Maktab yoshidagi bolalar uchun sog‘lom ovqatlanish tarzini tashkil etamiz

Maktab yoshidagi bolalar uchun sog‘lom ovqatlanish tarzini tashkil etamiz

Barchamiz farzandlarimizning sog‘lom bo‘lishini istaymiz. Shunday ekan, o‘sayotgan organizmga birinchi navbatda nima kerak bo‘ladi? Albatta to‘g‘ri ovqatlanish!

Maktab yoshidagi bolalar uchun sog‘lom ovqatlanish tarzi nimalarni o‘z ichiga oladi? Bunda qanday qoidalarga amal qilish zarur? Maqolada ushbu savollarga javob topishingiz mumkin.
Maktab yoshidagi bola uchun sabzavotlar tarkibidagi klechatka, mevalar tarkibida mavjud vitaminlar va makroelementlar, go‘sht mahsulotlaridagi oqsil, baliqda juda mo‘l bo‘lgan fosfor, sut mahsulotlarida mavjud kalsiy juda zarur hisoblanadi. Bolaning ratsioni bir me’yorga keltirilgan va zarur miqdordagi oqsil, yog‘lar, uglevodlar, vitaminlar va aminokislotalarni o‘z ichiga olishi zarur.
Yosh bolalarning ovqat hazm qilish tizimi o‘ziga xos bo‘lganligi uchun ular yog‘li, qovurilgan, achchiq va nordon ovqatlarni yeyishdan cheklanishi kerak. Bolalar ovqatlanish tizimining asosini xom mahsulotlar (sabzavotlar, meva va ko‘katlar) hamda qaynatilgan va dimlangan taomlar tashkil etishi lozim. Shirin ichimliklar, pishiriqlar, xamir mahsulotlari, shokolad kabilar minimal miqdorda iste’mol qilinishi zarur.
Agar farzandingizning sog‘lig‘ini asrashni istasangiz, uning fastfud mahsulotlari, gazlangan shirin suv, qotirilgan non va chipsi, shuningdek, tarkibida kimyoviy va rang beruvchi qo‘shimchalar mavjud mahsulotlarni tanovvul qilishiga ruxsat bermang.
Bolaning sog‘lom ovqatlanish tarzini qanday tashkil etish lozim?
Quyida maktab o‘quvchilarining sog‘lom ovqatlanish tarziga oid asosiy qoidalarni keltiramiz:

 

  • 1. Turli-tumanlik

Aniq o‘ylab chiqilgan, turli zarur mahsulotlarni o‘z ichiga oluvchi muvozanatlashtirilgan ovqatlanish tarzi.

 

  • 2. Tartib va davriylik

Kuniga 4 martadan kam bo‘lmagan va har kuni belgilangan bir vaqtda ovqatlanish. Ular orasidagi tanaffus 3,5 soatdan oshib ketmasligi lozim.

 

  • 3. Har kuni yangi uzilgan meva va sabzavotlarni iste’mol qilish

Meva va sabzavotlar salatlarda, qirg‘ichdan chiqarilgan holda, sharbat ko‘rinishida va albatta butunligicha iste’mol qilinishi mumkin.

 

  • 4. Tuz va shakar, gazli ichimliklarni minimum darajagacha cheklash

Ushbu mahsulotlar organizmdagi suv va tuz balansini buzish, ovqat hazm qilish hamda immun tizimini ishdan chiqarish, shuningdek, semirib ketish kabi yoqimsiz oqibatlarga olib kelishi mumkin.

 

  • 5. Taomlarni tayyorlash usuli — bug‘da tayyorlash, dimlab va qaynatib pishirish

Bolalarning ratsioniga quruq mevalarni ham kiritish ayni muddao hisoblanadi.

Manba: Farzand.uz


Мы все хотим, чтобы наши дети были здоровы. Так что же в первую очередь нужно растущему организму? Обязательно правильно питаюсь!

Что включает в себя здоровое питание для детей школьного возраста? Какие правила следует соблюдать? Ответы на эти вопросы вы найдете в статье.
Для ребенка школьного возраста очень важны овощи, клечатка, витамины и макроэлементы во фруктах, белок в мясе, фосфор в рыбе и кальций в молочных продуктах. Рацион ребенка должен быть сбалансированным и содержать необходимое количество белков, жиров, углеводов, витаминов и аминокислот.
Поскольку у маленьких детей уникальная пищеварительная система, им следует избегать жирной, жареной, острой или кислой пищи. Рацион детского питания должен основываться на сырых продуктах (овощах, фруктах и ​​зелени), а также на вареных и приготовленных на пару продуктах. Сладкие напитки, выпечка, выпечка, шоколад и т. д. должны быть сведены к минимуму.
Если вы хотите защитить здоровье своего ребенка, не позволяйте ему есть фаст-фуд, газированную сладкую воду, черствый хлеб и чипсы, а также продукты, содержащие химикаты и красящие добавки.
Как организовать здоровое питание ребенка?
Вот несколько основных рекомендаций по здоровому питанию в школе:

1. Разнообразие

Хорошо продуманная сбалансированная диета, включающая множество основных продуктов.

2. Порядок и периодичность

Ешьте как минимум 4 раза в день в одно и то же время каждый день. Перерыв между ними не должен превышать 3,5 часов.

3. Ешьте свежие фрукты и овощи каждый день

Фрукты и овощи можно есть в салатах, на терке, в виде сока и, конечно же, целиком.

4. Ограничьте соль и сахар, газированные напитки до минимума

Эти продукты могут вызвать водно-солевой дисбаланс в организме, сбой пищеварения и иммунной системы, а также такие неприятные последствия, как ожирение.

5. Способ приготовления – запаривание, запаривание и варка.

Также целесообразно включать в рацион детей сухофрукты.

Источник: Farzand.uz

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: