Pedagogik yuklama haqida ma’lumotlar bilan tanishing.
Pedagogik yuklama umumiy o‘rta ta’lim muassasasi oldiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda, ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning bilimlarini mustahkamlash, ma’naviyatini yuksaltirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bilan bog‘liq dars mashg‘ulotlaridan tashqari tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
O‘qituvchilarning pedagogik yuklamasida uning lavozim majburiyatlari hamda u bilan tuzilgan mehnat shartnomasida belgilangan vazifalar bilan bir qatorda fanlarni o‘zlashtirishda qiynalayotgan va iqtidorli o‘quvchilar bilan alohida mashg‘ulotlar olib borish hamda pedagog xodimning o‘z ustida mustaqil ishlashi nazarda tutiladi.
O‘qituvchilarning ish yuklamalarini hisoblab chiqarish Xalq ta’limi vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018 yil 27 iyuldagi 9-mh va 19-q/q-son qarori bilan tasdiqlangan «Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi yo‘riqnoma bilan tartibga solinadi.
Pedagogik yuklamaga oid yillik ish rejada belgilangan tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan pedagog xodimlardan hisobot talab qilinmaydi hamda tadbirlarni amalga oshirishning vaqt bo‘yicha hisobi yuritilmaydi.
Mavzuga doir:
Aslida pedagogik yuklama qancha bo‘lishi kerak?