Inspektor-psixologning asosiy vazifalari haqida

Maktabda Inspektor-psixologning lavozim vazifasi nimalardan iborat?

Maktabda Inspektor-psixologning lavozim vazifasi nimalardan iborat?

Savol: Maktablarda psixolog shtat birliklari qisqartirilib inspektor-psixolog lavozimi joriy etilgandi. Ammo bizni maktabga biriktirilgan inspektor-psixolog ayrim o‘quvchilarimiz maktabga kelmaganligi uchun pedagog xodimlarga chora ko‘rishini aytmoqda. Bu qonunan to‘g‘rimi? Ular o‘qituvchiga chora ko‘rishga haqlimi? Aslida inspektor-psixologning asosiy lavozim vazifasi qanday?

Javob: Ma’lumki, 2021 yil 1 iyulidan umumiy urta ta’lim muassasalarining 2 000 ta psixolog shtat birligini qisqartirish evaziga 1 100 ta voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixolog shtat birligi kiritilgan. Inspektor-psixologlar pedagoglar bilan emas aksincha o‘quvchilar bilan shug‘illanishi kerak.

Quyidagilar inspektor-psixologlarning asosiy vazifalari hisoblanadi:

👉darslarga sababsiz muntazam ravishda qatnashmayotgan voyaga yetmaganlarni aniqlaydi, darslarga qatnashmaslik sabablarini o‘rganadi;

👉umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida jamoat tartibi va xavfsizligini ta’minlash borasida tadbirlarni tashkil etadi;

👉muammoli o‘quvchilar bilan ularning yashash joylarida ota-onalari ishtirokida manzilli ishlaydi;

👉o‘quvchilardagi barcha salbiy holatlar va moyilliklarning oldini olish bo‘yicha ta’lim muassasalari psixologlari bilan hamkorlikda pedagog xodimlar va ota-onalar uchun tavsiyalar ishlab chiqadi;

👉o‘quvchilarning mikromuhitini o‘rganish borasida oilalarga tashrif buyurib, o‘smir va ota-onalar bilan individual suhbatlar uyushtiradi;

👉umumiy o‘rta ta’lim maktabining ichki nazoratidagi o‘quvchilar bilan tizimli ishlab, ushbu o‘quvchilarni ichki nazoratdan chiqarish choralarini ko‘radi.


Каковы должностные обязанности инспектора-психолога в школе?

Вопрос: В школах сокращены штаты психологов и введена должность инспектора-психолога. Однако инспектор-психолог, прикрепленный к нашей школе, говорит педагогическому коллективу, что примет меры, так как некоторые наши ученики не приходят в школу. Это законно? Имеют ли они право принять меры против учителя? Собственно, в чем основная трудовая функция инспектора-психолога?

Ответ: Известно, что с 1 июля 2021 года взамен сокращения 2000 штатных единиц психологов общеобразовательных учреждений введено 1100 штатных единиц инспекторов-психологов по делам несовершеннолетних. Инспекторы-психологи должны иметь дело не с педагогами, а со студентами.

❕ Основными обязанностями инспекторов-психологов являются:

👉выявляет несовершеннолетних, регулярно не посещающих занятия без уважительной причины, изучает причины непосещения занятий;

👉 организует деятельность по обеспечению общественного порядка и безопасности в общеобразовательных учреждениях общего образования;

👉работает с проблемными учащимися по месту жительства с участием их родителей;

👉 совместно с психологами образовательных учреждений разрабатывает рекомендации для педагогических работников и родителей по предупреждению всех негативных ситуаций и тенденций у обучающихся;

👉 посещает семьи и организует индивидуальные беседы с подростками и родителями с целью изучения микроокружения учащихся;

👉системно работает с учащимися, находящимися на личном контроле общеобразовательной школы, и принимает меры по снятию этих учащихся с внутреннего контроля.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 4
  1. Sadullayev Ibrohim

    Psixolog inspektor o‘quvchi sochini olmaganligi uchun ya’ni sochi uzunligi uchun sochini qirqishi mumkunmi bu qay darajada to‘g‘ri bu holatda o‘quvchi nima qilishi kerak bunda o‘quvchi nafsoniyatiga tegilgan bo‘lmaydimi

  2. uzbek blogeri

    inspektor psixolog maktabda o‘quvchi bilan qo‘pol muomala qilishi mumkinmi bu holatda o‘quvchi qayerga murojat qilishi kerak

    1. Аноним

      +

  3. Navroʻzova Dilora Ramazonovna

    Inspektor psixolog boʻlish uchun qayerda murojat qilish kerak

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: