Ta’til vaqti o‘qituvchilar maktabda nima ish qiladi?

Ta’til vaqti o‘qituvchilar maktabda nima ish qiladi?

Savol: O‘quvchilar uchun kuzgi ta’til boshlandi. Ma’lumki, bu vaqtda darslar o‘tilmaydi. Shu ta’til vaqtida o‘qituvchilar aynan nima ish qilishi kerak? Biz maktabni tozalab, gul ekib yuribmiz. Ta’til davri ham biz uchun ish vaqti hisoblanadimi? Agar shunday bo‘lsa, ish vaqtimizda qanday ishlarga jalb qilinishimiz mumkin?

Savolga Xalq ta’limi info kanalida quyidagicha javob berildi:
Amaldagi Mehnat kodeksining 181-moddasiga ko‘ra xodim ichki mehnat tartib qoidalariga, smenalarga bo‘linib ishlash (ish) jadvallariga, boshqa ichki hujjatlarga yoki mehnat shartnomasi shartlariga muvofiq mehnat majburiyatlarini qaysi vaqt mobaynida bajarishi kerak bo‘lsa, o‘sha vaqt ish vaqtidir.

Pedagoglar maktabda dars bo‘lmagan vaqtlarda pedagogik yuklamasida belgilab berilgan ishlarni amalga oshiradi yoki maktab ma’muriyati tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi. Faqat topshiriq ham qonuniy bo‘lishi kerak.

Ya’ni, xodimning ish vaqti ekan deb unga lavozim majburiyatlariga kirmaydigan vazifalarni yuklash, mehnat shartnomasi shartlarida ko‘rsatilgan mehnat majburiyatlaridan tashqari vazifalarni bajarishga undash mumkin emas.

O‘qituvchilar ta’til vaqtida ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning bilimlarini mustahkamlash, ma’naviyatini yuksaltirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bilan bog‘liq dars mashg‘ulotlaridan tashqari tadbirlarni amalga oshirishi mumkin.

Shuningdek, har bir pedagog xodimning lavozim majburiyatlari hamda u bilan tuzilgan mehnat shartnomasida belgilangan vazifalar bilan bir qatorda o‘quvchilarning qobiliyat va iste’dodlarini rivojlantirishni nazarda tutgan holda, fanlarni o‘zlashtirishda qiynalayotgan va iqtidorli o‘quvchilar bilan alohida mashg‘ulotlar olib borishi hamda o‘z ustida mustaqil ishlashi mumkin.

Mavzuga doir:
Ta’til vaqtida ham o‘qituvchi ishga chiqishi kerakmi?

O ‘qituvchi ta’til vaqtida ham to ‘garak o ‘tishi kerakmi?

Taʼtil vaqtidagi xatti-harakatlar uchun kim javobgar hisoblanadi?

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: