Maktablar reytingi bo’yicha barcha savollarga javoblar

Maktablar reytingi bo’yicha barcha savollarga javoblar

Maktablar reytingi nima va qanday tashkil etiladi? Barchasiga oydinlik kiritamiz.

Mazkur savol-javoblar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ma’lumotlari asosida tayyorlandi.
Istalgan savolga bosganingizda javobi paydo bo’ladi.

Maktablar reytingining maqsad va vazifalari nima?

Umumta’lim muassasalari faoliyati samaradorligini baholash orqali Respublikamiz umumiy o’rta ta’lim tizimida sog’lom raqobat muhitini paydo qilishga qaratilgan. Reyting orqali umumiy o’rta ta’lim muassalari faoliyati samaradorligiga baho beriladi, ta’lim sifatini monitoring va nazorat qilish ta’minlanadi.

Maktablar reytingi bizga nima beradi?

Reyting baholash tizimi ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini xalqaro andozalarga yaqinlashtirishga xizmat qiladi. Maktablar faoliyati samaradorligini reyting baholash tizimini joriy qilishdan asosiy maqsad PISA, TIMSS va PIRLS xalqaro o’quvchilar bilimini baholash dasturlari darajasiga olib chiqishda ta’lim muassasalariga ko’maklashishdir.Umumta’lim muassasalari faoliyati samaradorligini reyting baholash, kelgusida xalqaro maydonda, O’zbekiston Respublikasining PISA-2021 xalqaro baholash dasturiga tayyorgarlik jarayoniga ham xizmat qiladi.

Maktablar reytingi ta’lim sifatiga qanday ta’sir ko’rsatadi?

Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan umumta’lim maktablari faoliyatini milliy reyting baholash tizimi orqali monitoring qilib borish o’z-o’zidan maktablarda ta’lim sifatini oshirilishiga, o’quvchilarning sifatli bilim olishiga, o’qituvchilarning sifatli ta’lim berishiga, o’quvchilardan olinayotgan ananim so’rovnomalar orqali o’qituvchilarning bilimiga baho berish imkoniyati yaratiladi.

Maktablar reytingi aniqlanayotgan davrda ota-onalardan so’rovnomalar olish ko’zda tutilganmi?

Har yili milliy reyting baholash tizimiga jalb qilingan umumta’lim maktablarida o’quvchilarning ota-onalaridan maktab faoliyatini baholash, rivojlantirish, o’qituvchilarning bilim saviyasini aniqlash va oshirish hamda o’quvchilar bilim olishi uchun yaratilgan sharoitlarni aniqlash maqsadida kelgusi yildan boshlab ijtimiy so’rovnomalar o’tkazish ko’zda tutilgan.

Reyting bo’yicha xorij tajribasi nimani ko’rsatadi?

Umumta’lim maktablarining reyting baholash tizimida xorij tajribasi haqida fikr yuritadigan bo’lsak, maktablar faoliyatini rivojlantirish uchun xorijiy investisiyalarni jalb qilinishi, o’quvchilarning respublika va xalqaro fan olimpiadalari hamda nufuzli tanlovlarda ishtirok etish salmog’ini oshirish, shuningdek mamlakatmiz umumta’lim maktablarining jahonda o’z o’rniga ega bo’lishiga va mavqeini oshirishga zamin yaratadi. Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, umumta’lim maktablarining reyting baholash tizimida yuqori o’rinni egallashi uchun o’quvchilarning bilimi va o’qituvchilarning erishgan yutuqlari asosiy o’rinni egallaydi. Bizda umumta’lim maktablari o’qituvchilari ko’p vaqtlarini tashkiliy ishlarga sarflayotganliklari bois o’quvchilar bilan shug’ullanishga deyarli vaqt topa olishmayabdi. Xorij tajribasiga nazar tashlaydigan bo’lsak, umumta’lim maktablari o’qituvchilari asosan o’quvchilarga bilim berish bilan shug’ullanib, ularni xalqaro fan olimpiadalari va ko’rik tanlovlarga olib chiqish, maqolalar yozish, darsliklar, o’quv qo’llanmalar, monografiyalar nashr qilish bilan shug’ullanadilar.

O’zbekistonda reyting masalasi qanday yo’lga qo’yilgan?

O’zbekiston Respublikasida umumta’lim maktablarining reyting baholash tizimi 2018 yil 5 sentyabrdagi “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-5538-son Prezident Farmoni asosida yo’lga qo’yilgan.

Birinchi bor maktab reytingi tajriba-sinov tariqasida tashkil etilgan milliy reyting tizimi qanday ishlab chiqilgan?

Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan umumta’lim maktablari uchun joriy yilda birinchi marta tajriba-sinov tariqasida milliy reyting tizimi ishlab chiqildi. Ushbu reyting 2018 yil 5 sentyabrdagi “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-5538 son Prezident Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek ilg’or xorij tajribasini o’rganish, sohada faoliyat yuritayotgan mutasaddi xodimlar va ekspertlarning fikr-mulohazalari asosida milliy reyting baholash tizimi indikatorlari ishlab chiqildi

Qaysi davlatlar tajribasi tahlil qilingan?

Umumta’lim maktablari reyting baholash tizimini ishlab chiqishda rivojlangan davlatlardan Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, AQSH, YAponiya va Janubiy Koreya kabi davlatlarining tajribasi o’rganilib, reyting indikatorlari tahlil qilinib amaliyotga joriy qilindi.

Reyting ma’lumotlarini yig’ish mexanizmi qanday?

Umumta’lim maktablari reyting baholash tizimiga jalb qilingan maktablarning 9-sinf o’quvchilaridan diktant va matematikadan yozma ish o’tkaziladi. Reytingning boshqa indikatorlariga tegishli bo’lgan ko’rsatkichlar Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hodimlari va inspeksiyaning hududiy bo’lim hodimlari orqali yig’iladi va Davlat inspeksiyasiga taqdim etiladi.

Ma’lumotlar qanday va kimlardan olinadi?

Umumta’lim maktablarining reyting baholash tizimiga oid bo’lgan ma’lumotlar haqida gapiradigan bo’lsak, bitiruvchilarning umumta’lim fanlari bo’yicha tayyorgarligi va ta’lim sifati darajasi ko’rsatkichi, umumta’lim muassasasi 9-sinf o’quvchilarining bilim darajasi ko’rsatkichi, umumta’lim muassasasining oliy va birinchi toifali pedagog hodimlari ulushi, umumta’lim muassasasining o’quvchilari va pedagog jamoasi o’rtasida o’tkazilgan so’rovnoma natijalari haqidagi ma’lumotlardan iborat va ushbu ma’lumotlar maktab jamoasidan olinadi.

Milliy reytingni baholash metodikasi nimalardan iborat?

Umumta’lim maktablarida milliy reyting baholash tizmi metodikasi quyidagilardan iborat: bitiruvchilarning umumta’lim fanlari bo’yicha tayyorgarligi va ta’lim sifati darajasi ko’rsatkichi, umumta’lim muassasasi 9-sinf o’quvchilari bilim darajasi ko’rsatkichi, umumta’lim muassasasining oliy va birinchi toifali pedagog hodimlari ulushi ko’rsatkichi, umumta’lim muasasasining o’quvchilari va pedagogik jamoasi o’rtasida o’tkazilgan so’rovnoma natijalari kabi ko’rsatkichlaridan iborat.

Mamlakatimizdagi hususiy maktablar reytingga nega qo’shilmagan?

Mamlakatimizda xususiy maktablarni rivojlantirish to’liq yo’lga qo’yilmaganligi, xususiy maktablar salmog’ining kamligi hamda mavjud xususiy maktablarda 9-sinf o’quvchilarning barchasida ham mavjud bo’lmaganligi bois milliy reyting baholash tizimiga jalb qilinmagan.

Kelajakda ularni ham baholash ko’zda tutilganmi?

Mamlakatmizda xususiy maktablar ochishni yo’lga qo’yish va litsenziya berish, xususiy makatblar faoliyatini muntazam ravishda monitoring qilib borish Davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. Kelajakda xususiy maktablar salmog’ining ortishi, respublikamizda ta’lim xizmatlari ko’rsatilishini rivojlantirish va ta’lim sohasida sog’lom raqobat muhitini yaratish uchun kelgusida reyting baholash tizimiga xususiy maktablar jalb qilinadi.

Reyting bo’yicha natijalar qaerda va qanday ko’rinishda e’lon qilinadi?

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan umumta’lim muassasalari faoliyati samaradorligi bo’yicha reyting natijalari ommaviy axborot vositalarida va Davlat inspeksiyasining veb-saytida keying o’quv yili boshlanishidan kechiktirilmay e’lon qilinadi.

Qaysi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilingan?

Umumta’lim maktablari reyting baholash tizimini ishlab chiqishda jahon banki, PISA, TIMSS va PIRLS kabi xalqaro agentliklar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik yo’lga qo’yilib, Davlat inspeksiyasida qator uchrashuvlar o’tkazilgan.

Reyting nima uchun faqat 10% maktablardan olindi?

Joriy yilda mamlakatimizda umumta’lim maktablarini reyting tizimi orqali baholash birinchi marta yo’lga qo’yildi. Mamlakatmizda faoliyat yuritayotgan maktablar soni 10 mingdan ortiqligi va ularni to’liq qamrab olish imkoniyati mavjud bo’lmaganligi hamda bu yilgi maktablar tajriba-sinov tariqasida o’tkazilganligi sababli Xalq ta’limi vazirligi bilan kelishgan holda va hududlarni o’zlari tanlovi asosida 10 foiz maktablar reyting baholash tizimiga jalb qilindi.

Nima maqsadda o’qituvchilar toifalari reytingga kiritildi?

Mamlakatimizda pedagog-kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va respublikamiz xalq ta’limi tizimida ilmiy salohiyatni oshirish, umumta’lim maktablarida toifali o’qituvchilar salmog’ini oshirish maqsadida reyting baholash tizimiga faqat toifali o’qituvchilar kiritilgan.

Reytingga tanlangan toifalar faqatgina oliy va birinchi toifalar bo’ldi, nima uchun 2-toifa hisoblanmadi?

Umumta’lim maktablarida oliy va birinchi toifa sertefikatlarini olish ancha vaqt va mehnat talab qiladi. Oliy va birinchi toifa sertefikatini olish uchun o’qituvchilar Davlat inspeksiyasi tomonidan o’tkazildigan test sinovlaridan o’tishlari kerak bo’ladi. Ikkinchi toifa haqida gapiradigan bo’lsak, o’qituvchilarning ish staji va suhbat natijalari asosida o’tkazilib, unchalik bilim talab qilinmaydi. SHuning uchun umumta’lim maktablarida o’qituvchilar salohiyatini oshirish va sifatli bilim berish tizimini takomillashtirish uchun ikkinchi toifa inobatga olinmagan.

Nima uchun faqat 9-sinf o’quvchilari reytinga tanlandi?

Umumta’lim maktablarini reyting baholash tizimida o’quvchilarning bilimiga alohida urg’u beriladi. Hozirgi kunda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan umumta’lim maktablarining 9-sinf o’quvchilari reyting baholash tizimiga jalb qilingan.

Reytingni baholashda qaysi fanlar tanlangan?

Reyting baholash tizimi uchun ikkita fandan nazorat ishlari o’tkaziladi, ya’ni ona tilidan diktant va matematikadan yozma ish.

Nima sababdan reytingni aniqlashda matematikadan yozma ish olindi test emas ?

Umumta’lim maktablari reyting baholash tizimida matematikadan yozma ish olindi. Buning sababi O’zbekiston Respublikasi maktab o’quvchilari 2021 yilda PISA-2021 xalqaro baholash dasturida qatnashadi. PISA xalqaro baholash dasturida asosan o’quvchilardan test emas balki yozma ish olinadi. PISA-2021 xalqaro baholash dasturiga munosib ravishda tayyorgarlik ko’rish, xalqaro tajribadan kelib chiqan holda va Vatanimiz mavqeini xalqaro maydonlarda bundanda ko’tarish maqsadida matematika fanidan test emas yozma ish o’tkazildi.

Reytingda 9-sinf o’quvchilaridan ona tilidan diktant olinishidan maqsad nima ?<br /> Nima uchun insho yoki bayon emas ?

Umumta’lim maktablari reyting baholash tizimida ona tilidan diktant olindi. Buning asosiy maqsadi o’quvchilarda yozish ko’nikmasini oshirish, o’quvchilarning husnixat va eshitish qobiliyatlarini shakllantirilishida asosiy mezon bo’lib xizmat qiladi.

O’qituvchilardan ijtimoiy so’rovnoma o’tkazishdan maqsad nima?

O’qituvchilardan ijtimoiy so’rovnoma o’tkazishning asosiy maqsadi o’qituvchilar uchun umumta’lim maktablarida yaratilgan sharoitlar, maktab direktorlarining boshqaruv qobiliyatini baholash va so’rovnoma natijalari asosida o’qituvchilar faoliyatiga to’sqinlik qilayotgan ayrim muammolarga barham berib yordam berishdan iborat.

O’quvchilardan ijtimoiy so’rovnoma o’tkazishdan maqsad nima ?

Reyting baholash tizimiga jalb qilingan umumta’lim maktablari o’quvchilaridan anonim so’rovnoma o’tkazildi. Buning asosiy maqsadi o’qituvchilarning o’quvchilarga bilim berish darajasini aniqlash, o’quvchilarning o’qituvchilar faoliyati haqidagi fikrlarini o’rganish, o’quvchilarga ta’lim olish uchun yaratilgan sharoitlarni tahlil qilish va o’quvchilarning sifatli bilim olishlari uchun to’sqinlik qilayotgan muammolarni o’rganib bartaraf qilishdan iborat.

Bitiruvchi 11-sinf o’quvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirish ulushi ta’lim sifatiga qanday ta’sir o’tkazadi?

Reyting baholash tizimiga jalb qilingan umumta’lim maktablari bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish ulushi muhim ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Bu ko’rsatkichni hisoblashdan asosiy maqsad bitiruvchi o’quvchilari maktabni tamomlab oliy o’quv yurtlariga hujjat topshirgan va talaba bo’lish bahtiga muyassar bo’lgan o’quvchilar soni qaysi maktabda ko’p ekanligini aniqlashdan iborat. Reytingda yuqori o’rinni egallash uchun qolgan maktablar o’rtasida sog’lom raqobat muhitini yaratish hamda maktab o’quvchilarini oliy ta’lim muassasalariga kirish salmog’ini oshirish maqsadida o’ituvchilarning sifatli ta’lim berishini ta’minlashdan iborat. Bularning barchasi umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini oshirilishiga olib keladi.


Что такое рейтинг школ и как он организован? Мы все разъясним.

Эти вопросы и ответы подготовлены на основании данных Государственной инспекции по контролю качества образования при Кабинете Министров Республики Узбекистан.
При нажатии на нужный вопрос появится ответ.
Каковы цели и задачи школьного рейтинга?
Он направлен на создание здоровой конкурентной среды в системе общего среднего образования республики путем оценки эффективности общеобразовательных учреждений. Рейтинг оценивает эффективность общего среднего образования, отслеживает и контролирует качество образования.

Что нам дают школьные рейтинги?
Рейтинговая система служит для приближения качества образования в образовательных учреждениях к международным стандартам. Основной целью внедрения рейтинговой системы оценки успеваемости школ является содействие образовательным учреждениям в доведении PISA, TIMSS и PIRLS до уровня международных программ оценивания учащихся, а также подготовка к международной программе оценивания PISA-2021.

Как рейтинги школ влияют на качество образования?
Мониторинг деятельности общеобразовательных школ страны через национальную рейтинговую систему направлен на повышение качества образования в школах, качества обучения учащихся, качества учителей, анонимные опросы дадут возможность оценить знания учителей.

Планируется ли получение анкет от родителей в период определения рейтинга школ?
Со следующего года будут проводиться общественные опросы родителей учащихся общеобразовательных школ, которые ежегодно участвуют в национальной рейтинговой системе, с целью оценки и развития успеваемости в школе, выявления и повышения уровня знаний учителей и определения условий для обучения студентов.предусмотрен трансфер.

Что показывает зарубежный опыт в рейтинге?
Если рассматривать зарубежный опыт рейтинговой системы общеобразовательных школ, то для развития школ необходимо привлекать иностранные инвестиции, увеличивать долю учащихся в национальных и международных научных олимпиадах и престижных олимпиадах, а также общеобразовательных школах страны в мир, он закладывает основу для того, чтобы занять свое место и укрепить свое положение. Мировой опыт показывает, что ключевую роль в рейтинге общеобразовательных школ играют знания учащихся и достижения учителей. У нас почти нет времени заниматься со студентами, потому что учителя средней школы много времени тратят на организационную работу. Если говорить о зарубежном опыте, учителя общеобразовательных школ в основном занимаются обучением учащихся, вывозом их на международные научные олимпиады и конкурсы, написанием статей, учебников, учебных пособий, изданием монографий.

Как вопрос рейтинга регулируется в Узбекистане?
Рейтинговая система общеобразовательных школ Республики Узбекистан основана на Указе Президента № ПФ-5538 от 5 сентября 2018 года «О дополнительных мерах по совершенствованию системы управления народным образованием».

Как разрабатывалась национальная рейтинговая система, которая впервые была создана в качестве экспериментального рейтингового эксперимента в школах?
В этом году впервые в качестве пилотного проекта для общеобразовательных школ нашей страны была разработана национальная рейтинговая система. Данный рейтинг обеспечивает реализацию Указа Президента № ПФ-5538 от 5 сентября 2018 года «О дополнительных мерах по совершенствованию системы управления народным образованием», а также изучение передового зарубежного опыта, основанного на мнении должностных лиц и специалисты, работающие в сфере, разработали показатели национальной рейтинговой системы

Опыт каких стран был проанализирован?
Изучен опыт развитых стран, таких как Российская Федерация, Украина, США, Япония и Южная Корея, в разработке рейтинговой системы общеобразовательных школ, проанализированы рейтинговые показатели и применены на практике.

Каков механизм сбора рейтинговых данных?
Диктант и письменная работа по диктанту и математике будут проводиться учащимися 9-х классов общеобразовательных школ, участвующих в рейтинговой системе. Показатели, относящиеся к другим показателям рейтинга, собираются сотрудниками Государственной инспекции по контролю качества образования и сотрудниками территориального отдела Инспекции и представляются в Государственную инспекцию.

Как и от кого получают информацию?
Если говорить о данных, относящихся к рейтинговой системе общеобразовательных школ, показателе уровня подготовки и качества образования выпускников по общеобразовательным предметам, уровне знаний учащихся 9-х классов общеобразовательных школ, доле высших и педагогический коллектив общеобразовательной школы первой категории, результаты опроса, проведенного среди учащихся и педагогического коллектива общеобразовательной школы, и данные сведения получены от школьного сообщества.

Какова методика оценки национального рейтинга?
Методика национальной рейтинговой системы в общеобразовательных школах состоит из: показателей уровня подготовки и качества образования выпускников по общеобразовательным предметам, показателей уровня знаний учащихся 9-х классов общеобразовательных учреждений, общеобразовательных показателей доля педагогических работников высшей и первой категории учреждения, результаты опроса, проведенного среди учащихся и педагогического коллектива общеобразовательной школы.

Почему частные школы нашей страны не вошли в рейтинг?
Из-за неполного развития частных школ в стране, низкой доли частных школ и того, что не все ученики 9-х классов доступны в существующих частных школах, они не включены в национальную рейтинговую систему.

Есть ли планы оценить их в будущем?
Создание и лицензирование частных школ в стране, регулярный контроль за деятельностью частных школ осуществляет Государственная инспекция. В целях увеличения доли частных школ в будущем, развития предоставления образовательных услуг в стране и создания здоровой конкурентной среды в сфере образования, в дальнейшем частные школы будут привлекаться к рейтинговой системе.

Где и в какой форме будут оглашены результаты рейтинга?
Результаты рейтинга эффективности общеобразовательных учреждений Государственной инспекцией по контролю качества образования при Кабинете Министров Республики Узбекистан будут опубликованы в средствах массовой информации и на сайте Государственной инспекции не позднее начала следующего учебного года.

С какими международными организациями вы сотрудничали?
Налажено сотрудничество с международными агентствами и организациями, такими как Всемирный банк, PISA, TIMSS и PIRLS в разработке рейтинговой системы общеобразовательных школ, проведен ряд встреч в Государственной инспекции.

Почему рейтинг был взят только у 10% школ?
В этом году впервые в нашей стране введена оценка общеобразовательных школ через рейтинговую систему. В связи с тем, что количество школ, действующих в стране, составляет более 10 тысяч и охватить их полностью не представляется возможным, а в этом году школы проводились в пилотном порядке, по согласованию с Министерством народного просвещения и по их по собственному выбору, в рейтинговой системе участвовало 10% школ.

С какой целью были включены категории учителей в рейтинг?
В целях совершенствования системы подготовки учителей в стране и повышения научного потенциала системы народного образования страны, увеличения доли учителей общеобразовательных школ в рейтинговую систему включены учителя только категории.

Категории, выбранные для ранжирования, были только высшими и первыми категориями, почему не учитывалась 2-я категория?
Получение аттестатов высшего и первого классов в общеобразовательных школах требует много времени и усилий. Для получения аттестата высшей и первой категории учителям предстоит пройти тестирование, проводимое Государственной инспекцией. Что касается второй категории, то она основывается на опыте работы учителей и результатах собеседований, и знаний требуется немного. Поэтому вторая категория не учитывается в целях повышения квалификации учителей общеобразовательных школ и повышения качества образования.

Почему для рейтинга были выбраны только девятиклассники?
В системе рейтинга школ особое внимание уделяется знаниям учащихся. В настоящее время в рейтинговой системе участвуют учащиеся 9-х классов общеобразовательных школ страны.

Какие предметы были выбраны при оценке рейтинга?
По рейтинговой системе контрольная работа проводится по двум предметам: диктант по родному языку и письменная работа по математике.

Почему бы не пройти письменный тест по математике для определения рейтинга?
Письменная работа по математике была получена в рейтинговой системе общеобразовательных школ. Это связано с тем, что школьники Республики Узбекистан в 2021 году будут участвовать в международной оценочной программе PISA-2021. В международной программе оценки PISA студентов обычно просят написать тест, а не тест. В целях надлежащей подготовки к международной оценочной программе PISA-2021 с учетом международного опыта и дальнейшего укрепления позиций нашей страны на международной арене был проведен письменный нематематический тест.

С какой целью проводится диктант по родному языку у учащихся 9-х классов в рейтинге?
Почему не эссе или заявление?
Диктант на родном языке был принят в рейтинговую систему общеобразовательных школ. Основной целью этого является совершенствование навыков письма учащихся, которые служат ключевым критерием в формировании навыков каллиграфии и аудирования учащихся.

С какой целью проводится опрос учителей?
Основной целью общественного опроса учителей является оценка условий, созданных для учителей общеобразовательных школ, управленческих навыков директоров школ, и по результатам опроса способствовать устранению некоторых проблем, мешающих работе учителей.

С какой целью проводится социальный опрос студентов?
Был проведен анонимный опрос учащихся средних школ, участвующих в рейтинговой системе. Основной целью этого является определение уровня педагогических знаний студентов, изучение мнений студентов о деятельности преподавателей, анализ условий, созданных для обучения студентов и недопущение получения студентами качественных знаний. проблемы, с которыми вы сталкиваетесь.

Как доля 11-классников, поступающих в вузы, влияет на качество образования?
Одним из важных показателей является доля выпускников средней школы в вузах, участвующих в рейтинговой системе. Основная цель расчета этого показателя – определить, в каком учебном заведении количество выпускников, поступивших в высшие учебные заведения и посчастливившихся стать студентами. В целях создания здоровой конкурентной среды среди оставшихся школ для занятия высокого места в рейтинге и обеспечения качества образования, предоставляемого преподавателями, для увеличения доли школьников в высших учебных заведениях. Все это приводит к повышению качества образования в общеобразовательных школах.

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 2
  1. aziza yoq

    :???: :???: :???: :???: :???: :???: :???: :???: :???: :???: :???: :???: :???:ubovna

  2. turobovmurod3

    Yaxshi toʻri ish

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: