Farzandimga maktub (audio va matn shaklida)

Farzandimga maktub (audio va matn shaklida)
Telegramda o'qish

O’g’il bola tarbiyasi uchun har bir ota o’z farzandiga yozishi kerak bo’lgan maktub.

Salom farzandim. Bugun senga maktub yozmoqdaman. Ushbu maktubim orqali senga hayotimdagi xatoliklarni qaytarmasliging, erishgan yutuqlarimga mendanda tezroq erishishing, eng muhimi hayotning har qanday sinovlarida ham insonligingni saqlab qolishing uchun senga yozmoqdaman.

Sen dunyoga kelganingda mendanda baxtli inson yo‘q edi. Ilk bor o‘zing mustaqil qadam bosganingda, tilingda chuchuklanib dada so‘zini aytganingda, o‘zing mustaqil ravishda telefon raqamimni terib “qachon ishdan kelasiz” deganing kechagiday mening yodimda. O‘shanda mendanda baxtli inson yo‘q edi.

Farzandim ushbu maktubni yozishimning asosiy sabablaridan yana biri, bugungi tez o‘zgaruvchan, texnologiyalar kun sayin emas balki soniya sayin o‘zgarib borayotgan bir davrda sening kelajaging va qanday ertangi kunga tayyor bo‘lishing haqida yozmoqdaman.

Kechagi bergan savoling, ya’ni “Dada televizorda ko‘rdim, 2030 yilga borib robotlar odamlarning o‘rnini egallar ekan, 700 million inson ish o‘rinlarini robotlarga topshirar ekan. Men unda ayni 21 yoshga to‘lgan, endi universitetni tamomlagan bo‘laman ekan. Nima men ishsiz qolamanmi?” degan savoling meni kechasi bilan uxlatmay ushbu xatimni yozishga majbur qildi.

Farzandim dunyoda faqat ota-ona farzandi uchun hech ikkilanmay, bir soniya ham o‘ylamasdan jonini fido qila oladigan mavjudot hisoblanadi. Misol uchun buyuk shoh, sarkarda Bobur Mirzo shuncha farzandi va davlati bo‘lib, farzandi Humoyunning dardini Ollohdan o‘ziga so‘raydi. Ota-ona shu fazilati bilan ham balki jannat ularning oyog‘i ostidadir. Hech bir ota-ona farzandiga aslo yomonlikni ravo ko‘rmaydi, o‘zi boshidan kechirgan qiynchilikni u ham bosib o‘tishini aslo xoxlamaydi.

Farzandim 2030 yilga kelib agar sen ishsiz qolishni, ushbu texnologiyalar rivojlangan zamonda insoniyligingni yo‘qotishni xoxlamasang, ota-onangni duosini olib jannati bo‘lishni istasang ushbu nasihatlarimga amal qil.

Eng muhimi kimdir uchun yoki nima uchundir ilm olma. Ya’ni, baho uchun, men uchun yoki amal uchun. Ilm yo‘li ham ibodat kabidir. Masjidga hamma kirishi mumkin, kimdir tomosha qilishga, kimdir atrofdagilarga o‘zini ko‘rsatish uchun. Kirdingmi yurakdan Olloh uchun ibodat qilasan. U erda aldab yo‘liga bu ishni qilib bo‘lmaydi Xudo hammasini bilib turadi. Ilm ham shunday, kirdingmi bu yo‘lga chin yurakdan ibodat kabi ilm ol. Hech qachon erishgan yutig‘ing bilan cheklanib qolma. Imom Al-Buxoriy bobomiz aytganidek “Ilmdan o‘zga najot yo‘q va bo‘lmagay”.

Ikkinchi muhim maslahatim, har doim o‘z tarbiyangni ustida ishla. Buyuk olim bo‘lishing, 10 ta tilda gaplashishing mumkin, biroq tarbiyang, hulqing yaxshi bo‘lmasa, seni hech kim tan olmaydi. G‘arbdan va o‘zga millatlardan ajralib turadigan eng muhim hislatlarimizdan biri bu tarbiyadir. 20 asr boshida Abdulla Avloniy bobimiz: “Tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo soadat- yo falokat masalasidir” deb ta’kidlagan. Har doim o‘zingdan kattalarga hurmat bilan munosabatda bo‘l, kichiklarga esa izzat ko‘rsat. Maqtovdan uzoqroq yur, ya’ni u seni manmanlikka chorlaydi. O‘zingdan kuchsizlar ustidan aslo kulma. Qo‘lingdan kelsa hammaga yordam ber, yaxshilik qilish kelmadimi, yomonlik ham qilma shunda shu sening yaxshiliging bo‘ladi. Har doim o‘z nafsingni nazorat qilishni o‘rgan. Hamma tarbiyasizlik nafsingni jilovlay olmaslikdan boshlanadi. To‘yib ovqatlanma, har doim sal ochroq yur ham ovqatda, bilimda barcha narsada shunda senda yangilikka har doim ishtiyoq bo‘ladi. To‘q qorin faqat uyqu va dangasalikka chorlaydi.

Uchinchi maslahatim, jismoniy barkamol bo‘lib etishgin. Sog‘lig‘inga har doim alohida e’tibor ber. Yoshligingdan bitta passiv va bitta aktiv sport bilan shug‘ullangin. Misol passiv sportlardan ya’ni shaxmat bilan shug‘ullan. Sababi u sening aqlingni chrxlaydi, u ham hayot qonun qoyidalariga o‘xshaydi. Bitta xato qilsang, yoki xato qilishingni kutadiganlar juda ko‘p, shu zaxoti seni jazolaydi. Shaxmatda kim yutadi, kimki 4-5 besh qadam oldindan o‘ylaydigan, har bir harakatni oldindan hisoblab chiqadigan va qabul qilgan qarorini natijasi nima bilan tugashini aniq biladigan o‘yinchi g‘olib bo‘ladi. Hayot ham shunday, agar hayot qonuniyatlarini yaxshilab o‘rganib chiqib keyin o‘yinga kirishsang, kamdan kam yutqazasan. SHuningdek, hayot ham oq qora yo‘laklardan iborat, bir kuni xursandchilik, ikkinchi kuni qorong‘ulik bo‘ladi. Agar qorong‘ulikka tushganda o‘zingni yo‘qotib qo‘yib o‘rniingdan qayta tura olmasang seni ustingdan bosib o‘tishadi. Shuning uchun aytishadi “kuchli inson yutqazmagan emas, balki yiqilib yana turib kurashib va yutgan inson”. Shuningdek, albatta bitta yoshligingdan aktiv sport turini tanla, bu futbol bo‘ladimi, suzish, tennis, kurash yoki boks. Ushbu sport turlari seni qaddi qomatinga, jismonan sog‘lom bo‘lishiga javob beradi. Sen sog‘ bo‘lsang o‘zing va biliming hammaga kerak bo‘ladi.

To‘rtinchi maslahatim, albatta ovqatlanishga qattiq e’tibor qaratgin. Har hil bugungi kundagi kimyoviy moddalar qo‘shilgan ovqatlar, fast food, gazli ichimliklardan o‘zingni tiyishni o‘rgan. Yana bir bor aytaman, hech qachon to‘yib ovqatlanma, ozroq, tez tez ovqatlanishni odat qil. Meva, sabzavotlarni ko‘proq iste’mol qilgin.

Beshinchi maslahatim, har doim ozoda, toza kiynib yurgin. Soching, tirnog‘ing, oyoq kiyminga har doim e’tibor qaratgin. Doim dastro‘mol olib yur. Uydan chiqishdan oldin ko‘zguga qarashni odat qil. Hech qachon modani orqasidan quvlama, balki o‘zingga yarashgan, barchani e’tiborini tortadigan rang barang, ochiq-sochiq kiyinmagin. Shunigdek, har kuni bir hil kiyimda ham yurmagin, bitta elementni bo‘lsa ham almashtirgin. Insonlar kiyimingga qarab kutib olishadi va aqlingga qarab kuzatib qo‘yishadi.

Oltinchi maslahatim, har kuni ozgina bo‘lsa ham badiiy kitob o‘qishni odatlaringa kiritgin. Sababi yunonistonlik faylasuf Dekart aytganidek “Cogito ergo sum” ya’ni “men fikrlayapman, demak mavjudman”. Shunday ekan, badiy kitob seni fikrlashingni, dunyoqarashingni kengaytirishga, har bir muammoga o‘zgacha yondoshuv bilan qarashga javob beradi. Shuning uchun ham har kuni nimadir o‘qi va albatta menga aytib bergin. Men esa ishdan charchab kelishimga qaramay, ishxonadagi muammolar ko‘pligini inobatga olmay yoki aynan bugun rahbariyatdan qattiq gap eshitib asabim buzilganini bir chetga surib seni diqqatlik bilan eshitaman. Sabbi senga bugun e’tibor bermasam, ming hil bahona qilib senga vaqt ajratmasam, ertaga vaqtim bo‘ladi, pulim bo‘ladi, nafaqaga chiqib hech kimga kerak bo‘lmay qolganimda, kimdir meni gaplarimni eshitishni xoxlaganimda sen yonimda bo‘lasan sababi bu qaytar dunyo agar senga bugun vaqt va e’tibor qaratsam ertaga sen menga shularni qaytarasan.

Navbatdagi maslahatim, farzandim agar ertaga sening o‘rningni robotlar egalashini xoxlamasang, albatta yoshlikdan san’atga mehr qo‘ygin. Farqi yo‘q musiqa asbobini chalishgami (skripka, pianino, rubobmi), teatr studiyasida aktyorlik to‘garagiga borasanmi, rassomchilikmi albatta kerak. Bu senga ijodkorlikni, kreativlikni, fikrlashda qonuniyatni buzib yangilik kiritishga o‘rgatadi. Robotlar esa hech qachon bu ishlarni qila olmaydi. SHu ko‘nikmalaring bilan sen robotlarga yangi ish topib berasan.

Shuningdek, farzandim til o‘rgan. Avval o‘z ona tilingni mukammal o‘rgangin. O‘z tilingdan so‘ng maktab davridayoq rus va ingliz tilini to‘liq o‘zlashtirib olgin. Sababi dunyodagi adabiyotlarning va internetdagi ma’lumotlarning qariyb 70 foizi shu tillardadir. 21 yoshingda ushbu tillarni o‘rganganingdan so‘ng yangi bironta til o‘rgan (xitoy, nemis, fransuz yoki koreys tilini). Bu seni mukammal bo‘lishinga va xotirangni yaxshilashga xizmat qiladi.

Nihoyat oxirgi maslahatim hayotingda biror jiddiy qaror qabul qilishdan oldin yetmish marta o‘ylagin, oqibati nima bilan tugashini bilgin va albatta ushbu qaror oilang, ota onang sha’niga zarar etkazmasligiga ishonching komil bo‘lgandan so‘ng qaror qabul qil va ijrosini oxirigacha etkaz. Hayotda o‘z prinsiplaringni ishlab chiq va ularga amal qil. Ichkilik va tamakidan, vaqtinchalik obro‘dan, bema’ni ziyofatlardan va sinalmagan do‘stlardan yiroq yur.

Farzandim ushbu maslahatlarga amal qilsang seni buyuk kelajak kutmoqda. Vataninga xizmat qilish bu sharafdir. Har bir qilgan ishingdan xalqing rozi bo‘lsa va otangga raxmat degan so‘z aytsa barcha bergan tarbiyamga rozi bo‘laman. Bir faylasuf aytgan ekan “Bu dunyoda eng baxtli ota kim deb savol berishganda, javob berishipti, farzandiga bergan tarbiyani nabirasida ko‘rgan otadir”. Men ham shunday baxtli ota bo‘lishni istayman. Ushbu maktubdagi maslahatlarimga amal qilib kelajakda o‘z farzandinga o‘qib bersang demak men to‘g‘ri yo‘l tanlagan bo‘alaman. Seni doim jonidan ortiq ko‘radigan va har soniyada seni kamolingni o‘ylaydigan Padari buzurukvoring Otang*.

Muallif sifatida o‘z ismingizni qo‘yishingiz va farzandingizga yo‘llashingiz mukmin. Kelinglar birgalikda yurtimizga KOMIL insonlarni tarbiyalab beraylik!!!

 

Otabek Xasanov, siyosiy fanlar doktori (PhD)

Manba: @liderlar

 


Письмо, которое каждый отец должен написать своему ребенку для воспитания сына.

Привет, мой ребенок. Я пишу вам сегодня. Я пишу вам через это письмо, чтобы вы не повторяли ошибок моей жизни, чтобы вы быстрее меня добивались моих достижений, а главное, чтобы вы сохраняли свою человечность во всех жизненных испытаниях.
Когда ты родился, не было никого счастливее меня. Помню, как ты первый раз сделал самостоятельный шаг, когда ты произнес на языке слово «папа», ты самостоятельно набрал мой номер телефона и сказал «когда ты придешь домой с работы». Я тогда не был счастливым человеком.
Дитя мое, одна из главных причин, по которой я пишу это письмо, заключается в том, что я пишу о твоем будущем и о том, как ты готовишься к завтрашнему дню в сегодняшнем быстро меняющемся, меняющемся технологиями мире не каждый день, а каждую секунду.
Вчера ты задал вопрос: «Папа, я видел по телевизору, что к 2030 году роботы заменят людей, и 700 миллионов человек передадут работу роботам. Мне исполнился 21 год, и я закончил университет. Я останусь без работы?» Ваш вопрос заставил меня написать это письмо, не засыпая всю ночь.
Мой ребенок — единственный родитель в мире, который может пожертвовать своей жизнью ради своего ребенка без колебаний и раздумий. Например, у великого царя, полководца Бабура Мирзы было столько детей и состояния, что он просил у Аллаха боли своего сына Хумаюна. Даже с таким родительским качеством, возможно, рай находится у них под ногами. Ни один родитель не хочет, чтобы его ребенку причиняли вред, и он не хочет, чтобы его ребенок прошел через такое же испытание.
Дитя мое, к 2030 году, если ты не хочешь потерять работу, потерять свою человечность в наш век технологий, следуй моему совету, если хочешь быть раем с благословения родителей.
Самое главное – это знания для кого-то или чего-то. То есть для оценки, для меня или для применения. Путь знания также подобен молитве. Каждый может войти в мечеть, кто-то посмотреть, кто-то показать себя окружающим. Вы входите и молитесь Аллаху от сердца. Нет никакого способа сделать это обманным путем, Бог знает все это. Так же и знание, вступили ли вы на этот путь и принимаете знание как искреннюю молитву. Никогда не ограничивайте себя тем, чего вы достигли. Как сказал имам Аль-Бухари: «Нет спасения, кроме как через знание».
Второй важный совет — всегда работайте над своим воспитанием. Ты можешь быть великим ученым, ты можешь говорить на 10 языках, но если ты не воспитан, тебя никто не узнает. Одна из важнейших характеристик, которая отличает нас от Запада и других народов, — это воспитание. В начале 20-го века наш глава Абдулла Авлони сказал: «Образование для нас является вопросом жизни или смерти, спасения или разрушения, счастья или бедствия». Всегда относитесь к старшим с уважением и к младшим с уважением. Держитесь подальше от похвалы, то есть она призывает вас к высокомерию. Никогда не смейтесь над теми, кто слабее вас. Помогайте всем, если можете, хотите ли вы делать добро или нет, тогда это будет вашим благом. Всегда учитесь контролировать свое эго. Все начинается с неспособности контролировать свое эго. Не переедайте, всегда будьте немного голодны, ешьте, все знаете, чтобы у вас всегда была страсть к инновациям. Полный желудок требует только сна и лени.
Мой третий совет — расти физически. Всегда уделяйте особое внимание своему здоровью. Практикуйте один пассивный и один активный вид спорта с раннего возраста. Примером могут служить пассивные виды спорта, т.е. шахматы. Поскольку это обостряет ваш ум, это также похоже на правила закона жизни. Если вы совершите одну ошибку, или их слишком много ждут, чтобы совершить ошибку, она немедленно накажет вас. В шахматах побеждает тот игрок, который думает на 4-5 пяти шагов вперед, просчитывает каждый ход наперед и точно знает, каким будет исход его решения. Такова жизнь, если досконально изучить законы жизни, а потом войти в игру, то редко проигрываешь. Жизнь тоже состоит из белых и черных коридоров, один день будет радость, другой день будет тьма. Если вы заблудитесь в темноте и не сможете встать, на вас наступят. Вот почему говорят, что «сильный человек не проигрывает, а падает, снова борется и побеждает». Также обязательно выбирайте активный вид спорта с юных лет, будь то футбол, плавание, теннис, борьба или бокс. Эти виды спорта отвечают за поддержание вашей физической формы. Если вы здоровы, вы и ваши знания нужны всем.
Мой четвертый совет — обязательно обратите пристальное внимание на питание. Научитесь сегодня воздерживаться от продуктов, фаст-фуда и газированных напитков, содержащих различные химические вещества. Еще раз, никогда не переедайте, привыкайте есть меньше, фаст-фуд. Ешьте больше фруктов и овощей.
Мой пятый совет — всегда одеваться опрятно и чисто. Всегда обращайте внимание на свои волосы, ногти, обувь. Всегда носите с собой носовой платок. Возьмите за привычку смотреться в зеркало перед выходом из дома. Никогда не гонитесь за модой, носите яркое открытое полотенце, которое вам идет и привлекает всеобщее внимание. Также не носите одну и ту же одежду каждый день, меняйте хотя бы одну вещь. Люди будут приветствовать вас в соответствии с вашей одеждой и следовать за вами в соответствии с вашими мыслями.
Мой шестой совет — возьмите за привычку каждый день читать хотя бы небольшую книжку по искусству. Потому что, как сказал греческий философ Декарт, «Cogito ergo sum» означает «я мыслю, я существую». Поэтому артбук — это ответ на то, чтобы вы расширили свое мышление, свое мировоззрение, посмотрели на каждую проблему с разным подходом. Так что читайте что-нибудь каждый день и, конечно, рассказывайте мне. И слушаю вас внимательно, несмотря на то, что устала от работы, не обращая внимания на то, что в офисе много проблем, или просто сегодня меня огорчили резкие слова руководства. Потому что, если я сегодня не обращу на тебя внимания, если не найду для тебя времени тысячей отговорок, завтра у меня будет время, у меня будут деньги, когда я выйду на пенсию и никому не буду нужен, когда кто-то захочет послушай меня, ты будешь со мной, потому что это задний мир, если я уделю тебе время и внимание сегодня, ты отдашь их мне завтра.
Мой следующий совет, дитя мое, заключается в том, что если ты не хочешь, чтобы роботы завтра заняли твое место, обязательно полюби искусство с юных лет. Неважно, играете ли вы на музыкальном инструменте (скрипка, фортепиано, рубаб), ходите в актерский кружок в театральной студии или являетесь художником. Он учит вас быть креативным, вводить новшества, нарушать закон в мышлении. И роботы никогда не смогут этого сделать. Обладая этими навыками, вы можете помочь роботам найти новую работу.
Мой ребенок тоже выучил язык. Сначала выучите в совершенстве свой родной язык. После родного языка осваивайте русский и английский в школе. Это связано с тем, что около 70 процентов мировой литературы и информации в Интернете написано на этих языках. После изучения этих языков в возрасте 21 года вы изучаете новый язык (китайский, немецкий, французский или корейский). Это поможет вам быть совершенным и улучшить вашу память.
Наконец, мой последний совет: семьдесят раз подумай, прежде чем принимать серьезное решение в своей жизни, узнай, каким будет результат, и, конечно, принимай это решение, когда будешь уверен, что оно не заденет честь и достоинство твоей семьи. Выработайте собственные принципы в жизни и следуйте им. Держитесь подальше от алкоголя и табака, временного престижа, нелепых банкетов и непроверенных друзей.
Дитя мое, если ты будешь следовать этим советам, тебя ждет великое будущее. Это честь служить своей стране. Если твои люди согласятся со всем, что ты делаешь, и скажут спасибо твоему отцу, я соглашусь со всем своим воспитанием. Как выразился один философ, «на вопрос, кто самый счастливый отец в мире, они ответили, что это тот отец, который видел воспитание своего внука». Я тоже хочу быть таким счастливым отцом. Если вы последуете советам этого письма и в дальнейшем прочитаете его своему ребенку, значит, я выбрал верный путь. Твой испорченный Отец, который всегда нежно любит тебя и каждую секунду думает о твоем совершенстве.
• Вы можете указать свое имя в качестве автора и передать его своему ребенку. Давайте вместе растить ИДЕАЛЬНЫХ людей в нашей стране!!!

Отабек Хасанов, доктор политических наук (PhD)
Источник: @leaders

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Fikr bildirish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: