Maktablar oshxonasida qanday taomlarni sotish ta’qiqlangan?

Maktablar oshxonasida qanday taomlarni sotish ta’qiqlangan?

Maktablar oshxonasida qanday taomlar sotish mumkin emasligi haqida eshitganmisiz?

O‘zbekiston Respublikasi bosh davlat sanitariya vrachining 2010 yil 18 sentabrdagi “Respublika umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarining xavfsiz ovqatlanishini tashkil qilishini ta’minlash to‘g‘risida”gi 8-sonli qaroriga muvofiq umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning oshxona va bufetlarida taqiqlangan taomlar ro‘yxati shakllantirilgan.
Sanitariya-epidemiologiya nazorati matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ro‘yxatga quyidagilar kiritilgan:
gamburger, chizburger, xot-dog, bulochkadagi sosiska va kolbasa, chips, kiriyeshka, xrustyashka, saqich, koka-kola, fanta hamda boshqa turdagi gazlangan rangli ichimliklar, yaroqlilik muddati tugagan va sifati kafolatlanmagan oziq-ovqat mahsulotlari, bir kun oldin tayyorlangan ovqat hamda uning qoldiqlari, veterinariya nazoratidan o‘tmagan go‘sht, baliq va tovuq go‘shtlari, uyda tayyorlangan barcha oziq-ovqat mahsulotlar hamda taomlar, dastlabki ishlov berilmagan va pasterizatsiya qilinmagan sut hamda sut mahsulotlari.
Ushbu mahsulotlarning sotilishiga yo‘l qo‘yilmasligi ta’lim muassasalari rahbarlariga yuklatilganiga, DSENM xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda nazorat ishlari o‘tkazilishiga qaramasdan ayrim holatlarda ushbu qarorning buzilishi kuzatilmoqda.
“Shu bois, umumta’lim muassasalarining oshxonalarida mahsulotlarning sotilishi ustidan ota-onalarning jamoat nazoratida qatnashishini maqsadga muvofiq deb bilamiz”, — deyiladi DSENM xabarida.


Вы слышали о том, какие продукты нельзя продавать на школьной кухне?

В соответствии с Постановлением Главного государственного санитарного врача Республики Узбекистан от 18 сентября 2010 года № 8 «Об обеспечении организации безопасного питания учащихся общеобразовательных школ, академических лицеев и профессиональных колледжей Республики» перечень на кухнях и в столовых общеобразовательных школ, профессиональных колледжей и академических лицеев образовались запрещенные продукты.
Как сообщает пресс-служба Госсанэпиднадзора, в список вошли:
гамбургеры, чизбургеры, хот-доги, булочки, сосиски и сосиски, чипсы, кириешки, сухари, жевательная резинка, кока-кола, фанта и другие виды газированных напитков, просроченная и негарантированная еда, полуфабрикаты и их остатки, мясо , рыба и курица, не прошедшие ветеринарный контроль, все продукты и блюда домашнего приготовления, сырое и непастеризованное молоко и молочные продукты.
Несмотря на то, что руководителям образовательных учреждений не разрешается продавать данную продукцию, в ряде случаев это решение нарушается.
«Поэтому считаем целесообразным участие родителей в общественном контроле за реализацией продуктов на кухнях общеобразовательных школ», — говорится в сообщении ДСЭНМ.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: