Uyda ta’lim, yana muhim savollarga javoblar

Uyda ta’lim, yana muhim savollarga javoblar

AOKA shtabida O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi matbuot kotibi Anvar Umarov ishtirokida brifing bo’lib o’tdi.

Quyida brifing davomida muhim savollarga qaytarilgan javoblar taqdim etildi.
1-savol: Shahar xalq ta’limi boshqarmasi har kuni ota-onalardan farzandlari dars qilayotganligi haqida videoroliklar olishni va ularga yuborishni so’rayapti. Shu to’g’rimi?

Javob

Hozirgi davrda ota-onalar farzandlarining videodarslarni tomosha qilishi va topshiriqlarni bajarishiga mas’ul ekanini eslatib o’tamiz. Ota-onalar farzandlarining dars qilishini nazoratga olishi lozim.
Dars jarayonini videoga olib, o’qituvchi yoki xalq ta’limi boshqarmasiga yuborishga EHTIYOJ YO’Q!

2-savol: Prezident maktablari nega televizion darslarni tayyorlashga jalb etilmagan?
Javob

Televizion darslarni tayyorlashda Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan Prezident maktabidan bir qator mahalliy o’qituvchilar JALB QILINGAN. Ular ona tili, adabiyot, astronomiya va fizika fanlaridan videodarslar tayyorlagan.
Kelgusida Xalq ta’limi vazirligi Prezident maktabi o’qituvchilarini STEAM fanlari bo’yicha videodarslarni olishga jalb qilishni rejalashtirgan.

3-savol: Televizion darslarda o’qituvchining «doska»sidagi yozuvlar ko’rinmayapti. Operatorlar yaxshiroq fokus berib turishi imkoni bormi?
Javob

Xalq ta’limi vazirligi bu kabi takliflarni olgan va umumlashtirgan holda MTRK vakillariga taqdim etgan. Mazkur taklif ham hamkorlikda amalga oshiriladi.

4-savol: Farzandim doim uy vazifasini bajarib, o’qituvchilarga yuboradi. Lekin elektron kundalikka baho qo’yilmagan. Bunga kim javobgar? Elektron kundalikda jadvalni ham yangilab borish imkoniyati bormi?
Javob

O’quvchilar yuborgan uy ishlarini baholashga o’qituvchilar mas’ul hisoblanadi. Sizga o’qituvchi bilan suhbatlashishni va baho nima uchun qo’yilmaganini so’rashingizni tavsiya etamiz.
Dars jadvallari masalasida maktab ma’muriyatiga tegishli topshiriq berilgan. SHu o’rinda, Xalq ta’limi vazirligining rasmiy telegram kanalida (@uzedu) kunlik dars jadvallari berib borilayotganini ma’lum qilamiz.

5-savol: Nega o’quvchilarni elektron kundalik orqali uy ishlarini har kuni yuborishni talab qilishadi? Ertasi kuni yuborilsa, qabul qilinmayapti. Bu o’quvchilar o’rtasida ko’chirishni oldini olish uchun qilinayotgan ekan. Hech qaerda oila internet sarf qilishi haqida gapirilmagan. Davlat o’quvchilarni internet bilan ta’minlashi shart. SHu talab to’g’rimi?
Javob

Darslar har kuni o’tkaziladi. O’quvchilar uy ishlarini oddiy davrda bo’lganidek har kuni qilishlari kerak. Darslar o’z vaqtida qilinmasa, uy vazifalari to’planib qoladi va farzandingiz ularni bajarishda qiynaladi. Bundan kelib chiqib, bolangiz har kuni uy vazifasini qilishi kerak.
Mamlakatimizda karantin joriy etilganidan keyin 1 aprel kunidan boshlab o’qituvchilar masofadan ishlashni boshlashdi. O’qituvchilar uy vazifalarini bajarilishini tekshirib borishlari lozim, buni esa hozirda faqat internet yordamida amalga oshirish mumkin.
Shuni ta’kidlash lozimki, mamlakatimizdagi aksariyat mobil aloqasini taqdim etuvchi kompaniyalar Kundalik.com saytini o’z abonentlari uchun BEPUL xizmat ko’rsatishini ta’minlagan.
▪Tizimdan foydalanganlik uchun megabaytlar ketmaydi.


В штаб-квартире AOCA состоялся брифинг с участием пресс-секретаря Министерства народного образования Республики Узбекистан Анвара Умарова.

Ниже приведены ответы на важные вопросы, заданные во время брифинга.
Q1: Каждый день Департамент народного образования города просит родителей снимать и присылать видео с учебой их детей. Это правильно?
Отвечать
Напоминаем родителям, что теперь просмотр видеоуроков и выполнение домашних заданий является обязанностью их детей. Родители должны следить за обучением своих детей.
НЕТ НУЖНОСТИ снимать курс на видео и отправлять его учителю или в Департамент народного образования!

Q2: Почему президентские школы не участвуют в подготовке телевизионных уроков?
Отвечать
Ряд местных учителей Президентской школы в Ташкенте ПРИВЛЕЧЕНЫ к подготовке телевизионных уроков. Они подготовили видеоуроки по родному языку, литературе, астрономии и физике.
В дальнейшем Министерство народного образования планирует привлекать учителей Президентской школы к видеоурокам по предметам STEAM.

В3: На уроках телевидения у учителя нет записей на доске. Могут ли операторы лучше сосредоточиться?
Отвечать
Министерство народного просвещения получило такие предложения и передало их в НТРК. Это предложение также будет реализовано совместно.

Q4: Мой ребенок всегда делает домашнее задание и отправляет его учителям. Но электронный дневник не имеет рейтинга. Кто несет за это ответственность? Можно ли обновлять расписание в электронном дневнике?
Отвечать
Учителя несут ответственность за оценку домашних заданий, представленных учащимися. Мы рекомендуем вам поговорить с учителем и спросить, почему не была поставлена ​​оценка.
Администрация школы проинструктирована о расписании. Сообщаем вам, что на официальном телеграм-канале Министерства народного образования (@uzedu) размещены ежедневные расписания уроков.

Q5: Почему учащиеся должны каждый день сдавать домашнее задание через электронный дневник? Если оно будет отправлено на следующий день, оно не будет принято. Это сделано для того, чтобы предотвратить перевод между студентами. Нигде не говорится о семье, тратящей интернет. Правительство должно предоставить студентам доступ в Интернет. Это правда?
Отвечать
Занятия проходят каждый день. Учащиеся должны выполнять домашнее задание каждый день, как обычно. Если домашняя работа не сделана вовремя, домашняя работа будет накапливаться, и вашему ребенку будет трудно ее выполнить. В результате ваш ребенок должен делать домашнее задание каждый день.
После введения в нашей стране карантина с 1 апреля учителя перешли на дистанционную работу. Учителя должны проверять свои домашние задания, которые в настоящее время доступны только в Интернете.
Следует отметить, что большинство мобильных операторов страны предоставляют своим абонентам БЕСПЛАТНЫЕ услуги на сайте Kundalik.com.
▪Мегабайты не идут на пользование системой.

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: