Faqat pedagoglarga emas o‘quvchilarga ham yuqori talablar qo‘yishimiz kerak

Faqat pedagoglarga emas o‘quvchilarga ham yuqori talablar qo‘yishimiz kerak

Faqat pedagog xodimlarga talabni kuchaytirish noto‘g‘ri ekanligi haqidagi fikrimga ozgina qo‘shimcha qilmoqchiman. Avvalgi postda aytilgandek hozirgi kunda o‘quvchilar bilimini ham sinovlardan o‘tkazib borishimiz kerak.

Umuman olganda bizning tizimda o‘quvchilar olgan bilimini o‘qituvchining o‘zi baholaydi. Baholar esa o‘ta nisbiy. O‘quvchi o‘qiydimi yo‘qmi bahosini olib maktabni osongina bitirib ketaveradi. Ular maktabda 11 yil nimani o‘rgandi, olgan bilimlarini hayotda qo‘llay oladimi bunisi hech kimga qiziqmas. Bizga faqatgina ularning oliy ta’limga kirib olishi muhim. Boshqasi bilan ishimiz yo‘q.

Ta’lim siyosatini belgilovchi mutasadlilarimiz esa faqat pedagog xodimlar bilimini baholash bilan band. O‘quvchilarga qo‘yiladigan talab esa yuqori emas. Davlat imtihonlari ham juda oddiy o‘tkaziladi. Ota-onalar tugul o‘quvchi ham maktab bahosini his qilmaydi.

Andreas Shlayayxerning «Jahon miqiyosidagi ta’lim» kitobida aytilishicha, qator mamlakatlarda imtihonlarga yuqori talablar qo‘yiladi, o‘quvchilar bu imtihonlarni topshirmasdan hayotning keyingi bosqichini boshlay olmaydilar, bu ishmi yoki o‘qishning keyingi bosqichimi, baribir.

O‘quvchilar orzularini amalga oshirish uchun o‘z bilim va malakasini mustaxkamlash kerakligini biladilar, shuning uchun ham astoydil tayyorlanish va o‘qishga majburdirlar. Boshqacha aytganda, imtihonlar tizimi o‘quvchilarga astoydil o‘qish uchun kuchli stimul bo‘lib xizmat qiladi.

Demak biz ham imtihonlarga yuqori talablar qo‘yishimiz, o‘quvchilarning bilimini doimiy baholovchi tizim yaratishimiz kerak. O‘quvchilar uchun maktab ta’limini olishga bo‘lgan talabni shu qadar kuchaytirishimiz kerakki, toki ular astoydil o‘qishga va buni o‘qituvchilardan ham talab qilishga o‘rgansin.

© Ulug‘bek Po‘latov

Mavzuga doir:
O‘qituvchilarni videotasvirga olgan o‘quvchilarga ham chora ko‘rish kerak

Maktab direktori intizomiy jazo chorasi qo‘llashi mumkinmi?

Tartibbuzar o‘quvchilar bilan kim shug‘illanishi kerak?

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: