Karantin sabab o‘quvchilar sinfdan sinfga qoldirilishi mumkinmi?

Karantin sabab o‘quvchilar sinfdan sinfga qoldirilishi mumkinmi?
Telegramda o'qish

Xabaringiz bor, joriy yil 16-martdan boshlab barcha ta’lim muassasalari shu jumladan  maktablar ham koronavirusning keng tarqalishiga qarshi profilaktika sababli yopilgan edi.

Ayrim xorij davlatlarida koronavirus darajasi kamayishi bo‘yicha ijobiy ko‘rsatkichlar deyarli yo‘qligi tufayli karantin muddatini uzaytirmoqda. Bizda ham karantin davri muddati maxsus komissiya qarori bilan uzaytirilishi mumkin, degan gaplar ham yo‘q emas. Shu o‘rinda o‘quvchilarning ota-onalarida savol tug‘ilishi mumkin. Agar karantin davri uzoq muddatga cho‘ziladigan bo‘lsa, maktab o‘quvchilarining aynan o‘zi o‘qiyotgan sinfda qoldirilishi ham mumkinmi? Xalq ta’limi vazirligi matbuot kotibi Anvar Umarov QALAMPIR.UZ muxbirining mazkur savoliga quyidagicha javob qaytardi.

“Avvalambor, karantin muddati cho‘zilmaydi, degan umiddamiz. Hozirda telekanallar orqali 4-chorak darslari o‘tkazilmoqda. Toshkent shahrida o‘quvchilar olgan bilimi Kundalik.com tizimi orqali baholab boriladi. Viloyatlarda aholining imkoniyatidan kelib chiqib telefon yoki messenjerlar yordamida baholanadi. Agar hukumat qarori bilan karantin muddati cho‘zilsa, albatta, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda buning chorasi ham ko‘riladi”, deydi Anvar Umarov. U shuningdek, OTMlarga imtihon topshirishi lozim bo‘lgan bitiruvchi sinf imtihonlari masalasiga ham alohida to‘xtaldi.

“Maktablarda bitiruvchi sinflar ham bor. Oliy ta’lim muassasalariga imtihon topshirishi uchun ularga bitirganlik haqida hujjat berilishi zarur. Buning uchun ular avval davlat imtihonlaridan o‘tishi kerak. Mazkur masalalarda vazirlik rahbariyati optimal yechim ustida izlanish olib bormoqda”.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: