O’zbek tilini o’rgatish takomillashtirilmoqda

O’zbek tilini o’rgatish takomillashtirilmoqda

Bugungi fan-texnika, texnologiya va boshqa sohalardagi ulkan taraqqiyot ayni hayot tarzimizni mutlaqo o’zgartirib yubordi.

Bugun ko’p hayotiy voqeliklarga, muammo va kamchiliklarga kechagi andozalar bilan yondashib bo’lmaydi, chunki har bir zamonning o’z shiddati, maromi, konseptual yondashuv tizimi bo’ladi.
Bugun mamlakatimizda hamma sohalar qatori ta’lim tizimi ham jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Bu borada Prezidentimiz va Hukumat tomonidan qator qonunlar, farmon va qarorlar, me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilmoqda.
Yoshlar ta’lim-tarbiyasi, ularni milliy tilimiz va adabiyotimizga qiziqtirish, ular qalbida milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhini shakllantirish, mamlakatimiz tarixi va tilimizni chuqur o’rganishlari, uning betakrorligi, go’zalligini his qilishlari uchun alohida izlanishlar olib borishni zamonning o’zi taqozo qilib turibdi.
Ayniqsa, Ona tili darslarini shablon metodlar asosida emas, yangicha, innovatsion usullarda tashkil etish shu soha mutaxassislari va ta’lim tizimi mutasaddilari oldidagi birlamchi vazifalardan hisoblanadi. Bu borada xalq ta’limi vazirligida kelgusida bir qator yangiliklar joriy etilishi rejalashtirilgan.
Xususan, kelajakda o’quv dasturini soddalashtirish, o’quvchilarni zerikarli ma’ruzalar, murakkab grammatik qoidalarni quruq yodlatish bilan cheklanmay, ularning so’z boyligini oshirish maqsadida, darsliklardagi grammatik qoidalarni 90 foizdan 50 foizga tushirish mo’ljallangan. Bu jarayonda tilshunoslikning fonetika, leksikologiya, morfologiya va sintaksis bo’limlariga oid ayrim mavzularni bakalavr bosqichiga ko’chirish ko’zda tutilmoqda. Chunki o’quvchiga grammatik yuklamalar, nazariy qoidalarning haddan ziyod ko’p berilishi, ularni ortiqcha darajada murakkabligi o’quvchilarni fanni chuqur o’zlashtirishlariga to’siq bo’libgina qolmasdan, qaysidir ma’noda darsdan ko’ngli sovushiga sabab bo’lmoqda. Buni ko’p yillik amaliy tajribalar va o’quvchilarimizning fanga munosabati ochiq-oydin ko’rsatib turibdi.
O’zbek tili ta’limini takomillashtirish pirovardida o’quvchi matnni o’qish, o’qiganini tushunish va tushunganini yoza olish salohiyatiga ega bo’ladi. Ona tili darslari o’qitilishining asosiy vazifasi, ustuvor mohiyati ham shunda ko’rinadi.
Mazkur jarayonda o’quv darsliklari bilan birga “O’quvchi mashq daftari” va “O’qituvchi kitobi” yaratilib, ularning amaliyoti parallel ravishda olib boriladi.
Qolaversa, Ona tili ta’limida xorijiy mamlakatlar tajribalari asosida raqamli diktantlar, audio va video materiallar, mantiqiy va fanlararo integratsiyani o’zida mujassam etgan matnlar beriladi, mashg’ulotlar so’ngida o’quvchilarning so’z boyligi, savodxonligini oshirish maqsadida PISA va PIRLS topshiriqlari kiritiladi.
Umida Muslimova
Xalq ta’limi vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini
oshirish, davlat tili to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini
ta’minlash masalalari bo’yicha maslahatchisi

Manba: Uzedu.uz


Современные достижения науки, техники и других областей полностью изменили наш образ жизни.

Ко многим реалиям, проблемам и недостаткам сегодняшнего дня нельзя подходить по вчерашним меркам, потому что каждая эпоха имеет свою интенсивность, ритм, систему понятийного подхода.
Сегодня система образования в нашей стране, как и все другие отрасли, стремительно развивается. В связи с этим Президент и Правительство разрабатывают и реализуют ряд законов, указов и постановлений, нормативных документов.
Пора воспитывать молодежь, заинтересовывать ее нашим национальным языком и литературой, формировать в ней дух уважения к нашим национальным ценностям, глубоко изучать историю и язык нашей страны, чувствовать ее неповторимость и красоту. .
В частности, организация уроков родного языка новыми, инновационными способами, а не на основе шаблонных методов, является одной из первоочередных задач специалистов в этой области и работников образования. В будущем Министерство народного образования планирует внедрить ряд нововведений в этой сфере.
В частности, планируется сократить грамматические правила в учебниках с 90% до 50%, чтобы в дальнейшем упростить учебный план, не только научить студентов скучным лекциям, сухому запоминанию сложных грамматических правил, но и увеличить их словарный запас. . При этом некоторые темы фонетики, лексикологии, морфологии и синтаксиса в лингвистике будут переведены на степень бакалавра. Это связано с тем, что грамматические перегрузки, излишние теоретические правила, их чрезмерная сложность не только мешают учащимся усвоить предмет, но и в некотором смысле вызывают у них разочарование в уроке. Многолетний практический опыт и отношение наших студентов к науке наглядно показывают это.
В результате совершенствования обучения узбекскому языку учащийся сможет читать текст, понимать прочитанное и писать то, что понимает. Это основная задача и приоритет обучения на уроках родного языка.
В процессе, наряду с учебниками, будут создаваться и параллельно отрабатываться «Рабочая тетрадь ученика» и «Книга учителя».
Кроме того, в обучении родному языку даются цифровые диктанты, аудио- и видеоматериалы, тексты с логической и межпредметной интеграцией на основе опыта зарубежных стран, в конце урока включены задания PISA и PIRLS.
Умида Муслимова
Эффективность духовно-просветительской работы министра народного просвещения
повысить соблюдение законодательства о государственном языке
консультант по поставкам

Источник: Uzedu.uz

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: