Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul tushlik bilan ta’minlash uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul tushlik bilan ta’minlash uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yalpi sessiyasida moliya vaziri Timur Ishmetov «2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartishlar kiritish haqidagi qonun loyihasi bilan deputatlarni tanishtirib, Xalq ta’limi vazirligining yil boshida tasdiqlangan xarajatlariga qo‘shimcha 922 milliard so‘m ajratilishini ma’lum qildi.

Bundan Qoraqalpog‘iston va Xorazmda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul ovqatlantirish uchun — 106 milliard so‘m yo‘naltirilishi ko‘zda tutilmoqda.

Avvalroq «Yuksalish» umummilliy harakati Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida tajriba-sinov tariqasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlash vazifasi joyiga chiqqan holda o‘rgangandi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi XTV maktablarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bepul ovqat berish 11 noyabrdan boshlanishini ma’lum qilgandi.

Jarayonlar hukumatning tegishli nizomi buzilishi ortidan g‘olib deb topilgan lotlar bekor qilinishi oqibatida kechikkani aytilgan.


На пленарном заседании Законодательной палаты Олий Мажлиса министр финансов Тимур Ишметов внес на рассмотрение законопроект о внесении изменений в закон «О Государственном бюджете Республики Узбекистан на 2022 год» и утвердил расходы Министерства народного образования на На начало года объявлено, что будет выделено дополнительно 922 млрд сумов.

Из них предполагается выделить 106 миллиардов сумов на бесплатное питание учащихся начальных классов Каракалпакстана и Хорезма.

Ранее общенациональным движением «Подъем» было изучено в Республике Каракалпакстан и Хорезмской области задание по обеспечению бесплатным питанием учащихся начальных классов в порядке пробы.

В целях устранения выявленных недостатков КТВ Республики Каракалпакстан сообщило, что с 11 ноября в школах будет организовано бесплатное питание учащихся начальных классов.

Сообщается, что разбирательство было отложено из-за отмены выигрышных лотов после нарушения соответствующего постановления правительства.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: