Umumta’lim maktablar reytingi e’lon qilindi

Umumta’lim maktablar reytingi e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentyabrdagi “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga har yili tumanlar va shaharlar kesimida tanlash asosida umumta’lim muassasalari faoliyati samaradorligi bo‘yicha reyting tuzish va e’lon qilish vazifasi yuklangan.

2019/2020 o‘quv yilida ham Ta’lim inspeksiyasi tomonidan umumta’lim muassasalari reytingini aniqlash doirasida nazorat ishlari va so‘rovnomalar o‘tkazildi. Xalqaro tajribalardan foydalangan holda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalariga asosan yurtimiz tuman va shaharlaridagi maktablarda ta’lim sifati tahlil qilinib, ularning reytingi aniqlandi.
Joriy yilning 22 oktyabr kuni umumta’lim maktablarining reytingi e’lon qilinishi va natijalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Videokonferensiya tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Xalq ta’limi vazirligi rahbariyati, ushbu tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari rahbarlari ishtirok etishdi.

Maktablar faoliyati samaradorligini reyting baholash tizimining joriy qilishdan asosiy maqsad, Respublika bo‘yicha o‘quvchilar bilimini baholashni Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) va Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assosasiyasi (IEA) kabi nufuzli tashkilotlarning PISA (15-16 yoshli o‘quvchilar bilimini baholash bo‘yicha xalqaro dastur), TIMSS (4 va 8-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonligini baholash) PIRLS (boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish darajasi va sifatini baholash) o‘quvchilar bilimini baholash dasturlari darajasiga olib chiqishda ta’lim muassasalariga ko‘maklashishdir.
Maktab reytingini aniqlaydigan indikatorlarni yaratish jarayonida xorijiy tajribalar o‘rganilib, xususan AQSH, Rossiya Federasiyasi, Yaponiya, Avstraliya, Shveysariya, Gollandiya, Kanada va Ukraina kabi davlatlarda umumta’lim muassasalari reytingini baholash metodikasi chuqur tahlil qilindi. Xorijiy tajribaga muvofiq o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash hamda maktab direktorlari va o‘qituvchilari bilan so‘rovnoma o‘tkazish orqali maktabda o‘qitish va ta’lim olish jarayonlari samaradorligini baholash kabi indikatorlar reyting aniqlashning eng asosiy mezonlari hisoblanadi.

Mahalliy va xalqaro tajribalar, hamda mutaxassislarning fikr-mulohazalaridan kelib chiqib, maktablar reytingini tuzish uchun quyidagi 4 ta ko‘rsatkich asosiy mezon sifatida joriy qilindi:
Bular:
— bitiruvchi o‘quvchilarning (11-sinf) umumta’lim fanlari bo‘yicha ta’lim tayyorgarlik darajasi va sifat ko‘rsatkichi (35 ball);
— 9-sinf o‘quvchilarining bilim darajasi (25 ball);
— oliy va birinchi toifali o‘qituvchilar ulushi (20 ball);
— umumta’lim muassasasining o‘quvchilari va pedagog jamoasi o‘rtasida o‘tkaziladigan so‘rovnoma natijalari (20 ball).
Joriy qilinayotgan reyting indikatorlarida jami natijaning 60 foizi o‘quvchilar bilim darajasini aks ettiradi.
Yuqoridagi indikatorlar asosida Respublikaning 992 ta (jamiga nisbatan 10%) umumiy o‘rta ta’lim muassasalari (maktablar) faoliyati tahlil qilindi va 2020 yil 1 iyul holatiga ularning reyting natijalari tayyorlandi:
Hududlar reytingida eng yuqori o‘rinlarni Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlari egallagan bo‘lsa, quyi o‘rinlarda Sirdaryo, Toshkent viloyati va Surxondaryo viloyatlari qayd etildi.
Umumiy reytingda:
eng yuqori Top-20 talikda Andijondan 6 ta, Farg‘onadan 4 ta, Xorazmdan 2 ta, Qoraqalpog‘istondan 2 ta, Namangandan 2 ta, Buxorodan 1 ta, Samarqanddan 1 ta, Qashqadaryodan 1 ta, Surxondaryodan 1 ta maktablar kirdi;
eng oxirgi Top-20 talikda Qashqadaryodan 5 ta, Surxondaryodan 4 ta,  Samarqanddan 3 ta, Toshkent viloyatidan 2 ta, Sirdaryodan 2 ta, Toshkent shahridan 1 ta, Andijondan 1 ta, Qoraqalpog‘istondan 1 ta, Buxorodan 1 ta maktablar kirdi.
Ixtisoslashtirilgan maktablar reytingida eng yuqori o‘rinlarni Namangan shahridagi 3-ixtisoslashtirilgan maktab, Ellikqal’a tumani 5-ixtisoslashtirilgan maktab va Qo‘qon shahridagi 5-ixtisoslashtirilgan maktab egalladi.
Oddiy maktablar reytingida eng yuqori o‘rinlarni Nukus shahridagi 48-maktab, Beshariq tumanidagi 3-maktab va Buxoro shahridagi 2-maktab egalladi.

Ta’kidlash joizki, 2019 yilda ilk marotaba e’lon qilingan maktablar reytingida 10 foiz maktablar qamrab olingan edi. Joriy yilda esa respublika bo‘yicha jami maktablarning 20 foizini qamrab olish rejalashtirilgan edi.
2019/2020 o‘quv yili uchun maktablar reytingini aniqlash maqsadida
2019 yilning 3 oktyabrdan 18 dekabrgacha respublikamizning barcha tuman va shaharlaridan 992 ta umumta’lim muassasalarida nazorat ishlari va ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazildi. 2020 yilning aprel oyida yana 10 foiz maktablarda (o‘tgan yilgi reytingda qatnashgan maktablar) o‘rganish ishlarini o‘tkazish rejalashtirilgan edi. Ammo pandemiya sababli mazkur o‘rganishlarni tashkil qilish imkoni bo‘lmadi. Shu sababli joriy yilda 992 ta (10 foiz) maktablarda o‘tkazilgan reyting natijalari e’lon qilinmoqda. Reytingga jalb qilingan maktablar ro‘yxati umumta’lim muassasalari reytingini tuzish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi komissiya tomonidan tasdiqlangan texnologiya asosida tanlab olish orqali shakllantirildi. Tanlov natijalariga ko‘ra, 186 ta ixtisoslashtirilgan maktab va 806 ta oddiy maktab reyting ro‘yxatiga kiritildi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona va Buxoro viloyati maktablarining 20-28%i ixtisoslashtirilgan maktablar top-100 taligiga kirgan.
Samarqand, Buxoro, Navoiy va Jizzax viloyati maktablarining 15-20%i oddiy maktablar top-100 ligiga kirgan.
11-sinf bitiruvchilarining o‘qishga kirish ko‘rsatkichlari bo‘yicha Toshkent shahri (10,2%), Navoiy (10,2%), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (10,4%), Farg‘ona (10,7%) va Buxoro (16,5%) viloyatlari peshqadam bo‘ldi.
9-sinf o‘quvchilarining bilim darajasini aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan nazorat ishlarida jami 22769 nafar o‘quvchi qatnashdi va ularning 56.1%i ona tilidan diktantdan va 11.97%i matematikadan yozma ishdan ijobiy baholandi.
Diktant bo‘yicha eng yuqori natijalar Sirdaryo, Buxoro, Jizzax, Samarqand viloyatlarida qayd etildi. Jumladan: Jondor tumani 49-IDUM, Nurota tumani  58-maktab, Payariq tumani 5-maktab, Mirobod tumani 31-maktab, Xiva tumani 1-maktab, Xovos tumani 1-maktab, Bog‘dod tumani  3-IDUMI, O‘zbekiston tumani 65-IDUMI, Oltiariq tumani 1-IDUM va Sariosiyo tumani 1-maktab 100% ijobiy natijaga erishgan.
Matematikadan yozma ish bo‘yicha eng yuqori natijalar Samarqand, Xorazm, Namangan va Buxoro viloyatlarida va eng past natijalar Toshkent shahar, Toshkent viloyati va QQR viloyatlarida qayd etildi.

Oliy va birinchi toifali o‘qituvchilar ulushi bo‘yicha yuqori o‘rinlarda Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari bo‘lsa, quyi o‘rinlarda Samarqand, Surxondaryo va Jizzax viloyatlari maktablari aniqlandi.

Maktab o‘qituvchilari jamoasi bilan o‘tkazilgan so‘rovnomada jami 28707 nafar pedagog xodimlar qatnashdi. Ijtimoiy so‘rovnomalar TALIS-xalqaro tadqiqotlari savollari asosida o‘tkazildi. Bu o‘tkazilgan so‘rovnomalar o‘qituvchining professional faoliyatini tekshirishga imkoniyat berdi. So‘rovnoma davomida o‘qituvchilar o‘z kasbiy tayyorgarligi, pedagogik faoliyati, shaxsiy fikr-mulohazalari, maktab sharoiti haqida ma’lumotlarni bayon qilishgan.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, joriy yilgi maktablar reytingiga mavjud 10000 ga yaqin maktabdan 10 foizi ya’ni 992 tasi qamrab olingan. Kelgusida optik tolali internet tarmog‘iga ulangan maktablar soni oshib borishi hisobiga, zamonaviy axborot kommunikasiyalaridan unumli foydalangan holda mazkur reytingga 100 foiz maktablarni qamrab olish rejalashtirilgan.
Reyting natijalarini tahlil qilish asosida sog‘lom raqobat muhitni shakllantirish, maktablarda ta’lim sifatini ko‘tarish, o‘qituvchilarning bilim darajasini va pedagogik mahoratini oshirish, umumta’lim muassasalari faoliyatidagi ochiqlik va shaffoflik darajasini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha barcha imkoniyatlar ishga solinadi.

Manba: tdi.uz


Указ Президента Республики Узбекистан от 5 сентября 2018 года «О дополнительных мерах по совершенствованию системы управления народным образованием» и задание по составлению и опубликованию рейтинга эффективности общеобразовательных учреждений на основе отбора города.

В 2019/2020 учебном году Инспекция образования также проводила проверки и опросы для определения рейтинга общеобразовательных учреждений. По результатам исследования, проведенного с использованием международного опыта, проанализировано качество образования в школах и районах страны и определен их рейтинг.
22 октября состоялось собрание по объявлению рейтинга общеобразовательных школ и обсуждению результатов. Встреча прошла в формате видеоконференции, в ней приняли участие Государственная инспекция по контролю качества образования при Кабинете Министров, руководство Министерства народного образования, руководители региональных отделений этих организаций.

Основной целью внедрения рейтинговой системы оценки эффективности школьной деятельности является оценка знаний школьников страны по PISA (15-16 лет) авторитетных организаций, таких как Организация экономического сотрудничества и развития (ОЭСР). ) и Международной ассоциации образовательных достижений (IEA), «Международная программа оценки учащихся», TIMSS (Оценка математической и научной грамотности учащихся 4-х и 8-х классов) PIRLS (Оценка уровня и качества чтения текстов учащимися начальной школы) o заключается в оказании помощи учебным заведениям в доведении знаний учащихся до уровня программ оценивания.
Изучен зарубежный опыт в процессе создания показателей, определяющих рейтинг школ, в частности, методика оценки рейтинга общеобразовательных школ США, России, Японии, Австралии, Швейцарии, Нидерландов, Канады и Украины. Основными критериями для определения рейтинга являются такие показатели, как оценка знаний и умений учащихся на основе зарубежного опыта и оценка эффективности учебно-воспитательных процессов в школе посредством опроса директоров школ и учителей.

На основе отечественного и международного опыта, а также мнений экспертов в качестве основных критериев для составления школьных рейтингов введены следующие 4 показателя:
Эти:
— уровень и качество образованности выпускников (11 классов) по общему образованию (35 баллов);
— Уровень знаний учащихся 9-х классов (25 баллов);
— доля учителей высшей и первой категории (20 баллов);
— результаты опроса учащихся и учителей общеобразовательной школы (20 баллов).В текущих рейтинговых показателях 60 % общих результатов отражают уровень знаний учащихся.
На основании вышеуказанных показателей проанализирована деятельность 992 (10% от общего числа) общеобразовательных учреждений (школ) республики и подготовлены результаты их рейтинга на 1 июля 2020 года:
Самые высокие рейтинги у Бухарской, Наманганской и Хорезмской областей, а самые низкие у Сырдарьинской, Ташкентской и Сурхандарьинской областей.
Общий рейтинг:
В топ-20 вошли 6 школ из Андижана, 4 из Ферганы, 2 из Хорезма, 2 из Каракалпакстана, 2 из Намангана, 1 из Бухары, 1 из Самарканда, 1 из Кашкадарьи и 1 из Сурхандарьи;
В последний Топ-20 вошли 5 школ из Кашкадарьи, 4 из Сурхандарьинской, 3 из Самаркандской, 2 из Ташкентской области, 2 из Сырдарьинской, 1 из Ташкента, 1 из Андижана, 1 из Каракалпакстана и 1 из Бухары.
В рейтинге специализированных школ самые высокие места заняли 3-я специализированная школа г. Наманган, 5-я специализированная школа Элликкалинского района и 5-я специализированная школа г. Коканда.
Самые высокие места в рейтинге обычных школ заняли 48-я школа в Нукусе, 3-я школа в Бешарыкском районе и 2-я школа в Бухаре.

Следует отметить, что рейтинг школ, впервые опубликованный в 2019 году, охватил 10% школ. В этом году планировалось охватить 20% всех школ страны.
Определить рейтинг школ на 2019/2020 учебный год
С 3 октября по 18 декабря 2019 года были проведены проверки и опросы населения в 992 общеобразовательных школах всех районов и городов страны. В апреле 2020 года было запланировано обследование еще 10 процентов школ (школ, участвовавших в прошлогоднем рейтинге). Однако из-за пандемии эти исследования не удалось организовать. Поэтому оглашаются результаты рейтинга 992 (10%) школ этого года. Список школ, участвующих в рейтинге, сформирован путем отбора на основании технологии, утвержденной Координационной комиссией по рейтингу общеобразовательных школ. По итогам конкурса в рейтинговый список вошли 186 специализированных школ и 806 общеобразовательных школ.

20-28% школ Андижанской, Наманганской, Ферганской и Бухарской областей входят в 100 лучших специализированных школ.
15-20% школ Самаркандской, Бухарской, Навоийской и Джизакской областей входят в сотню лучших общеобразовательных школ.
Лидерами по охвату выпускников 11 классов стали Ташкентская (10,2%), Навоийская (10,2%), Республика Каракалпакстан (10,4%), Ферганская (10,7%) и Бухарская (16,5%) области.Всего в анкетировании по определению уровня знаний учащихся 9-х классов приняли участие 22 769 учащихся, из них 56,1 % получили положительную оценку по диктанту по родному языку и 11,97 % по письменной работе по математике.
Самые высокие результаты по диктанту зафиксированы в Сырдарьинской, Бухарской, Джизакской и Самаркандской областях. В том числе: 49-й ИДУМ Жондорского района, 58-я школа Нуратинского района, 5-я школа Пайярикского района, 31-я школа Мирабадского района, 1-я школа Хивинского района, 1-я школа Хавасского района, 3-я ИДУМ Багдадского района, Узбекского района ИДУМИ 65, ИДУМ 1 Алтыарыкского района и школа №1 Сариосиинского района добились 100% положительных результатов.
Наиболее высокие результаты в письменных работах по математике зафиксированы в Самаркандской, Хорезмской, Наманганской и Бухарской областях, а самые низкие – в г.Ташкенте, Ташкентской области и районах ККР.

По доле учителей высшей и первой категории Ферганская, Андижанская и Наманганская области находятся на верхних местах, а школы Самаркандской, Сурхандарьинской и Джизакской областей — на нижних.

Всего в опросе, который проводился с педагогическим коллективом школы, приняли участие 28 707 воспитателей. Опросы общественного мнения основывались на вопросах исследования TALIS-international. Данные опросы дали возможность изучить профессиональную деятельность учителей. В ходе опроса учителя предоставили информацию о своей профессиональной подготовке, педагогической деятельности, личном мнении и школьных условиях.

Следует отметить, что 992 из примерно 10 000 школ в рейтинге школ этого года охвачены. В дальнейшем, за счет увеличения количества школ, подключенных к оптоволоконному интернету, планируется охватить 100% школ в этом рейтинге, используя современные информационные коммуникации.
На основе анализа результатов рейтинга будут разработаны меры по созданию здоровой конкурентной среды, повышению качества образования в школах, повышению уровня знаний и педагогического мастерства учителей, обеспечению открытости и прозрачности деятельности общеобразовательных школ. школы будут приложены все усилия для устранения недостатков.

Источник: tdi.uz

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: