O‘quv yili tugasa darsliklar qay tartibda yig‘ib olinadi?

XTV boshqarmasidan muammoli savollarga javoblar

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘I Doniyor Ermatov ishtirokidagi brifingda shu va boshqa savollarga javob berildi.

Muloqot videosini Xalq ta’limi vazirligining Youtubedagi sahifasi orqali ko‘rishingiz mumkin.

1-savol: Men Toshkent shahridagi taʼlim muassasalarining birida sinf rahbari boʻlib ishlayman. Oʻquvchilarimning koʻplari viloyatlarga ketgan va ularning kundalik.com yoki telegramm kanali orqali uy vazifalarini bajarishlari uchun imkoniyatlari yoʻq. Oʻquv kitoblari Toshkentda qolgan. Biz oʻqituvchilar mana shunday oʻquvchilarni qanday baholaymiz?

Javob

Har qanday vaziyatda farzandlarimiz bilim olishi kerak.
Joriy yil 30-mart kunidan umumtaʼlim maktablarida 4-chorak boshlangan. Oʻquvchilarning masofaviy taʼlim doirasida olgan bilimlari baholanib borilishi lozim.
Ayrim oʻquvchilar viloyatlarga ketgan va ularning darsliklari Toshkentda qolgan boʻlsa, bunday holda oʻquvchilar elektron darsliklarni edu portal.uz saytidan koʻchirib olishlari tavsiya etiladi.
Oʻquvchilarni baholash ishlari esa, Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “taʼlim muassasalarida karantin davrida masofadan ishlashga oʻtgan tizim xodimlarining faoliyati yuzasidan tavsiya” asosida amalga oshirish maqsadga muvofiq.
Shu oʻrinda, bolalarning videodarslarni koʻrib borishi va uy vazifalarini bajarib borishiga ota-onalar masʼulligini yana bir bor eslatib oʻtamiz.

2-savol: Maxsus-maktab internatlari oʻquvchilari uchun televizion onlayn darslar tashkil etilmagan, ushbu maxsus maktab-internatlari oʻqituvchilari mehnat taʼtili olishadimi yoki ish haqi olishadimi?
Javob

Avvalgi brifinglarda ham shu kabi savollarga javob bergan edik. Televizion darslarni tasvirga olishda imkoniyati cheklangan, shu jumladan uyda yakka tartibda taʼlim olayotgan bolalarni oʻqitish ham inobatga olingan.
Barcha dars mashgʻulotlari kar va zaif eshituvchi bolajonlarga ham tushunarli boʻlishi uchun surdopedagog hamda surdotarjimonlar tomonidan sinxron ravishda tarjima qilinmoqda.
Koʻzi ojiz bolalarga televizion dars mashgʻulotlarini ovozli eshitib, tushunib olish imkoni yaratildi. Bu jarayonga soha mutaxassislari jalb etilgan.
Psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolajonlar ham boshlangʻich sinflar uchun berilayotgan teledarslar yordamida taʼlim olishadi.
Ularga tushunarli boʻlishi uchun ushbu toifadagi bolajonlar oʻqiydigan ixtisoslashgan maktab-internati va maktablarning oʻqituvchilari oʻquvchilarning ota-onalari yoki ularni oʻrnini bosuvchi shaxslar bilan telefon orqali bogʻlanib maslahatlar berib bormoqda.
Maktab-internat oʻqituvchilari ham barcha umumtaʼlim maktablari oʻqituvchilari singari masofadan faoliyatini davom ettirmoqda.

3-savol: Hozirda karantin vaqtida eksternat shaklida (11-sinf shahodatnomasini olish uchun) hujjatlarni topshira olmagan fuqarolar hujjatlarni qanday topshirishi mumkinligini aniqlab bersangiz.
Javob

Eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining 2015-yil
13-apreldagi buyrugʻi bilan tasdiqlangan Eksternat toʻgʻrisidagi Nizom asosida amalga oshiriladi.
Unga koʻra, talabgorlar tegishli yilning 1-martidan 1-mayiga qadar (shu kuni ham) hududiy boshqarma boshligʻining buyrugʻi asosida belgilangan maktablarning direktori nomiga ariza bilan murojaat etadi.
Talabgorning arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
baholar (oʻzlashtirish) tabeli, agar mavjud boʻlsa;
talabgorning 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 4 dona rangli fotosurati;
pasport nusxasi, pasport olmagan boʻlsa, uning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi.
Hozirgi vaziyatdan kelib chiqib, hujjatlarni elektron tarzda topshirishingiz mumkin.
Vazirlik uzedu.uz rasmiy saytida eksternat tartibida yakuniy attestatsiyalarni qabul qilish vakolati berilgan umumtaʼlim maktablari roʻyxati eʼlon qilingan.
Yakuniy davlat attestatsiyalarni oʻtkazish tartibi yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda qoʻshimcha ravishda jamoatchilik xabardor qilinadi.

4-savol: Elektron kundalik tizimidan foydalanish boʻyicha oʻqituvchilar, oʻquvchilar va ularning ota-onalari muammolarga duch kelmoqda. Tizimni barqaror ishlashini taʼminlasangiz.
Javob

Avvalgi brifinglarda aytganimizdek Muxtaram Prezidentimiz tomonidan joriy yil 17-mart kuni Toshkentda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish toʻgʻrisida qaror imzolandi.
Mazkur qarorga muvofiq, 2020-yil 1-sentyabrdan boshlab, Toshkent shahridagi barcha umumtaʼlim maktablarida jurnal va oʻquvchilarning kundaliklarini qogʻoz shaklida yuritishni bekor qilish hamda ularni elektron tarzda yuritishga moʻljallangan yagona axborot tizimini ishga tushirish rejalashtirilgan edi.
Karantin boʻlganligi sababli, xalq taʼlimi vazirligi tomonidan bu ishlarni tezlashtirishga qaror qilindi.
Kundalik.com elektron tizimi foydalanuvchilari bir qator muammolarga duch kelganliklaridan xabarimiz bor.
Albatta, aholi va oʻquvchilarning takliflari asosida bu tizim yana-da takomillashtirib boriladi.
Shu oʻrinda, ota-onalar va boshqa foydalanuvchilardan tizim barqaror ishlaguniga qadar, imkon boricha hajmi kichik boʻlgan surat va videolarni joylashtirishini tavsiya qilamiz.

5-savol: Bugungi kunda oʻquvchilar onlayn topshiriqlarni bajarmoqdalar, yana bir oydan keyin oʻquv yili tugaydi. Oʻquv yili yakunida darsliklar oʻquvchilardan olinadimi, tartibi qanday boʻladi?
Javob

Oʻquvchilarga darsliklar “Umumtaʼlim maktablarini darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi” nizom asosida ijaraga berilgan.
Hozirgi vaziyatdan kelib chiqib, darsliklar karantin davri yakunlaganidan keyin oʻquvchilar tomonidan kutubxonaga qaytarib beriladi.

6-savol: Maktab rahbariyati oʻz xodimlaridan soliq toʻlovini oyligimdan ushlab qolishingizga roziman, degan ariza yozishni talab qilishi toʻgʻrimi, karantin vaqtida soliq toʻlovlarini toʻlash (yer soligʻi) muddatida imtiyozlar bormi?
Javob

Amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq, ish haqidan faqatgina xodimning yozma arizasiga asosan ushlab qolinishi mumkin.
Shuningdek, ish haqi ijro hujjatlarida koʻrsatilgan hollardagina (soliqlar undirish, sud qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish va shu kabi holatlar) xodimning roziligisiz ushlab qolinishi mumkin.
Boshqa hollarda (masalan, kommunal toʻlovlar va h.k) xodimning yozma roziligisiz uning ish haqidan ushlab qolish noqonuniydir.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-martdagi Farmoniga koʻra,jismoniy shaxslarning mol-mulk soligʻi va yer soligʻini toʻlash muddati 2020-yil 15-oktyabrga qadar uzaytirildi.
Bu borada Siz soliq idoralarining ishonch telefoni orqali yoki rasmiy veb-sayti orqali qoʻshimcha maʼlumot olishingiz mumkin.

7-savol: Bizning maktab rahbariyati sinf rahbarlardan vaqtinchalik jurnal tutib hamma fandan baholangan oʻquvchilarni baholarini oʻsha jurnalga qayd etib, XTBga hisobot berishini aytyapti. Bu qanchalar toʻgʻri?
Javob

Xalq taʼlimi vazirligining maktab oʻqituvchilarining karantin davrida oʻquvchilar bilan masofadan (onlayn tarzda) amalga oshiradigan ishlari yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqildi va joylarga yuborildi.
Unga koʻra, fan oʻqituvchilari oʻquvchilarni baholab borishi uchun vaqtinchalik oʻz fani boʻyicha sinf jurnalini daftarda yuritadi.
Karantin muddati tugagandan soʻng, ushbu vaqtinchalik sinf jurnalidagi oʻquvchilarning baholari asosiy sinf jurnaliga koʻchirib qoʻyiladi.
Oʻqituvchi tomonidan vaqtinchalik sinf jurnaliga oʻtilgan mavzular, uy vazifalari va oʻquvchilarning joriy baholari kiritib boriladi (oraliq nazorat baholari va oʻquvchilar davomati kiritilmaydi).
Toshkent shahrida oʻquvchilarning olgan baholari kundalik.com elektron tizimiga kiritib boriladi.
Oʻquvchilarning olgan baholari toʻgʻrisida sinf rahbarlari tomonidan xalq taʼlimi boʻlimiga hisobot topshirish talab etilmaydi.

8-savol: Men fevral oyida oʻzim ishlaydigan maktabga bola parvarishlash taʼtilidan ishga qaytdim.
Ikki oy oʻrindosh sifatida ishlab keyin menga berilgan dars asosiyga oʻtishi kerak edi.
Endi esa ikki oydan keyin oʻqituvchilarga taʼtil boshlanadi. Shu uchun sentyabrdan asosiy ish oʻringa ega boʻlamiz deyishyapti. Ikki oy qolgani uchun dars soatlari tarifikatsiyadan oʻtmas ekan. Shu toʻgʻrimi?
Javob

Birinchidan, Mehnat kodeksining 233-moddasiga muvofiq ish beruvchi tomonidan ishlayotgan ayollarga homiladorlik va tugʻish taʼtili beriladi.
Mazkur talabga muvofiq Siz homiladorlik va tugʻish taʼtiliga chiqqan boʻlsangiz, ushbu taʼtil muddati davrida Sizga oʻquv yili boshida (yoki keyinchalik) tarifikatsiya qilingan dars soatlari saqlanib, ushbu darslar boshqa oʻqituvchiga biriktiriladi va ushbu oʻqituvchiga soatbay haq toʻlanadi.
Agar homiladorlik va tugʻish taʼtili muddati tugagandan soʻng ishga qaytgan boʻlsangiz, oʻquv yili boshida (yoki keyinchalik) tarifikatsiya qilingan dars soatlarini oʻtasiz va Sizga tarifikatsiya asosida ish haqi toʻlanadi.
Ikkinchidan, Mehnat kodeksining 234-moddalariga muvofiq homiladorlik va tugʻish taʼtili tugaganidan keyin ayolning xohishiga koʻra, unga bolasi ikki va uch yoshga toʻlgunga qadar bolani parvarishlash uchun taʼtil beriladi.
Bolani parvarishlash taʼtillari davrida ayolning ish joyi (lavozimi) saqlanadi.
Sizga farzandingiz ikki (uch) yoshga toʻlgunga qadar bola parvarishlash taʼtili berilgan boʻlsa, taʼtildan ishga qaytgan vaqtingizda Sizga mutaxassisligingiz boʻyicha dars soatlari taqsimlanib, ushbu dars soatlari belgilangan tartibda tarifikatsiyadan oʻtkazilishi, oylik maoshi tarifikatsiya asosida toʻlanishi kerak.
Ushbu holatda maktab maʼmuriyati tomonidan Sizga nisbatan avval oʻrindosh sifatida ishlashingiz, ikki oydan keyin oʻtayotgan darsingiz asosiy boʻlishi boʻyicha qoʻyilayotgan talablar notoʻgʻri hisoblanadi.
Shuningdek, mazkur masala yuzasidan Xalq taʼlimi vazirligiga ishlayotgan taʼlim muassasangizni koʻrsatgan holda murojaat qilsangiz, masʼullar tomonidan holatga aniqlik kiritilib, savollaringizga batafsil javob beriladi.


На эти и другие вопросы ответили на брифинге с участием начальника управления Министерства народного образования Республики Узбекистан Данияра Ирматова.

Видеозапись диалога можно посмотреть на странице Министерства народного просвещения в YouTube.

Q1: Я работаю классным руководителем в одном из учебных заведений Ташкента. Многие мои ученики уехали в провинцию и не имеют возможности делать домашнее задание через каналы daily.com или телеграм. Учебники остались в Ташкенте. Как мы, учителя, оцениваем таких учеников?
Отвечать
В любом случае, наших детей нужно воспитывать.
30 марта текущего года начался 4-й семестр общеобразовательных школ. Знания учащихся о дистанционном обучении должны быть оценены.
Если часть учащихся уехала в регионы, а их учебники остались в Ташкенте, рекомендуется, чтобы учащиеся скачивали электронные учебники с портала edu.uz.
Оценки учащихся должны основываться на «Рекомендациях Министерства народного образования о деятельности системных сотрудников, перешедших на удаленную работу в период карантина в образовательных учреждениях».
Мы хотели бы еще раз напомнить вам, что родители несут ответственность за то, чтобы их дети смотрели видеоуроки и выполняли домашние задания.

Q2: В специальных школах-интернатах нет онлайн-занятий по телевидению, учителя в этих специальных школах-интернатах берут отпуск или им платят?
Отвечать
На аналогичные вопросы мы отвечали на предыдущих брифингах. Телевизионные уроки ограничиваются съемкой детей с ограниченными возможностями, в том числе детей, обучающихся на дому.
Все уроки синхронно переводятся сурдопедагогами и сурдопереводчиками, чтобы сделать их понятными для глухих и слабослышащих детей.
Незрячие дети имели возможность слышать и понимать телевизионные уроки вслух. В этом процессе участвуют специалисты в этой области.
Дети с задержкой умственного развития также получают образование в рамках телевизионных уроков для начальной школы.
Для их разъяснения педагоги специализированных школ-интернатов и школ для данной категории детей связываются по телефону с родителями или опекунами учащихся для консультации.
Учителя интерната, как и все учителя общеобразовательных школ, продолжают работать удаленно.

Q3: Объясните, пожалуйста, как граждане, которые в настоящее время не могут подать документы в форме экстерната (для получения аттестата 11 класса) во время карантина, могут подать документы.
Отвечать
Итоговая государственная аттестация Министра народного образования Республики Узбекистан в 2015 году
Проводится в соответствии с Положением об экстернатах, утвержденным приказом от 13 апреля.
По его словам, с 1 марта по 1 мая текущего года (в этот же день) абитуриенты будут обращаться к директору школы, назначенному приказом главы обладминистрации.
К заявлению заявителя прилагаются следующие документы:
оценочная (освоенная) таблица, если таковая имеется;
4 цветные фотографии заявителя размером 3,5 х 4,5 см;
копия паспорта, копия свидетельства о рождении, если паспорт не получен.
В зависимости от текущей ситуации вы можете подать документы в электронном виде.
На официальном сайте министерства uzedu.uz опубликован список общеобразовательных школ, уполномоченных на получение итоговых аттестатов во внешнем порядке.
Кроме того, общественность будет проинформирована о порядке проведения итоговой государственной аттестации по согласованию с соответствующими министерствами и ведомствами.

Q4: У учителей, учащихся и их родителей возникают проблемы с использованием системы электронного дневника. Если вы убедитесь, что система работает стабильно.
Отвечать
Как уже говорилось на предыдущих брифингах, Президент подписал 17 марта текущего года в Ташкенте постановление о широком внедрении цифровых технологий.
В соответствии с данным решением с 1 сентября 2020 года планировалось отменить ведение бумажных журналов и дневников учащихся во всех общеобразовательных школах Ташкента и запустить единую информационную систему их электронного хранения.
В связи с карантином Минобразования решило ускорить процесс.
Нам известно, что пользователи электронной системы Kundalik.com сталкиваются с рядом проблем.
Разумеется, эта система будет и дальше совершенствоваться на основе предложений общественности и студентов.
Мы рекомендуем родителям и другим пользователям публиковать фотографии и видео как можно меньшего размера, пока система не станет стабильной.

Q5: Сегодня школьники делают домашнее задание онлайн, а учебный год заканчивается через месяц. Будут ли отбираться учебники у учащихся в конце учебного года и в каком порядке?
Отвечать
Учебники выдавались учащимся в аренду в соответствии с Положением об обеспечении общеобразовательных школ учебниками и учебными пособиями.
В связи со сложившейся ситуацией учебники будут возвращены в библиотеку учащимися по окончании периода карантина.

Q6: Правомерна ли администрация школы просить своих сотрудников написать заявление о том, что они согласны удерживать налог с зарплаты, и есть ли льготы по уплате налога (земельного налога) во время карантина?
Отвечать
В соответствии с требованиями действующего законодательства отстранение от работы может быть произведено только на основании письменного заявления работника.
Заработная плата также может быть удержана без согласия работника только в случаях, предусмотренных исполнительными документами (взыскание налогов, принудительное исполнение судебных и иных исполнительных документов и т.п.).
В других случаях (например, при оплате счетов за коммунальные услуги и т. д.) отстранение работника от работы без его или ее письменного согласия является незаконным.
Следует отметить, что согласно Указу Президента Республики Узбекистан от 19 марта 2020 года срок уплаты налога на имущество и земельного налога физических лиц продлен до 15 октября 2020 года.
Получить более подробную информацию об этом можно по горячей линии налоговых органов или на официальном сайте.

В7: Администрация нашей школы ведет временный журнал у классных руководителей и говорит, что учащиеся, получившие оценки по всем предметам, должны записывать свои оценки в этот журнал и отчитываться перед IBU. Насколько это точно?
Отвечать
Разработаны и распространены рекомендации по дистанционной (онлайн) работе Министерства народного образования со школьными учителями в период карантина.
По его словам, учителя естественных наук временно ведут в своих тетрадях классный журнал, чтобы оценивать учеников.
По окончании периода карантина оценки учащихся из этого временного журнала класса будут перенесены в основной журнал класса.
Учитель вводит темы, затронутые во временном журнале занятий, домашнее задание и текущие оценки учащихся (исключая промежуточные экзамены и посещаемость учащихся).
Оценки школьников Ташкента будут заноситься в электронную систему daily.com.
Классные руководители не обязаны сообщать об оценках учащихся в Департамент народного образования.

Q8: Я вернулась на работу в школу в феврале из декретного отпуска.
После двух месяцев работы запасным урок, который мне дали, должен был стать основным.
Теперь через два месяца учителя будут в отпуске. Вот поэтому и говорят, что в сентябре у нас будет основная работа. Осталось два месяца, часы занятий не начисляются. Это правильно?
Отвечать
Во-первых, согласно статье 233 Трудового кодекса женщины, работающие у работодателя, имеют право на отпуск по беременности и родам.
Если вы находитесь в отпуске по уходу за ребенком в соответствии с этим требованием, в течение этого отпуска за вами будут сохраняться классные часы, начисленные в начале (или позже) учебного года, и эти занятия будут прикреплены к другому учителю, и этот учитель будет оплачиваться час.
Если вы вернетесь на работу после окончания отпуска по беременности и родам, с вас будет взиматься плата в начале (или позже) учебного года и оплата будет производиться на платной основе.
Во-вторых, согласно статье 234 Трудового кодекса, после окончания отпуска по беременности и родам женщина имеет право на отпуск по уходу за ребенком до достижения ребенком двух-трех лет.
За женщиной сохраняется место работы (должность) во время отпуска по уходу за ребенком.
Если вам предоставлен отпуск по уходу за ребенком до достижения им возраста двух (трех) лет, при возвращении из отпуска вам будут выделены учебные часы по вашей специальности.
В этом случае требования, предъявляемые администрацией школы к тому, чтобы вы работали сначала подменным, а через два месяца основным курсом, неверны.
Также, если вы обратитесь по этому вопросу в Министерство народного просвещения, указав свое учебное заведение, власти прояснят ситуацию и подробно ответят на ваши вопросы.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: