Oydin Hojiyeva haqida ma’lumot

Oydin Hojiyeva haqida ma'lumot
Telegramda o'qish

Oydin Hojiyeva haqida: hayoti, asarlari, faoliyati, tarjimai hol, batafsil ma’lumotlar

Oydin Hojiyeva 1942 yilning 22 aprelida Navoiy viloyati, Qiziltepa tumanidagi Boʻston qishlogʻida dehqon oilasida tugʻildi. Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning filologiya fakultetida tahsil oldi (1960–1965).
“Sharq yulduzi” jurnalida adabiy xodim, boʻlim mudiri (1965–1976), “Saodat” jurnalida boʻlim mudiri (1976–1985), “Gulxan” jurnali (1985–1994), “Saodat” jurnali (1994–2013), jurnal ilovasi “Gulchehralar” gazetasi bosh muharriri vazifalarida xizmat qildi.
Ilk kitobi “Shabnam” 1970 yilda dunyo yuzini koʻrdi. Shundan soʻng “Manzillar” (1971), “Men sevgan qoʻshiq” (1972), “Zarkokil qiz va quyosh” (1972), “Orzu guli” (1974), “Tarovat” (1976), “Navo” (1977), “Buvisining oʻz qizi” (1979), “Dostonlar” (1980), “Xushxabar”, “Mushfiq onajon” (1983), “Chashmalarni izlayman” (1986), “Koʻzimning oqu qorasi” (Saylanma, 1986), “Tamal toshi” (1988), “Ishonch yulduzi” (1989), “Panohim” (1998), “Nazokat” (2007), “Shom shuʼlalari” (2010), “Tong tuhfalari” (2012), rus tilida “Utrennya rosa” (1973), “Pyatnadsat pod odnoy kriʼshoy” (1974), “Javoronok” (1984), “Uryukovaya kostochka” (1985), “Osnova” (1987), qoraqalpoq tilida “Onam sevgan qoʻshiq” (1972) kabi oʻttizga yaqin sheʼriy, publitsistik maqolalar toʻplamlari, “Kelinchak”, “Hayotga taʼzim”, “Bolalik dostoni”, “Boʻztoʻrgʻay” kabi poemalari nashr etildi.
Vatanga muhabbat, maʼnaviy poklik, til bilan dil birligi, hayotning abadiy orzu-armonlari, inson matonati, xalqimizning olijanob qalbini kuylash, odamlarga munis, mehribon dardkash boʻlmoq istagi shoira ijodining bosh mavzusidir. “Istiqlolga qasida” (1992), “Elim”, “Buxoro taronasi” (1997), “Ozod soʻz yolqinlari” (2001), “Buyuk karvon”, “Tavallud taronasi” (2002), “Ziyorat” (2004) kabi doston, qasidalarida mustaqillikni ulugʻlash, istiqlolga sadoqat gʻoyalari tarannum etiladi.
Oydin Hojiyeva tarjimon sifatida Sh. Petefi, A. Mitskevich, R. Kazakova, M. Dilboziy, E. Ognetsvet, Gulruxsor, M. Abulqosimova, F. Ungarsinovalarning sheʼrlarini oʻzbek tiliga oʻgirdi. Ayni choqda oʻzining ham bir qator asarlari rus, ukrain, qozoq, qirgʻiz, tojik, belorus, fransuz, ingliz va urdu tillariga tarjima qilindi.
Oydin Hojiyeva ona va bola mavzusiga bogʻishlangan dolzarb maqolalari bilan ham tilga tushdi. “Ruhimizga yongʻin tushmasin”, “Meni iztirobga solar bu oʻylar”, “Millatning qaygʻusi nima?” kabi publitsistik maqolalarida mustaqillikka erishish ostonasida til masalalari, oʻzbek xotin-qizlarining ogʻir dala mehnati muammolarini dadil koʻtardi. Oʻzbekiston xotin-qizlar harakatini faollashtirishda, yoritishda jonbozlik koʻrsatdi. “Milliy va ijtimoiy barkamollik” jamgʻarmasiga rahbarlik qildi (1993–1995).
Oʻzbekiston xalq shoiri Oydin Hojiyeva fidokorona mehnatlari, mustaqillikni mustahkamlash borasidagi faoliyati, badiiy adabiyotimiz ravnaqi yoʻlidagi samarali xizmatlari uchun “El-yurt hurmati” (1999) ordeni bilan mukofotlangan.

Foydalanilgan adabiyot

“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.


Об Айдын Ходжиевой: жизнь, творчество, деятельность, биография, подробная информация

Айдын Ходжиева родилась 22 апреля 1942 года в селе Бостон Кызылтепинского района Навоийской области в крестьянской семье. Учился на филологическом факультете Ташкентского государственного университета (ныне Национальный университет Узбекистана) (1960-1965).
Литературный деятель, заведующая отделом (1965–1976) журнала «Шарк Йулдузи», заведующая отделом журнала «Саодат» (1976–1985), журнала «Гюльхан» (1985–1994), журнала «Саодат» (1994–2013). ), приложение к журналу Был главным редактором газеты «Гулчехралар».
Его первая книга «Шабнам» была опубликована в 1970 году. После этого им были написаны «Адреса» (1971), «Моя любимая песня» (1972), «Заркокила девушка и солнце» (1972), «Цветок мечты» (1974), «Таровать» (1976), «Наво» ( 1977 г.), «Бабушкины дочери» (1979 г.), «Былины» (1980 г.), «Благая весть», «Мушфик онажон» (1983 г.), «Ищу родники» (1986 г.), «Чернота моих глаз» (Отбор, 1986 г.), «Камень в основание» (1988 г.), «Звезда веры» (1989 г.), «Панохим» (1998 г.), «Назокат» (2007 г.), «Шам Шулалари» (2010 г.), «Тонг Тухфалари» (2012), «Утрення роза» на русском языке (1973), «Пятнадцать под одной крышей» (1974), «Яворонок» (1984), «Урюковая косточка» (1985), «Основа» (1987), «Мамина любимая песня» (1972) на каракалпакском языке, изданы сборники публицистических статей, стихотворений «Невеста», «Поклон жизни», «Эпос детства», «Бозторгай».
Главной темой творчества поэта является любовь к Родине, духовная чистота, единство языка и языка, вечная мечта жизни, человеческая стойкость, воспевание благородного сердца нашего народа, стремление быть добрым к людям. Такие эпосы, как «Истиклолга касыда» (1992 г.), «Елим», «Бухара таронаси» (1997 г.), «Озод соз йолкынлари» (2001 г.), «Буюк карвон», «Таваллуд таронаси» (2002 г.), «Зиёрат» (2004 г.). ) Стихи прославляют независимость и преданность независимости.
Айдын Ходжиева как переводчик Ш. Он перевел на узбекский язык стихи Петефи, А. Мицкевич, Р. Казаковой, М. Дильбозий, Э. Огнецвет, Гулрухсор, М. Абулкасимовой, Ф. Унгарсиновой. В то же время ряд его произведений переведен на русский, украинский, казахский, киргизский, таджикский, белорусский, французский, английский и урду.
Айдын Ходжиева также написала актуальные статьи о материнстве и детстве. «Да не будет огня в наших душах», «Эти мысли терзают меня», «В чем горе нации?» В своих статьях накануне обретения независимости она смело поднимала вопрос языка и тяжелого труда узбекских женщин на местах. Узбекистан активно активизировал и освещал женское движение. Возглавлял Фонд национального и социального согласия (1993-1995).
Народный поэт Узбекистана Айдын Ходжиева награждена орденом «Эл-юрт Хурмати» (1999 г.) за самоотверженный труд, работу по укреплению независимости, весомый вклад в развитие нашей литературы.

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: