Maktab oshxonalarida qaysi mahsulotlar sotilishi mumkin emas?

Maktab oshxonalarida qaysi mahsulotlar sotilishi mumkin emas?

💠 Xalq ta’limi vazirligiga ota-onalardan maktab oshxonalarida qaysi oziq-ovqat mahsulotlari sotilishi mumkin emasligi xususida ko‘pgina savollar kelib tushmoqda. Mazkur murojaat va savollardan kelib chiqqan holda Xalq ta’limi vazirligi mavzu yuzasidan atroflicha ma’lumot berib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021 yil 22 iyulda ro‘yxatga olingan “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari”da belgilangan talablarga asosan, umumtata’lim muassasalari o‘quvchilari uchun iste’molga tavsiya etiladigan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari quyidagilardan iborat:
• Go‘sht va go‘sht mahsulotlari;
• Sut va sut mahsulotlari;
• Oziq-ovqat yog‘lari;
• Qandolatchilik mahsulotlari;
• Sabzavotlar;
• Mevalar;
• Dukkakli mahsulotlar;
• Sharbat va ichimliklar;
• Konservalar;
• Non, yorma, makaron mahsulotlari.
Umumta’lim muassasalarida ruxsat etilmaydigan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va taomlari quyidagilardan iborat:
• sun’iy ta’m, hid beruvchi moddalar;
• chipslar;
• rangli va rangsiz gazlangan ichimliklar;
• yaroqlilik muddati tugagan va sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlari;
• bir kun oldin tayyorlangan va qolib ketgan ovqatlar;
• eskirgan, sifati buzilgan sabzavotlar;
• kremli qandolat mahsulotlari (tort va pishiriqlar);
• qo‘lbola qatiq;
• o‘tkir ta’mli sous, ketchup, mayonez, konserva, marinadlangan sabzavot va mevalar;
• energetik ichimliklar;
• danakli mevalarning mag‘zi;
• saqich;
Yuqorida keltirilgan huquqiy hujjat talablariga asosan:
• umumta’lim muassasalarining oshxonalari bir o‘ringa kamida ikki jamlanma hisobida oshxona idish-tovoqlari bilan ta’minlanishi;
• taomlarni pishirish va saqlash uchun foydalaniladigan oshxona uskunalari va idishlari (qoshiq, vilka, pichoqlar) zanglamaydigan po‘lat yoki gigiyenik xususiyatlariga ko‘ra shunga o‘xshash materiallardan tayyorlangan bo‘lishi zarur.
Shuningdek, oshxonalarda shakli buzilgan, chetlari uchgan, singan, yoriq, emali ko‘chgan oshxona idishlari, alyuminiydan tayyorlangan oshxona jihozlari, plastmassa va presslangan fanerlardan qilingan ishlov berish taxtalari, yorilgan, shikastlangan va mayda taxta jihozlaridan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Mavzuga doir:
Maktablar oshxonasida qanday taomlarni sotish ta’qiqlangan?

Maktab oshxonasi xodimlari qanday tibbiy-gigiyenik talablarga amal qilishi lozim?

Maktab oshxonalarida bolalarga bepul ovqat berishni tashkillashtirish taklif qilinmoqda


💠 В Минобразования поступает много вопросов от родителей о том, какие продукты питания нельзя продавать в школьных столовых. На основании этих обращений и вопросов Министерство народного просвещения предоставило подробную информацию по данному вопросу.

На основании требований, указанных в «Санитарных правилах, нормах и гигиенических правилах организации питания учащихся в общеобразовательных средних, средних специальных, профессиональных учебных заведениях», зарегистрированных Министерством юстиции Республики Узбекистан 22 июля 2021 года, Основными продуктами питания, рекомендуемыми для употребления учащимися общеобразовательных учреждений, являются:
• Мясо и мясные продукты;
• Молоко и молочные продукты;
• Пищевые жиры;
• Кондитерские изделия;
• Овощи;
• Фрукты;
• Бобовые продукты;
• Соки и напитки;
• Банки;
• Хлеб, крупы, макаронные изделия.
К основным пищевым продуктам и блюдам, которые не допускаются в общеобразовательные учреждения, относятся:
• искусственный вкус, ароматизаторы;
• чипсы;
• цветные и бесцветные газированные напитки;
• просроченные и некачественные продукты питания;
• еда, приготовленная накануне, и остатки;
• просроченные, испорченные овощи;
• сливочные кондитерские изделия (торты и пирожные);
• домашний йогурт;
• острый соус, кетчуп, майонез, консервы, маринованные овощи и фрукты;
• энергетические напитки;
• мякоть зерновых плодов;
• жевательная резинка;
На основании требований вышеуказанного правового документа:
• кухни общеобразовательных учреждений обеспечиваются кухонной посудой из расчета не менее двух комплектов на место;
• кухонное оборудование и посуда, используемые для приготовления и хранения пищи (ложки, вилки, ножи), должны быть изготовлены из нержавеющей стали или аналогичных материалов по их гигиеническим свойствам.
Также не допускается использование кухонной посуды с деформированными, отколотыми краями, сломанной, треснувшей, смещенной эмалью, кухонной техники из алюминия, рабочих досок из пластмассы и прессованной фанеры, треснутой, поврежденной и мелкой деревянной техники.

Предмет:
Какие продукты нельзя продавать в школьных столовых?

Какие медико-гигиенические требования должны соблюдать работники школьной кухни?

Предлагается организовать бесплатное питание детей в школьных столовых.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: