Maktabda nima uchun pul yig‘iladi?

Maktabda nima uchun pul yig‘iladi?

So‘ngi xabarlarga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumanidagi maktab direktori o‘qituvchilardan pul yiqqani uchun ishdan bo‘shatilibdi. Direktor jami 34 nafar xodimdan 680 ming so‘m pul yiqqanligi aniqlangan.

Buning uchun qonunchilikda javobgarlik bor albatta. Bu masala bo‘yicha kerakli organlar o‘z xulosasini beradi. Ammo, bizni vazifamiz faqat jazolash emas aksincha, mana shunday holatlar oldini olishdir.

Direktor ishdan bo‘shatilibdi ham deylik, endi boshqa derektor ham o‘qituvchilardan pul yig‘masligiga kimdir kafolat beroladimi? Nima uchun direktor pul yig‘ishga majbur bo‘lganini ham kimdir o‘rganadimi?

Xabarda aytilishicha, yig‘ilgan pullar maktabdagi bannerlarni almashtirish va «komissiya» tushligi uchun yig‘ilgan ekan. Shunda maktab banneri uchun davlat budjetidan yetarli mablag‘ ajratilmagan degan xulosaga kelsak bo‘laveradimi?

Xabaringiz bor, yaqindagina vazirlik nomi o‘zgardi. Endi birgina bu maktabda emas, kerak bo‘lsa 10 mingdan ortiq maktablarda bannerlar, maktab muhri va yana boshqa narsalar yangisiga almashtirilishi kerak bo‘ladi.

Bu harajatlar uchun kim pul ajratadi? Yoki ajratilgan bo‘lsa, aynan qaysi ochiq manbada xabar berildi? Faqat jazolayvermay, korrupsiyaga sabab bo‘luvchi omillarni ham bartaraf qilsak bo‘lmaydimi?

Shuni unutmaslik kerakki, kimnidir jazolashdan ko‘ra osonroq ish yo‘q. Ammo maktabdagi yig‘di-yig‘dilarni yo‘q qilish uchun maktab harajatlariga yetarlicha mablag‘ ajratib qo‘yish ko‘pchilikning qo‘lidan kelmaydi.

❕O‘qituvchilardan pul yiqqan maktab direktorining yonini olish niyatimiz yo‘q. Biz faqat mana shunday qing‘ir ishlar qilishga majbur bo‘linadigan vaziyatlarni tomoshabin bo‘lib kuzatib turgan mas’ullarni sal turtib, uyg‘otib qo‘ymoqchimiz xolos.

© Ulug‘bek Po‘latov

Mavzuga doir:
O‘quvchilarning ota-onalaridan rozilik asosida har oy pul yig‘ish mumkinmi?

“Boyvachcha” o‘quvchilar yoki maktabda o‘qiydigan farzandingizga qancha pul berasiz?

Korrupsiya taʼlim sifatiga taʼsir qilayotgan asosiy muammolardan biri ekanligi aytildi

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: