Shahodatnoma dublikati endi elektron shaklda beriladi

Shahodatnoma dublikati endi elektron shaklda beriladi

Joriy yilning 1 iyulidan boshlab xalq ta’limi tizimida yana bir davlat xizmati ishga tushiriladi. Endilikda turli sabablarga ko‘ra, yo‘qolgan, buzilgan, yaroqsiz holga kelgan shahodatnomalar o‘rniga dublikatni 5 kunda olish mumkin bo‘ladi.

Buning uchun shahodatnomasi yo‘qolgan, yaroqsiz holga kelgan, buzilgan fuqarolar dublikatni olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali ariza beradi. Ariza avtomatik tarzda portal orqali tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlariga ular orqali ta’lim tashkilotlariga yuboriladi.

Ta’lim tashkilotlari arxiv hujjatlari asosida dublikat berish (yoki rad etish) bo‘yicha xulosa tayyorlaydi va tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limiga yuboradi.

Tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari QR-kod qo‘yilgan dublikatni rasmiylashtiradi yoki dublikat berishni rad etish to‘g‘risida ma’lumotni shakllantiradi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron ravishda yuboradi.

Fuqarolar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali xizmat natijasini avtomatik tarzda tizimda BЕPUL yuklab oladi.

Shahodatnoma dublikati elektron shaklda beriladi


С 1 июля текущего года в системе народного образования будет запущена еще одна госуслуга. Теперь вместо утерянных, поврежденных или недействительных сертификатов по разным причинам можно будет получить дубликат за 5 дней.

Для этого граждане, чьи удостоверения утеряны, стали недействительными или повреждены, обращаются за получением дубликата через Единый портал интерактивных государственных услуг (my.gov.uz). Заявка автоматически направляется через портал в районные (городские) отделы народного образования через них в образовательные организации.

На основании архивных документов организации образования готовят заключение о выдаче (или об отказе) дубликата и направляют его в районный (городской) отдел народного образования.

Районные (городские) отделы народного образования выдают дубликат с QR-кодом либо формируют информацию об отказе в выдаче дубликата и направляют его в электронной форме через Единый портал интерактивных государственных услуг.

Граждане автоматически загружают результат оказания услуги в систему БЕСПЛАТНО через портал Единых интерактивных государственных услуг.

Telegramda o'qish

OTM uchun onlayn hujjat topshirish yo'riqnomasi bilan tanishing
Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ
Комментарии: 1
  1. Narzullaev muxammad

    Salom men shaxodat nomanmdi yuqotib quygaman shuni tiklab berishlariyizdi iltimos qilaman samarqand viloyat oqdaryo tuman uzbekston maxalasi bolta qishlogida 26 urta umum talim maktabni tamomlaganman 2010 yilda 1994 yil 01 19 tug’ulgaman

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: