Karantin vaqtidagi ta’lim, barcha savollarga javoblar

Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Dilshod kenjayev

O‘qituvchilar, o‘quvchilar va ota-onalar uchun karantin davrida maktab ta’limi bo‘yicha savollarga javoblar bilan tanishing.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi huzuridagi shtabda Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Dilshod Kenjayev bilan onlayn brifing bo‘lib o‘tdi.
Brifing “UzReport“ telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi va @koronavirusinfouz telegramm kanalida onlayn berib borildi. Unda xalqimizni qiziqtirayotgan bir qator savollarga javob berildi:
Saytimizda ana shu savol-javoblarni taqdim etishga qaror qildik. Onlayn brefing videosini to‘liq tomosha qilish uchun Xalq ta’limi vazirligining Youtubedagi kanali orqali ko‘rishingiz mumkin. “Javob” tugmasi bosilganda javob matni paydo bo‘ladi.
Savol: Karantin sababli onlayn darslar o‘tkazilyapti. Nima uchun imkoniyati cheklangan, ko‘zi ojiz, kar va soqovlar uchun darslar tashkil qilinmayapti?

Javob

Xabaringiz bor, 2020-yil 16-martdan umumta’lim maktab o‘quvchilari uchun tatil e’lon qilindi. O‘quvchilarimizning ta’til vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va o‘quv dasturda belgilangan bilimlarni o‘z vaqtida o‘zlashtirish maqsadida O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda televizion darslarni tasvirga olish ishlari boshlangan.
Ma’lumot uchun aytib o‘tish kerak, televizion darslarni milliy teleradiokompaniya tarkibidagi 4 ta kanalda namoyish etish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining Yoshlar telekanalida — 1-4-sinf, “Oilaviy” telekanalida — 5-8-sinf, va “Madaniyat va ma’rifat” telekanalida — 9-11-sinf o‘quvchilari uchun, “Dunyo bo‘ylab” telekanalida barcha amaliy fanlardan mahoratli o‘qituvchilar tomonidan televizion darslar olib boriladi. Televizion darslarni tasvirga olishda imkoniyati cheklangan bolalarni o‘qitish ham inobatga olingan.
Barcha dars mashg‘ulotlari kar va zaif eshituvchi bolajonlarga ham tushunarli bo‘lishi uchun surdopedagog hamda surdotarjimonlar tomonidan sinxron ravishda tarjima qilinmoqda. Ko‘zi ojiz bolalar esa televizion dars mashg‘ulotlarini ovozli eshitib, tushunib olishlariga imkon yaratiladi. Bu jarayonga soha mutaxassislari jalb etilgan.

Savol: Karantin tufayli ma’lum vaqtga maktablar yopildi. Qayta ochilgandan so‘ng o‘qish davri uzaytiriladimi, ya’ni yozda o‘qish bo‘ladimi?
Javob

Ko‘pchilikning xabari bor, joriy yilning 15-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri raisligida o‘tkazilgan Respublika Maxsus komissiyasi qarori bilan 16-martdan boshlab maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktab va oliy ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun ta’til e’lon qilingan.
Albatta, ta’tilning davomiyligi tibbiy profilaktika (karantin) jarayonlarining davom etishiga bog‘liq. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, Respublika Maxsus komissiyasining topshirig‘iga asosan joriy yilning 26-mart kuni Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda epedimiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda ta’tilni davom ettirish yoki ettirmaslik zaruriyati yuzasidan Maxsus ishchi guruhiga taklif kiritadi.
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, ta’til vaqtida belgilangan o‘quv dasturlar (bilim) televizion darslar orqali o‘quvchilarimizga yetkaziladi. Hozircha yozgi ta’til davrida o‘qishni davom ettirish rejalashtirilmagan.

Savol: Bitiruv imtihonlari qachon o‘tkaziladi, harbiy institutga topshirmoqchiman u yerda tibbiy ko‘rik va imtihon oldinroq topshiriladi endi nima bo‘ladi yoki keyinga surilishi mumkinmi?
Javob

Amaldagi tartibga ko‘ra, o‘quv yili 25-mayda yakunlanadi. 26-maydan 15-iyunga qadar 9-11-sinflarda bitiruv imtihonlari o‘tkaziladi.
Hozircha, bitiruv imtihonlari muddatini uzaytirish rejalashtirilmagan.
Xalq ta’limi vazirligi tegishli vazirlik va idoralar (OTV, Mudofaa, DTM) bilan kelishgan holda bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishlariga to‘liq imkoniyat yaratilishiga barcha choralarni ko‘radi.

Savol: O‘qituvchilarga virus sababli otpuska berishdi. Ammo nega ularni majburan elektron jurnal to‘ldirish uchun maktablarda ushlab o‘tirishibdi? Nega karantinga amal qilishmayapti? Jurnallar qochib ketadimi? Qani sog‘liq haqida qayg‘urish? Karantin qilib nima qilishardi? Kim buni nazorat qiladi?
Javob

Respublikamizdagi barcha pedagoglar joriy yilning 18-martidan boshlab haq to‘lanadigan mehnat ta’tiliga chiqarildi. Bu haqda vazirlikning tegishli buyrug‘i ham qabul qilinib, joylarga yetkazildi.
Shunday bo‘lsa ham hududlarda ta’til vaqtida o‘qituvchilarni turli tadbirlar (majlis, yig‘in, uchrashuv)ga jalb etilayotganligi yoki ishga chaqirib qandaydir ishlarni bajarish majburlanayotganligi haqida xabarlar kelmoqda.
Vazirlik tomonidan bunday holatlar tezkor o‘rganilib, tegishli choralar ko‘rilmoqda. Bundan tashqari, ta’til vaqtida pedagoglarni hech qanday ishlarga jalb etmaslik to‘g‘risida vazirlikning rasmiy ijtimoiy tarmoqlari, veb-sayti orqali murojaat bilan chiqilgan. Savolda aniq manzil (qaysi viloyat, tuman, maktab) ko‘rsatilmagan ekan, agar bu haqda to‘liq ma’lumot berilsa, albatta bunga chora ko‘riladi.
Shu bilan birga, ta’tilda belgilangan pedagogik yuklamalarni onlayn, ya’ni masofadan turib bajarish imkoniyati yaratiladi.
Elektron kundalik masalasiga kelsak, biz televizion darslarni elektron kundalik orqali ham yetkazish, ya’ni uyga berilgan topshiriqlarni o‘qituvchilar orqali ota-onalarga yetkazish va o‘quvchilarni baholash rejalashtirilgan. Buning uchun o‘qituvchi ishga borishi shart emas, uni mobil telefon orqali uyda turib ham bajarishi mumkin.

Savol: Karantin uzoq davom etsa o‘quvchilarning yozgi ta’tillari qanday tashkillashtiriladi? Misol uchun karantin may oyigacha cho‘zilsa?
Javob

Bu savolga yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek hozircha ta’til 18-martdan 30-martga qadar belgilangan. Ta’tilning davomiyligiga qarab o‘quv jarayonlarining davom etishi haqida albatta o‘quvchilar va ota-onalarimizni xabardor qilamiz.

Savol: O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi kanallarida efirda uzaytirilishi rejalashtirilayotgan teledarslarning jadvalini tomoshabinlarga qachon, qaysi telekanallarda qaysi fan, nechanchi sinf uchun berilishini oldindan bilish uchun qanday e’lon qilib boriladi?
Javob

Eslatib o‘tamiz, television darslar O‘zMTRK ning 4 ta kanalida “Yoshlar”, “Oilaviy”, “Madaniyat va ma’rifat” hamda “Dunyo bo‘ylab” telekanallari orqali efirga uzatiladi. Internet tarmog‘ida esa vazirlikning rasmiy veb-saytida, Kundalik.com hamda onlayn maktab electron portallari orqali kuzatib borishlari mumkin bo‘ladi. Teledasturlar, ya’ni darslarning jadvali va efir vaqtlari bilan 26-martdan boshlab anons shaklida e’lon qilinadi. Vazirlik saytida, ijtimoiy tarmoqlarda keng jamoatchilik va ota-onalarimizni xabardor qilib boramiz.

Savol: Telekanallar orqali efirga uzatiladigan darslar davlat tilidan tashqari boshqa tillarda ham o‘tiladimi? Masalan, rus, qozoq, tojik, qirg‘iz, turkman tillarida ham darslar o‘tkaziladimi?
Javob

O‘zMTRK telekanallarida televizion darslar 2 tilda (o‘zbek va rus tillarida) tasvirga olinmoqda. Shu bilan birga, Qoraqalpog‘iston Respublikasida mahalliy telekanali orqali qoraqalpoq tilida televizion darslar ham tayyorlanmoqda.
Qolgan tillarda (qozoq, qirg‘iz, turkman, tojik) zarurat tug‘ilganda albatta mahalliy telekanallar bilan hamkorlikda televizion darslar tayyorlanadi.

Savol: Xalq ta’limi vazirligi ota-onalardan farzandlarining dars qilayotgan rasmlarini xisobot tarzida yuborishlarini talab qilmoqda. Bu qanchalik to‘g‘ri?
Javob

Vazirlik tomonidan o‘qituvchilardan yoki ota-onalardan uyda dars tayyorlanayotgani haqida hisobot (fotosurat) yuborishlari haqida hech qanday topshiriq berilmagan.
Fursatdan foydalanib, barcha ota-onalarga, pedagoglarga murojaat qilib aytmoqchimiz, hech qanday ortiqcha hisobot, qog‘ozbozlik yoki fotosuratlar talab etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Savol: Maktablarda karantin e’lon qilinishi munosabati bilan tungi navbatchilik tashkil etiladimi?
Javob

Karantin vaqtida ta’lim muassasalarida tungi navbatchilik tashkil etish rejalashtirilmagan
Lekin joylarda qo‘shimcha qo‘shtirnoq ichidagi ayrim tashabbuskor rahbarlar tomonidan tungi navbatchilik tashkil etish haqida topshiriqlar berilayotganligi vazirlikka kelib turibdi. Xalq ta’limi vazirligi barcha mahalliy hokimliklarga ta’lim muassasalarida tungi navbatchilik tashkil etish haqida hukumatning maxsus komissiyasi tomonidan rasmiy topshiriq berilmaganligini yana bir bor eslatib o‘tadi.

Savol: Nima uchun direktor, uning o‘rinbosarlari va yana bir guruh xodimlar karantin paytida ham faoliyatini davom ettirishi kerak?
Javob

O‘quvchilar uchun qo‘shimcha e’lon qilingan ta’til davrida masofadan turib o‘quv jarayonini tashkil etish hamda ta’lim muassasa va tashkilotlarning bino va inshootlarini samarali saqlash ishlarini muvofiqlashtirish, shuningdek yetim va ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiya jarayonini tashkil etish maqsadida o‘z faoliyatini ish joyida amalga oshiradigan rahbar va xodimlar ro‘yxati tasdiqlandi.
Ya’ni, maktab va maktab internatlarda direktor, o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari (yoki xo‘jalik ishlari mudiri) , psixolog, yoshlar yetakchisi, farrosh (hovli supuruvchi), ishchi, qorovul.
Masalan, hozirgi kunda joylarda SES xodimlari bilan birgalikda ta’lim muassasalarimizda tozalash dizenfeksiya ishlari amalga oshirilmoqda.

Savol: Maktabgacha yoki boshlang‘ich ta’lim yoshidagi farzandi bor direktor, uning o‘rinbosarlari yoki karantin paytida ishlashi kerak bo‘lgan xodimlarga ham ta’til beriladimi?
Javob

Albatta, Davlatimiz rahbarining tegishli Farmonida ham belgilab berilganidek, bog‘cha yoki boshlang‘ich sinf yoshida bo‘lgan farzandlariga uyda qarab turishlari uchun lavozimidan qat’iy nazar mehnat ta’tili beriladi, buning uchun ularga barcha sharoitlar yaratiladi.

Savol: Internetda turli onlayn videodarslar e’lon qilinmoqda. Vazirlik tomonidan tayyorlanayotgan videodarslarni qayerdan olishimiz mumkin?
Javob

Bu ham muhim savol, vazirlik tomonidan televizion darslar tayyorlanayotganligi va bu darslar internet tarmoqlariga onlayn shaklda joylashtirilishi haqida xabar tarqatilganidan so‘ng, ayrim chaqqon ta’lim muassasalari rahbarlari, hududiy boshqarmalar tomonidan onlayn darslar tayyorlashga majburlanayotgani haqida xabarlar kelib tushdi. Bu holatga tezkorlik bilan munosabat bildirildi.
Eslatib o‘tamiz, televizion darslar milliy teleradiokompaniyaning 4 ta kanalida efirga uzatilishi rejalashtirilgan: 1-4-sinf “Yoshlar” telekanalida, 5-8-sinf “Oilaviy”, 9-11-sinf “Madaniyat va ma’rifat”, amaliy fanlar va 5 ta muhim tashabbus bilan bog‘liq mashg‘ulotlar “Dunyo bo‘ylab” telekanallari orqali efirga uzatiladi. Internet tarmog‘ida esa vazirlikning rasmiy veb-saytida, Kundalik.com hamda onlayn maktab electron portallari orqali kuzatib borishlari mumkin bo‘ladi.

Savol: O‘quvchi uyda mustaqil tarzda tayyorlanayotgan paytida mavzu bo‘yicha yordam kerak bo‘lsa, mavzu bo‘yicha ma’lumot olish uchun kimga murojaat qilsa bo‘ladi?
Javob

O‘quvchilarimiz uyda mustaqil dars tayyorlayotgan vaqtlarda mavzularni o‘zlashtirish bo‘yicha savollarga javob olishlari uchun birinchi navbatda o‘zlarining ustozlariga, ya’ni fan o‘qituvchilariga murojaat etishlari mumkin.
Bundan tashqari, mahoratli fan o‘qituvchilari psixologlar va metodistlar tomonidan ham maslahat berib borishlari yo‘lga qo‘yiladi. Vazirlikning rasmiy ijtimoiy tarmoqdagi kanallari va sayti orqali ham mutaxassis maslahatlari berib boriladi.


Получите ответы на вопросы о школьном образовании в период карантина для учителей, учеников и родителей.

В штаб-квартире Агентства информации и массовых коммуникаций прошел онлайн-брифинг с заместителем министра народного образования Дильшодом Кенжаевым.
Брифинг транслировался в прямом эфире на UzReport и онлайн на @koronavirusinfouz. Он ответил на ряд вопросов, интересующих наших людей:
Мы решили представить эти вопросы и ответы на нашем сайте. Полное онлайн-видео брифинга можно посмотреть на канале Министерства народного просвещения в YouTube. При нажатии на кнопку «Ответить» появляется текст ответа.
В: В связи с карантином проводятся онлайн-занятия. Почему не организуются занятия для инвалидов, слепых, глухих и немых?
Отвечать
Как известно, с 16 марта 2020 года для учащихся общеобразовательных школ объявлен выходной. В целях обеспечения содержательного отдыха для наших студентов и своевременного получения знаний по учебной программе, совместно с Национальной телерадиокомпанией Узбекистана началась съемка телеуроков.
Следует отметить, что телеуроки будут транслироваться по 4 каналам национальной телерадиокомпании.
На Молодежном телеканале Национальной телерадиокомпании Узбекистана — для учащихся 1-4 классов, на телеканале «Семья» — для 5-8 классов, на телеканале «Культура и просвещение» — для учащихся 9-11 классов», телеуроки ведут опытные преподаватели всех прикладных дисциплин. Обучение детей с ограниченными возможностями также учитывается при съемке телевизионных уроков.
Все уроки синхронно переводятся сурдопедагогами и сурдопереводчиками, чтобы сделать их понятными как глухим, так и слабослышащим детям. Незрячие дети смогут слышать и понимать телевизионные уроки вслух. В этом процессе участвуют специалисты в этой области.

В: Школы временно закрыты из-за карантина. Будет ли продлен учебный период после открытия, т.е. будет ли летнее чтение?
Отвечать
Как известно, по решению Республиканской специальной комиссии под председательством Премьер-министра Республики Узбекистан от 15 марта текущего года, с 16 марта текущего года для учащихся дошкольных образовательных учреждений, школ и высших учебных заведений издается язык.
Безусловно, продолжительность отпуска зависит от продолжения лечебно-профилактических (карантинных) процессов. Следует отметить, что по поручению Республиканской специальной комиссии 26 марта текущего года Министерство дошкольного образования, Министерство народного образования, Министерство высшего и среднего образования совместно с Министерством здравоохранения вносят предложение в Спецрабочую Группу о необходимости продолжать или не оставлять в зависимости от эпидемиологической ситуации.
Как было сказано выше, учебные программы (знания), заданные во время каникул, доводятся до наших студентов через телевизионные уроки. Продолжать обучение во время летних каникул пока не планируется.

В: Когда будут выпускные экзамены, я хочу поступить в военный институт, где медкомиссию и экзамен проведут раньше. Что будет сейчас или можно перенести?
Отвечать
Согласно действующему порядку, учебный год заканчивается 25 мая. Выпускные экзамены пройдут с 26 мая по 15 июня в 9-11 классах.
Пока планов продления выпускных экзаменов нет.
Министерство народного образования по согласованию с соответствующими министерствами и ведомствами (ОТВ, Обороны, ДТМ) примет все меры для того, чтобы выпускники имели полную возможность поступать в высшие учебные заведения.

В: Учителям дали отпуск из-за вируса. Но почему их насильно задерживают в школах для заполнения электронного журнала? Почему не карантин? Сбегут ли журналы? Где побеспокоиться о здоровье? Что они сделали на карантине? Кто это контролирует?
Отвечать
Все учителя страны с 18 марта этого года находятся в оплачиваемом отпуске. Соответствующий приказ министерства принят и доставлен на места.
Однако в регионах есть сообщения о том, что учителей привлекают к различным мероприятиям (собраниям, собраниям, совещаниям) в праздничные дни или заставляют выполнять определенную работу, вызывая их на работу.
Такие случаи оперативно расследуются Министерством и принимаются соответствующие меры. Кроме того, через официальные социальные сети министерства, сайт прозвучал призыв не привлекать педагогов к какой-либо работе в период каникул. Пока в вопросе не указан точный адрес (какая провинция, район, школа), если он будет раскрыт полностью, конечно, будут приняты меры.
При этом появится возможность выполнять педагогические задания на каникулах онлайн, т.е. удаленно.
Что касается электронного дневника, то мы также планируем проводить телевизионные уроки через электронный дневник, т.е. доставлять домашние задания родителям через учителей и оценивать учеников. Учителю для этого не обязательно идти на работу, он может сделать это дома через мобильный телефон.

В: Как организованы летние каникулы студентов, если карантин длится долго? Например, если карантин продлится до мая?
Отвечать
Как упоминалось выше, праздник в настоящее время запланирован на период с 18 по 30 марта. В зависимости от продолжительности каникул мы обязательно проинформируем наших учеников и родителей о продолжении учебного процесса.

Вопрос: Каким образом будет заранее оглашаться телезрителям расписание телеуроков, которые будут транслироваться на каналах Национальной телерадиокомпании Узбекистана, чтобы заранее знать, на каких телеканалах, по какой теме и на сколько занятий ?
Отвечать
Напомним, телеуроки будут транслироваться по 4 каналам Национальной телерадиокомпании Узбекистана на каналах «Молодежь», «Семья», «Культура и просвещение» и «Всемирный». В Интернете они смогут следить на официальном сайте министерства, Kundalik.com и электронных школьных онлайн-порталах. Телепередачи будут анонсированы в виде анонсов с 26 марта с расписанием занятий и эфирным временем. На сайте Министерства мы будем информировать широкую общественность и наших родителей в социальных сетях.

Вопрос: Ведутся ли уроки, которые транслируются на телеканалах, не на государственном языке? Например, проводятся ли занятия на русском, казахском, таджикском, киргизском и туркменском языках?
Отвечать
Телевизионные уроки на НТРК Узбекистана транслируются на 2-х языках (узбекском и русском). Параллельно готовятся телевизионные уроки каракалпакского языка в Республике Каракалпакстан через местный телеканал.
На других языках (казахский, кыргызский, туркменский, таджикский) при необходимости готовятся телевизионные уроки в сотрудничестве с местными телеканалами.

В: Министерство народного образования требует от родителей предоставления отчетов о том, как их дети проводят уроки. Насколько это точно?
Отвечать
Министерство не давало указаний ни от учителей, ни от родителей присылать отчет (фото) о том, что урок готовится дома.
Пользуясь случаем, обращаемся ко всем родителям, воспитателям, чтобы не требовалось лишней отчетности, бумажной волокиты или фотографий.

В: Будут ли организованы ночные смены в школах в связи с объявлением карантина?
Отвечать
Ночных смен в учебных заведениях во время карантина нет
Тем не менее, министерство получает инструкции от некоторых предприимчивых лидеров на местах организовать ночные смены. Министерство народного просвещения напоминает, что не всем органам местного самоуправления официально поручено специальной правительственной комиссией организовать ночные смены в учебных заведениях.

В: Почему директор, его заместители и еще одна группа сотрудников должны продолжать работать во время карантина?
Отвечать
Организация дистанционного обучения обучающихся в период дополнительных каникул и координация эффективного содержания зданий и сооружений образовательных учреждений и организаций, а также лишения детей-сирот и родителей В целях организации процесса обучения детей список руководителей и сотрудников которые осуществляют свою деятельность на рабочем месте.
То есть в школах и интернатах директор, заместитель директора по воспитательной работе, заместитель директора по духовно-воспитательной работе, заместитель директора по хозяйственной части (или заведующий фермой), психолог, молодежный вожатый, уборщик (дворник) , рабочий, охранник.
Например, в наших учебных заведениях совместно с сотрудниками СЭС проводятся работы по уборке и дезинфекции.

В: Имеют ли право на отпуск во время карантина также директора, их заместители или работники, у которых есть ребенок дошкольного или младшего школьного возраста?
Отвечать
Безусловно, как указано в соответствующем Указе Президента Республики Узбекистан, детям дошкольного или младшего школьного возраста предоставляется отпуск для работы на дому независимо от занимаемой должности, для чего созданы все условия.

В: В Интернете размещаются различные онлайн-видеоуроки. Где можно получить видеоуроки, подготовленные Министерством?
Отвечать
Это тоже важный вопрос, так как были сообщения о том, что руководители некоторых действующих образовательных учреждений вынуждены готовить онлайн-уроки со стороны региональных администраций после того, как министерство объявило, что они готовят телеуроки и размещают их в Интернете. На ситуацию отреагировали оперативно.
Напомним, телеуроки будут транслироваться на 4-х каналах национальной телерадиокомпании: 1-4 классы на телеканале «Ёшлар», 5-8 классы на «Семье», 9-11 классы на «Культуре и просвещении». «, прикладные науки и тренинги по 5 важным инициативам будут транслироваться на мировых телеканалах. В Интернете они смогут следить на официальном сайте министерства, Kundalik.com и электронных школьных онлайн-порталах.

В: Если учащемуся нужна помощь по теме при самостоятельной подготовке дома, к кому он может обратиться за информацией по теме?
Отвечать
Когда наши студенты готовят самостоятельный урок дома, они могут сначала обратиться к своим учителям естественных наук, чтобы получить ответы на вопросы по освоению тем.
Кроме того, квалифицированных учителей естественных наук будут консультировать психологи и методисты. Экспертные консультации также предоставляются через официальные каналы социальных сетей и веб-сайт Министерства.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 4
  1. Muhammmadyusuf

    Karantin uzoqqa cho‘ziladimi

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Hozircha ma’lum emas deyishgan

  2. Ergashev Qobiljon

    sentabrdan o‘qish boshlanadimi yoki y o‘q iltimos biz o‘qish bo‘lishini hohlaymiz ayniqsa ko‘lej va akademik litseylarda shu masalada savolmga javob bering.

    1. Baxtiyor Roziq (автор)

      Bu savolga faqat respublika maxsus komissiyasi javob beradi

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: