектакль» на Международном театральном фестивале в Андижане.
За «Возвращение Алпомиша» автор был назван лучшим драматургом 1999 года. Пробует свои силы поэт и в кинематографе. По его сценариям сняты двухсерийные фильмы «Любовь» (1998) и «Алпомиш» (2000). Автор получил специальный приз Бухарского кинофестиваля за экранизацию эпоса «Алпомиш».
Народный поэт Узбекистана Усмон Азим удостоен Офаринской премии за лучшее стихотворение года и Государственной премии Грузии имени В. Маяковского (1982).В 1997 году награжден орденом Дружбы.

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: