O‘qituvchilarga ustamalar to‘lash tartibi tasdiqlandi. Kimlar ustama oladi?

O‘qituvchilarga ustamalar to‘lash tartibi tasdiqlandi. Kimlar ustama oladi

1 martdan dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan o‘qituvchilarga maxsus ustamalar to‘lanish tartibi tasdiqlandi.

Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi rasmiy telegram kanalida ma’lumot berildi.

Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan o‘qituvchi va pedagoglarni jalb etish to‘g‘risida Xalq ta’limi vazirining buyrug‘i imzolandi.
Xabaringiz bor, joriy yilning 11 yanvar kuni imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Olis hududlardagi byudjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriga ko‘ra, 2021 yilning 1 martidan ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar joriy qilinishi belgilangan.
Bunda:
• bir ma’muriy birlik (viloyat) doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz;
• boshqa ma’muriy birlik (viloyat)dan kelib faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz maxsus ustamalar to‘lanadi.
Shunga muvofiq, Xalq ta’limi vazirligi hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Respublikadagi ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar  ro‘yxati tasdiqlandi. Vazirlik tomonidan ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan umumta’lim maktablari bo‘sh ish o‘rinlariga (vakant dars soatlari bo‘yicha) boshqa hududlardan o‘qituvchilarni ishga qabul qilish sxemasi ishlab chiqildi. Bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ish.uzedu.uz cayti orqali tanishish mumkin.
Shuni alohida qayd etish lozimki, umumta’lim maktablarda o‘qituvchilarni ishga olish tartibi  soddalashirilib, shu vaqtga qadar o‘qituvchilarni ishga qabul qilishda tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi tomonidan amalga oshiriladigan qo‘shimcha buyurokratik tartiblar bekor qilindi hamda ishga qabul qilish maktab rahbarining vakolatiga o‘tkazildi.
Shu bilan bir qatorda, ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan umumta’lim maktablariga boshqa hududlardan ishga qabul qilish uchun bo‘sh ish o‘rinlariga ikki va undan ortiq nomzodlar talabgor sifatida hujjat topshirgan hollarda maktablardagi tanlov komissiyasi tomonidan saralab olinadi.
Eslatib o‘tamiz, hududlardan jalb qilingan o‘qituvchilarga maxsus ustamalar to‘lanish tartibi joriy o‘quv yilida amal qiladi. Joylarda o‘qituvchi-pedagoglar va jamoatchilikning takliflarini inobatga olgan holda yangi o‘quv yilidan jarayon takomillashtirib boriladi.


С 1 марта будет утвержден порядок выплаты спецпремий педагогам из других регионов.

Об этом сообщается в официальной телеграмме Министерства народного просвещения.

Подписан приказ министра народного просвещения о привлечении учителей и воспитателей из других регионов для преподавания в школах с низким уровнем образования.
Как известно, согласно Указу Президента Республики Узбекистан «О мерах по привлечению квалифицированных специалистов в бюджетные организации в отдаленных местностях», подписанному 11 января 2021 года, уровень образования с 1 марта не был высоким, 2021г. введение специальных надбавок к базовым тарифным ставкам для учителей высшей и первой категории, привлекаемых из других регионов для преподавания в школах.
Бунда:
• 50% базовых тарифных ставок для учителей из других районов и городов в пределах одной административной единицы (области);
• Учителям из других административных единиц (регионов) выплачиваются специальные надбавки в размере 100% от базовых тарифных ставок.
Соответственно, Министерство народного образования и Государственная инспекция по контролю качества образования утвердили перечень школ с низким уровнем образования в республике. Министерством разработана схема привлечения учителей из других регионов для заполнения вакантных мест в общеобразовательных школах (по вакансиям). Информацию о вакансиях можно найти на сайте ish.uzedu.uz.
Следует отметить, что порядок приема на работу учителей в общеобразовательные школы был упрощен, прием передан в полномочия директора школы.
Кроме того, два и более кандидата на вакансии из других регионов будут отобраны приемной комиссией школы для подачи заявления на работу в общеобразовательные школы с низким уровнем образования.
Следует отметить, что порядок выплаты специальных надбавок педагогам из регионов будет действовать и в текущем учебном году. Процесс будет совершенствоваться с начала нового учебного года с учетом предложений местных учителей и общественности.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: