Yoshlar yetakchilarining vazifalari maktabdagi qaysi xodimlarga yuklatildi?

Yoshlar yetakchilarining vazifalari maktabdagi qaysi xodimlarga yuklatildi?

Xabaringiz bor Prezidentning tegishli farmoni bilan umumta’lim maktablaridagi yoshlar etakchisi lavozimi tugatildi. Ammo bu Yoshlar ittifoqi ham tugatildi degani emas. Shu sababli maktabdagi “Yoshlar ittifoqi” va “Kamalak”sardorlari o‘z faoliyatini davom ettiradilar.

Yoshlar etakchisi lavozimi tugatilganligi sababli uning lavozim majburiyatlari ta’lim muassasalaridagi Psixolog, Harbiy chaqiriqqacha tayyorgarlik rahbari, Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlariga yuklatildi.

Bunda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari o‘quvchi-yoshlar bilan ishlashga umumiy rahbarlik qiladi.

Ya’ni direktor o‘rinbosarlari Yoshlar ittifoqi qoshidagi “Kamalak” bolalar tashkiloti safiga o‘quvchilarni jalb etish maqsad-vazifalarini tushuntirish va targ‘ib qilishga qaratilgan tashviqot ishlarini olib boradi, umumiy o‘rta ta’lim muassasasida Sardorlar Kengashi faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yadi va sardorlarga tashkiliy-uslubiy ko‘mak berib, ularning taklif-tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Asos: Xalq ta’limi vazirining 2022 yil 20 yanvar` kungi 17- sonli buyrug‘i.


Как известно, должность вожатого в общеобразовательных школах упразднена соответствующим указом Президента. Но это не значит, что Союз молодежи прекратил свое существование. Поэтому лидеры «Союза молодежи» и «Радуги» в школе продолжат свою работу.

В связи с прекращением должности молодежного лидера его обязанности были возложены на психологов в учебных заведениях, начальника допризывной подготовки, пропагандиста по вопросам творчества и культуры, заместителя директора по духовно-просветительской работе.

Заместитель директора по духовно-воспитательной работе возьмет на себя общую работу со студентами.

Иными словами, заместители директора ведут пропагандистскую работу по разъяснению и пропаганде целей привлечения учащихся в ряды детской организации «Камалак» при Союзе молодежи, систематически контролируют деятельность Совета руководителей в общем среднем образовании. оказывает организационно-методическую поддержку руководителям и поддерживает их инициативы.

Основание: Приказ Министра народного просвещения № 17 от 20 января 2022 г.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: