Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag’ishlangan eng sara she’rlarni qabul qiling.
Z.M.Bobur qalamiga mansub eng go’zal she’rlarni ushbu sahifada o’qishingiz mumkin: Zahiriddin Muhammad Bobur g’azallari to’plami
Bobur tavvalludiga tadbir uyushtirayotgan bo’lsangiz ushbu sahifadagi senariylardan foydalanishingiz mumkin: Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag’ishlangan tadbir senariylari to’plami, buklet va dars ishlanmalar
Boburni eslab…
Dunyo uni dilin vayron qilsada,
Har yerdan qaqshatqich zarba bersada,
Temuriyman dedi ,qayda bo’lsada,
Boburni eslamasam ayb bo’lmasmu,
Ruhini shod aylab ko’ngil to’lmasmu.
Ashorlarin tinglab sevdim Vatanni,
Ruhi Andijonda, Hinddadur tani,
Mardlarcha ko’targan dardu-sitamni,
Boburni eslamasam ayb bo’lmasmu,
Ruhini shod etib ko’ngil to’lmasmu.
Boburnomani yozib qoldirgan meros,
Asarda qancha g’am,qancha ehtiros,
Uning shoirligi,shohligi ham rost
Boburni eslamasam, ayb bo’lmasmu,
Ruhini shod etib,ko’ngil to’lmasmu.
Ey Ziyoda ,shoirlarga havasda bo’lgin
Ular duosi bilan hurmatda yurgin,
Bugun ashor bitmasang ayb bo’ladur,
Bobur ruhin shod aylab ,ko’ngling to’ladur.
✍Chilonzor tuman 131-IDUM ning ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Mirzayeva Ziyoda
Sizga qiziq bo’lishi mumkin: Bobur kabi seving vatanni (tadbir senariysi)
Bobur bobomdan bilganlarim
(b allitratsiyasi)
Bobur bobomdan bilganlarimni bildiray bir-bir:
Bobur-bobomniyam bobolari.
Boyning bolasi bo‘laturib bolaligi baxtli bo‘lmagan betole’ bobom.
Boburning boshiga baxtu baxtsizliklar bitildi.
Begonalarga bosh bo‘lish bobomning bo‘ynida bo‘ldi.
Bobomiz boboyurtidan begona bo‘ldi.
Betakror baytlar bitdi.
«Boburnoma» — Boburning bosh bitigi.
«Boburnoma»ni bosh bolasiga bag‘ishlab bitdi.
«Boburnoma» — Boburga buyuklik berdi.
Bobur botir,bahodir,bunyodkor bo‘ldi.
Boburning bolalariyam bahodir bo‘lishdi, bunyodkor bo‘lishdi.
Boburiy bo‘lsang,botir bo‘l,bunyodkor bo‘l.
Boburday bilimli,Boburday basavlat,badavlat bo‘l.
Boburiy bo‘lsang,Boburday boshing balandda bo‘lsin!
Boburni bilmagan bola bo‘lmasin bizda!
✍ Go‘zal Raimjon qizi
Buni ham o’tkazib yubormang: Zahiriddin Muhammad Bobur ruboiylar to’plami
Zaxiriddin Muhammad Bobur tavalludiga she’r
Nazar solsang tinim bilmay jon tanidin ul oh etgay,
Vatan ishqin bilmas ersa ani elda gumroh etgay.
Zamona tan olgan va lek, dili nayson shox bo‘lsada,
O‘zga joyda panoh izlab, yurt mehridin kuloh etgay.
Magarki dol aylasa, adl qaddin ko‘ngil g‘amdin.
Olib obinovvotidin, bir tilim to‘tiyo etgay.
Kimki sog‘inch lazzatidin, baxramand bo‘lmagay hargiz,
Ulki ikki dunyo uchun kechib bo‘lmas gunoh etgay.
O‘z uyingdin boshing olib ketar bo‘lsang tingla ash’or,
Boburnoma sani doim havf-xatardan ogoh etgay.
Yor vasfiga Shohijaxon, qad aylasa Tojimaxal,
Arjumandlik istasa kim Andijonda bunyod etgay.
Bobur Afg‘on tomonlarda, Andajonin yotsa qo‘msab,
Ruxsor aning kuygularin oq qog‘ozga siyoh etgay.
✍ Guliruxsor Ummatova
Sizga yoqishi mumkin: Alisher Navoiy haqida sahna ko’rinishlari to‘plami
Mirzo Boburman
( Zahiriddin Muhammad Boburning 538 yilligiga )
Yuz oh, Vatandin , bo‘ldim mosuvo,
Tuz oh, dushmandin, ko‘rdim ko‘p jafo,
Uz oh, bu dunyo, qilmadi vafo,
O‘shal Andijonlik, Mirzo Boburman!
Yaxshilig‘lar qilib, olmadim javob,
Hatto, jigarlarim, bo‘ldilar nobop,
Kerakmas, zarrin to‘n, salla-yu, kimhob,
O‘shal Andijonlik, Mirzo Boburman!
Ilojsiz, Xindiston sari yo‘l oldim,
Boshimni tuganmas, savdoga soldim,
Ishq aro, malomat o‘tida qoldim,
O‘shal Andijonlik, Mirzo Boburman!
Bir qo‘limda qilich, birida qalam,
Ko‘zimda to‘la yosh , qalbimda alam,
Menga tatimadi, oltin-u, olam,
O‘shal Andijonlik, Mirzo Boburman!
Har kim vafo qilsa, toparkin vafo,
Jafo qilsang, agar, toparsan jafo,
Yaxshi bo‘l, ko‘rmaysen, yomonliq hargiz,
O‘shal Andijonlik, Mirzo Boburman!
Sevara Shomatova.
Z.M.Bobur tavalludiga bag’ishlanadi
Bu aziz yurtimning aziz o’g’loni, Shoirsiz, nosirsiz buyuk sarkarda.
Ohla chekib charxning jafolaridan, Ko’nglingiz shod bo’lmadi o’zga yurtlarda.
Bu turkiy dunyoni birlashtiray deb Umringiz o’tdibdi jangu-xatarda.
Ul zamondan topolmay tole’ingizni,
G’urbat g’amin to’kdingiz zebu-zabarda.
Ruhingiz qo’llasin bizlarni doim, Xalqingiz duosi har tong saharda.
BOBUR BOBOJON
Andijonning Axsisida dunyoga kelgan,
O’n bir yoshda padaridan ajralib qolgan.
Ko’p vaqt o’tmay ota taxtin jilovin olgan,
Dardlari dunyoga teng, Bobur bobojon.
*
Bolalik damlarin bir zumda o’tgan,
Bir vaqtda qilich-u, ham qalam tutgan.
Baxtdan ko’ra ko’proq, alamlar yutgan,
Dardlari dunyoga teng, Bobur bobojon.
*
O’shdagi tog’ ustiga xujra qurdirib,
Peshtoqiga islimi naqsh, gulni chizdirib.
Ilk qurdirgan imoratdan ko’nglin to’ldirib,
Dardlari dunyoga teng, Bobur bobojon.
*
Uch bora Samarqandning taxtida qolgan,
Ulug’ Navoiydan kitobot olgan.
Xalqni mehri ila izmiga solgan,
Dardlari dunyoga teng, Bobur bobojon.
*
Taqdir charxpalagi chappa aylanib,
Yovlar Sizga qasd qilmoqqa yurdi shaylanib.
Ona yurtni tark etdingiz g’amga bog’lanib,
Dardlari dunyoga teng, Bobur bobojon.
*
Afg’on yerdan o’n ikki ming qo’shinni yig’ib,
Hind yurtida yuz ming yovni tor-mor qilib.
Hindistonni o’zingizga vatan deb bilib,
Dardlari dunyoga teng, Bobur bobojon.
*
Boburnoma, Bobur xatin qoldirib bizga,
Butun jahon tahsin o’qib, tan berdi Sizga.
Oyat o’qib, baxsh etgaymiz pok ruhingizga,
Dardlari dunyoga teng, Bobur bobojon.
*
Siz bajargan ezgu ishlar bizlarga o’rnak,
Siz biz uchun qadrlisiz, o’rningiz bo’lak.
Muzaffarchun Sizdek bo’lmoq eng oliy tilak,
Dardlari dunyoga teng, Bobur bobojon,
O’zbek xalqin mard farzandi Bobur bobojon!
———————————————
🌏 TOSHKENT viloyati
PISKENT tumani
🏢 5-«UO‘T» maktabining
8-«A» sinf o‘quvchisi
👤 Xusanboyev Muzaffarbek Otabek o‘g‘lining
Zahriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligiga bag’ishlab yozgan she‘ri
📖 ✏ Til-adabiyot o‘qituvchim —
Komilova Dilorom Baxtiyorovna
Olisdagi yurtdoshim (Bobur tilidan)
Har bir so‘zim mozega bog‘liq,
Ko‘hna tarix buyuk nechog‘liq,
Gar eslasam yuragim og‘rir,
Olislarda qolgan yurtdoshim!
Yurt ishqida yonmoqda Bobur,
Vatan dardi shunchami, og‘ir,
O‘zga elda shoh, bir musofir,
Olislarda qolgan yurtdoshim!
Tarix sahifasida biror,
Iz qoldirmoq anchayin dushvor
Ammo buni ayladi qaror,
Olislarda qolgan yurtdoshim!
Abadiyat gulshani aro,
Bundaylari kamdan-kam hatto,
Kelajakka taratdi ziyo,
Olislarda qolgan yurtdoshim!
✍ Zahro Soyepova
Mirzo Bobur tavalludiga she’r
Olislarga ketgan o‘zbek o‘g‘lini,
Yolg‘on haydadimi, tuxmat quvdimi?
Qora bulutlardan yoqqan yomg‘irdek,
Ko‘zyosh yuzlarini silab, yuvdimi?..
Tovoniga botgan aslo tikonmas,
G‘iybatning urug‘i poyiga botdi
Qalqoniga tekkan o‘qlar — nishonmas.
Yomonlik nayzasin ko‘ksiga otdi.
U o‘z vatanidan yiroqlab ketdi,
Tinchroq yasholmadi, turolmadi u,
Hindning o‘lkasini ko‘p obod etdi,
Nechun vatanida yurolmadi u.
Achchiq haqiqatni kim xushlamadi,
Shirin yolg‘onlarga almashdi uni,
Tojmahal tovlanib, porlab turganda,
Begona hindlar ham talashdi uni.
O‘sha dam zor yig‘lab ketar chog‘ida,
Vatan — kelgin deya chaqirolmadi,
Uni chaqirmagan o‘sha qarg‘alar
So‘ng «bizning Bobur» deb baqirolmali.
✍Shoira To‘laganova
Bobur she’ri
Asli naslim so`rasangiz,
Men o`zbek farzandiman.
Farg`onaning bo`lagi,
Andijon farzadiman.
Amir temur bobakalonim,
Umarshayx padari buzrukvorim.
Toshkent xoni chin Yunusxonim,
Qutlug`Nigor tadbirkorim onam.
Andijonda tug`ildim, o`sdim,
Hindistonda bog`lar yaratdim,
Mussavirlar bo`lishdi do`stim
Vatan deya qalam tebratdim.
O’n ikkida shoh bo`ldim,
Sahroyu tog`lar oshdim.
Andijonu Samarqand
Yo`llarida adashdim
Goh quvondim o`rtandim.
Gohida yondim shoshdim
Men Zahiriddin Muhammad Bobur.
Bir qo`limda qalam-u
Birida qilich tutdim.
Urushdim mag`lub bo`ldim,
Yutdimu g`azal bitdim.
Yurtim deya sarg`aydim,
Bu yo`lda gado bo`ldim
Men Zahiriddin Muhammad Bobur.
Boburning avlodlarga aytgan so’zi
Ey sevimli aziz avlodim,
Bog` yaratdim hamda betakror.
Boburnoma mendanda yodgor,
Tanim qolur hind tuprog’ida.
G`azalimga kuylar bastalang
Jonim chiqar qalbimda dodim,
Ruhim uchun sokinlik tilang.
Anda jon qoldi
Andijon shahridan uchib bir yulduz,
Hindiston tojiga gavhardek qo`ndi.
Otash yuragida aylanar bir so`z,
Anda jon qoldi-ki, anda jon qoldi.
Xalqing buyuk o`g`ling, buyuk sholi o`g`ling,
Boburning qalbida bir armon qoldi.
Nolasi kuydurar to abad bag`ring,
Anda jon qoldi-ki, anda jon qoldi.
Dunyo charxpalagi tinmay aylanar,
Talato`p zamonlar o’taveradi.
Asrlar qa’ridan bir so`z ingranar,
Anda jon qoldi-ki, anda jon qoldi.
Mavzuga doir:
Z.M.Bobur haqida ma’lumot, tarjimai hol , hayoti va ijodi