Endi o‘qituvchi ham maktab ham uydagi o‘quvchiga dars beradimi

Endi o‘qituvchi ham maktab ham uydagi o‘quvchiga dars beradimi

Gibrid usuldagi ta’lim shaklida o‘qituvchi ham maktab ham uydagi o‘quvchiga dars o‘tishga qanday ulguradi?

AOKA huzuridagi shtabda Xalq ta’limi vazirligi matbuot kotibi Laylo Rustamova ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda umumta’lim maktablarda yangi o‘quv yili ta’lim jarayoni to‘g‘risidagi savollarga javob berildi.

Gibrid usuldagi ta’lim shaklida o‘qituvchi ham maktab ham uydagi o‘quvchiga dars o‘tishga qanday ulguradi?

📺Masofaviy shaklda ta’lim olayotgan o‘quvchilarning darslari “Onlayn maktab” loyihasi doirasida tashkil etiladigan darslar orqali berib boriladi.

Bunda maktab o‘qituvchilarining asosiy vazifasi masofaviy ta’limdagi o‘quvchilarning kundalik davomatini yuritish, “Onlayn maktab” loyihasi doirasida tashkil etiladigan darslarda beriladigan vazifalarni tekshirib, bajarilishini nazorat qilib boradi.

Ya’ni maktabda dars bergan o‘qituvchi masofada ta’lim olayotgan o‘qituvchiga alohida dars o‘tib bermaydi.

Ta’kidlash lozim, 18 avgustdan boshlab 1-11-sinflar uchun televizion darslarni tasvirga olish ishlari boshlab yuborilgan.

Onlayn darslarni tasvirga olish ishlariga jami 117 nafar respublikamizning eng malakali pedagoglari jalb etilgan.

Bundan tashqari ushbu darslar ustida 8 nafar surdo-tarjimon hamda 15 nafar muharrir ishlamoqda.

📺“Onlayn maktab” televizion darslari joriy yilning 14 sentabrdan efirga uzatila boshlanadi.

O‘qituvchilarning koronavirusga test topshirishlari va grippga qarshi emlash jarayonlari qay tarzda amalga oshiriladi?

O‘qituvchilarni koronavirusga test topshirish jarayoni hududiy sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markazlari tomonidan markazlashgan tartibda bepul tashkil etilyapti.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq respublikadagi barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining xodimlari 1 oktabriga qadar bepul grippga qarshi emlanishi belgilangan.

Bunda Sog‘liqni saqlash vazirligi har bir ta’lim muassasasiga borgan holda xodimlarni emlash ishlarini o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.


Каким образом при гибридном способе обучения и учителю, и школе удается обучать ученика дома?

В штаб-квартире АОКА состоялся брифинг с участием пресс-секретаря Министерства народного образования Лайло Рустамовой.

На брифинге были даны ответы на вопросы об учебном процессе в новом учебном году в общеобразовательных школах.

Каким образом при гибридном способе обучения и учителю, и школе удается обучать ученика дома?

📺Дистанционные занятия проводятся в рамках проекта «Онлайн-школа».

Основной задачей учителей школы является поддержание ежедневной посещаемости учащихся на дистанционном обучении, контроль и контроль за выполнением поставленных задач на уроках, организованных в рамках проекта «Онлайн-школа».

То есть учитель, который преподает в школе, не ведет отдельный урок с учителем, который ведет дистанционное обучение.

Отметим, что съемки телеуроков для 1-11 классов начались 18 августа.

Всего в съемках онлайн-уроков задействовано 117 самых квалифицированных педагогов страны.

Кроме того, на этих курсах работают 8 сурдопереводчиков и 15 редакторов.

📺 Телеуроки «Онлайн-школы» будут транслироваться с 14 сентября этого года.

Как учителям делают тест на коронавирус и делают прививки от гриппа?

Процесс тестирования учителей на коронавирус организуется областными санитарно-эпидемиологическими центрами мира в централизованном порядке на безвозмездной основе.

В соответствии с Указом Президента Республики Узбекистан «О дополнительных мерах по социальной поддержке населения» до 1 октября сотрудники всех общеобразовательных школ страны будут бесплатно вакцинированы против гриппа.

Минздрав проведет прививки в каждом учебном заведении.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: