Karantin vaqtida maqsadsiz yurgan o‘quvchilarga qanday chora ko‘riladi?

Karantin vaqtida maqsadsiz yurgan o‘quvchilarga qanday chora ko‘riladi?

Brifingda Sirdaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Abdushokir Abdurahmonov sohaga oid kelib tushgan savollarga javob berdi.

Biz ham e’lon qilingan ushbu savol-javoblarni e’tiboringizga havola etmoqdamiz. Javoblarni ko‘rish uchun “Javob” tugmasi bosiladi.

1-savol: Ko‘chada, ommaviy joylarda o‘quvchilarni bemaqsad yurganini ko‘p ko‘ryapmiz, bunga qanday choralar ko‘riladi?

Javob

Unutmaylik: farzandlar ta’lim-tarbiyasida ota-ona asosiy javobgar! Hozir ta’til emas, o‘quv yilining 4-choragi davom etyapti!
O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy kodeks”ning 47-moddasiga ko‘ra farzand ta’lim olishida ota-onalarning mas’uliyati belgilab qo‘yilgan. Agar o‘quvchi ko‘chada bekor yurgani yoki mol boqib yurgani aniqlansa, ota-onaga bazaviy hisoblash ish haqining 2 dan bir qismidan 3 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘lmoqda. Bundan tashqari karantin tartib-qoidalariga binoan ham ota-onalar eng kam ish haqining 3 baravaridan 5 baravarigacha jarimaga tortilishi mumkin.

2-savol: Maktab bitiruvchilarini oliy ta’limga kirishga tayyorlashda nima ishlar qilinyapti?
Javob

Maktablarimizda 11 534 nafar bitiruvchimiz bor, bu yil yakuni bo‘yicha ularning kamida 30 foizi, ya’ni 3, 5 ming nafarini oliy ta’limga qamrab olish uchun “Repetitor TV” loyihasi ustida ishlanmoqda loyixada oliy ta’lim olish istagida bo‘lgan viloyatimizdagi barcha yoshlarni ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi hamda kimyo fanlari bo‘yicha televizion, oflayn yoki onlayn tarzda (internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlardan foydalangan holda) kirish imtihonlariga tayyorlashdir.
Bundan tashqari DTM tomonidan kirish imtihonlari savollarini beradigan “e-Sinov” dasturi ishga tushdi, har bir institutga kirishni xoxlovchi onlayn imtixondan o‘tib o‘z bilimini sinashi mumkin.

3-savol: Men maktabda kotiba bo‘lib ishlayman, hozir mehnat ta’tilidaman, ta’til tugagach nima qilaman?
Javob

Mehnat ta’tili tugagach, karantin davom etadigan bo‘lsa “Mehnat Kodeksi”ning 159-moddasiga asosan xodim bekor turib qolgan vaqti uchun uning o‘rtacha ish haqi to‘liq saqlanadi.

4-savol: O‘yda ta’lim -tarbiya olayotgan o‘quvchilarimizning ota-onalariga bola tarbiyasi bo‘yicha qanday tavsiyalar berasiz?
Javob

Haqiqatan, bugungi uyda ta’lim ota-onalarimiz uchun ham sinov. Avvalambor, uyda oilangizga, farzandingiga mehr-muhabbatli bo‘ling, bola qalbi sezuvchan bo‘ladi, salgina kayfiyatni buzilishi ham ham unga yomon ta’sir qiladi.
Farzandlaringiz bilan dildan gaplashishni o‘rganing, birga kitob o‘qing, birga dars tayyorlang, o‘qituvchilari bilan muloqotda bo‘ling.
Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi psixologlari tomonidan “YAxshi ota-ona bo‘lish siri” va shu kabi videoroliklar tayyorlanib ota-onalarga pisoxologik yordamlar berilmoqda, farzand tarbiyasi bo‘yicha ota-onalarga turli tavsiyalar yuborilmoqda. Masalan:
✖️ Bolam sochiqni olib kel, emas,
✔️ Bolam qo‘limni artmoqchiman, deng.
✖️ Darsingni qil, emas,
✔️ Aqlli, tirishqoq bo‘lishingni istayman, deng.
✖️ Kitob o‘qi, emas,
✔️ Dunyoqarashing keng bo‘lishini istayman bolam, deng.
Unutmaylik, bolajonlarimizga buyruq tarzida munosabatda bo‘lsak, u faqat buyruq bajaradigan, keyingi buyruq berilishini kutadigan shaxsga aylanadi. U erkin, o‘zi fikrlaydigan va o‘z ishini bilib qilishini istasak, unga bo‘lgan munosabatimizni o‘zgartirishimiz zarur!

5-savol: Bahorgi kanikulda viloyat fan olimpiadasi bo‘lishi kerak edi, olimpiada keyinchalik bo‘lsa ham o‘tkaziladimi?
Javob

Ma’lumki, hozir televidenie orqali “Onlayn darslar” bo‘lmoqda. O‘quvchilarning olgan bilimilarni sinovdan o‘tkazish maqsadida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan onlayn olimpiada o‘tkazish belgilandi, bunda barcha o‘quvchilar ixtiyoriy ravishda, masofaviy tarzda ishtirok etishi nazarda tutilgan.
Onlayn olimpiada ona tili va adabiyot, matematika, tarix, ingliz tili, rus tili (o‘zbek va rus sinflarda), fizika, kimyo, biologiya, informatika va geografiya fanlaridan o‘tkaziladi. Onlayn olimpiada 4-11-sinf o‘quvchilari uchun joriy yilning 13-aprel kunidan boshlab amalga oshadi, o‘tkaziladigan vaqtlari xalq ta’limi boshqarmasining telegramdagi @sirdaryo_xtb rasmiy kanali orqali e’lon qilinib boriladi.

6-savol: Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i sifatida shaxsan teletomoshabinlarga qanday istagingiz bor?
Javob

Bugun buyuk bobomiz Amir Temur tug‘ilgan kun. “Temur tuzuklari”da shunday satrlar bor ekan: “YAxshi kishilar -yomon kunlarda sinaladi”
Agar o‘zimizni shu yurt farzandi desak, fidoyi deb bilsak, tartib-intizom, mas’uliyat bilan o‘z ota-onalik, farzandlik burchimizni bugun har doimgidan ko‘proq bajarishimiz kerak!


На брифинге начальник Сырдарьинского областного управления народного образования Абдушокир Абдурахманов ответил на вопросы в этой области.

Также предлагаем вашему вниманию эти опубликованные вопросы и ответы. Нажмите кнопку «Ответить», чтобы увидеть ответы.

Q1: Мы часто видим студентов, занимающихся серфингом на улице, в общественных местах, какие меры для этого нужно принять?
Отвечать
Помните: родители несут ответственность за образование своих детей! Сейчас не праздник, а четвертая четверть учебного года!
Согласно статье 47 КоАП Республики Узбекистан установлена ​​ответственность родителей за воспитание своих детей. За обнаружение учащегося без дела на улице или за выпасом скота на родителя налагается штраф в размере от 2 до 3 базовых расчетных величин. Кроме того, согласно карантинным процедурам, родители могут быть оштрафованы на сумму от 3 до 5 минимальных размеров оплаты труда.

Q2: Что делается для подготовки выпускников к получению высшего образования?
Отвечать
У нас в школах 11 534 выпускника, и к концу этого года не менее 30% из них, то есть 3 500, работают над проектом «Репетитор» по охвату высшим образованием, чтобы подготовить всю молодежь нашего региона к вступительным экзаменам. на родном языке, математике, истории Узбекистана и химии по телевидению, оффлайн или онлайн (с использованием интернет-сайтов и социальных сетей).
Кроме того, DTM запустил программу электронного тестирования, которая задает вопросы вступительных экзаменов, чтобы любой желающий поступить в институт мог сдать онлайн-экзамен для проверки своих знаний.

Q3: Я работаю школьным секретарем, сейчас в отпуске, что мне делать после каникул?
Отвечать
В случае продолжения карантина после окончания отпуска, согласно статье 159 Трудового кодекса, средняя заработная плата работника за период безработицы будет сохранена в полном объеме.

Q4: Какой совет вы бы дали родителям наших учеников, обучающихся на дому, по воспитанию детей?
Отвечать
Действительно, сегодняшнее домашнее образование – это испытание для наших родителей. В первую очередь будьте добры к своей семье и детям дома, сердце ребенка будет чутким, и даже незначительное колебание настроения плохо повлияет на него.
Учитесь общаться со своими детьми, вместе читать книги, вместе готовить уроки и общаться с учителями.
Психологи областного управления народного образования подготовили «Секреты хорошего родителя» и подобные видеоролики, оказывая психологическую помощь родителям, направляя родителям различные рекомендации по воспитанию детей. Например:
✖️ Берите с собой полотенце, детка, нет,
✔️ Я хочу поднять руку, детка.
✖️ Делайте домашнее задание, а не
✔️ Я хочу, чтобы ты был умным и трудолюбивым.
✖️ Читайте книгу, а не
✔️ Я хочу, чтобы у тебя был широкий кругозор, детка.
Помните, когда мы относимся к нашим детям как к командирам, они становятся лишь теми, кто выполняет приказ, ожидая следующей команды. Если мы хотим, чтобы он был свободен, чтобы он думал сам и знал, что он делает, мы должны изменить свое отношение к нему!

Q5: Во время весенних каникул должна была пройти региональная олимпиада по науке, будет ли она проводиться позже?
Отвечать
Как известно, сейчас по телевизору идут «онлайн-уроки». В целях проверки знаний учащихся областной отдел народного образования принял решение о проведении онлайн-олимпиады, в которой все учащиеся будут участвовать добровольно и дистанционно.
Онлайн-олимпиада проводится по родному языку и литературе, математике, истории, английскому языку, русскому языку (в классах узбекского и русского языков), физике, химии, биологии, информатике и географии. Онлайн-олимпиада для учащихся 4-11 классов пройдет с 13 апреля текущего года, даты проведения которой будут объявлены на официальном канале Департамента народного образования в телеграмме @sirdaryo_xtb.

Q6: Как глава провинциального отдела народного образования, что лично вы желаете зрителям?
Отвечать
Сегодня день рождения нашего прадеда Амира Темура. В «Правилах Темура» есть такие строчки: «Хорошие люди проверяются плохими днями».
Если мы называем себя детьми этой страны, если мы считаем себя самоотверженными, мы должны сегодня более чем когда-либо дисциплинированно и ответственно выполнять свои родительские и детские обязанности!

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: