Elektron imzo, uni qanday olsa boʻladi?

Elektron imzo, uni qanday olsa boʻladi
Telegramda o'qish

DXA axborot xizmati maʼlum qilishicha, hukumat qarori bilan tasdiqlangan Maʼmuriy reglamentga koʻra ERIni Davlat xizmatlari markazlari (oʻzi kelgan holda), my.gov.uz portali hamda e-imzo.uz rasmiy veb-sayti orqali olish mumkin.

    1. Davlat xizmatlari markazlari orqali olganda xodimga faqatgina pasportni oʻzini taqdim etish kifoya. Mutaxassisimiz tizim orqali STIR (yaʼni, “INN”) raqamini tekshirib olib elektron imzo kalitini shakllantirib beradi. Elektron imzo Sizga taqdim etilishi uchun DXMga “fleshka” bilan kelish lozim.

    2. Elektron raqamli imzoni, shuningdek DXMga bormasdan masofadan turib olish mumkin. Buning uchun, yuqorida aytilganidek, istakka koʻra ikkita veb-saytdan foydalanish mumkin — my.gov.uz hamda e-imzo.uz. Ikkala resursda ham davlat xizmatini olish boʻyicha yoʻriqnoma, ishlab chiqilgan boʻlib, mazkur yoʻriqnomada barcha bosqichlar aniq koʻrsatilgan.

Arizalarni kim tasdiqlaydi?

Elektron raqamli imzo berish tizim Davlat soliq qoʻmitasiga tegishli boʻlib, ushbu tashkilot vakolatli organ hisoblanadi.

Biroq, arizalarni koʻrib chiqish muddatini tezlashtirish maqsadida my.gov.uz va e-imzo.uz orqali ERI sertifikatini olish boʻyicha murojaatlarni koʻrib chiqish vakolati DXMlarga ham berilgan.

DXMlar tomonidan ERI olish uchun onlayn tarzda rasmiylashtirilgan arizalar 1 ish kuni mobaynida koʻrib chiqiladi va barcha maʼlumotlar toʻgʻri boʻlgan taqdirda, elektron raqamli imzo sertifikati yaratiladi.

Arizalar nega rad etilmoqda?

Davlat xizmatlari agentligi mutaxassislari monitoringi natijasida quyidagi sabablar aniqlandi:

    – selfi usulida olingan fotosurat nusxasi sifatining pastligi sababli pasport (ID karta) seriya raqami va JSH SHIR koʻrinmaganligi;

    – selfi usulida olingan fotosurat umuman ilova qilinmaganligi;

    – pasport nusxasining alohida ilova qilinmaganligi;

    – ikkala qismda ham bir xil fayl biriktirilganligi;

    – belgilangan toʻlovlar amalga oshirilmaganligi.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: