Bog‘chalarga elektron navbatlar 15 oktyabrdan yo‘lga qo‘yildi

Bog‘chalarga elektron navbatlar 15 oktyabrdan yo‘lga qo‘yildi

Ota-onalar farzandlarining MTTga qabul qilinishi uchun navbatga turishlari va yo‘llanma olishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi xabar berdi.

2020-yilning 15-oktyabridan e’tiboran davlat MTTlariga qabul uchun talabnomalarni elektron tarzda yuborish tizimi qayta ishga tushadi. Tizimga kelib tushgan yo‘llanmalarga elektron generatsiya yordamida ishlov berilganidan so‘ng, qo‘yidagilarni bajarish lozim:

• Davlat xizmatlari markazi («Yagona darcha»)da yo‘llanmani olish. Talabnomani my.gov.uz portali orqali yuborgan ota-onalar Davlat xizmatlari markaziga borib o‘tirmay, yo‘llanmani printer orqali bosib chiqarishlari mumkin;

• yo‘llanmani 15 kun davomida MTTga taqdim etib, bola qabulini rasmiylashtirishlari talab etiladi. Belgilangan 15 kun o‘tgach, yo‘llanma muddati bekor qilinadi;

• agar MTTdagi mo‘ljallangan guruh hali ochilmagan bo‘lsa, yoki epidemiologik vaziyat tufayli ota-onalarning istagi bilan bola uyda qoldirilsa, u holda ota-onalar bolani masofaviy o‘qitishga o‘tkazilishiga oid yozma ravishda xabarnoma taqdim etishlari kerak bo‘ladi (maktabgacha yoshdagi bolalar uchun qiziqarli o‘quv jarayonlari Bolajon kanalida efirga uzatiladi). Bolaning o‘rni saqlanadi, to‘lov olinmaydi.

Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyidan tayyorlov (6-7 yoshdagi bolalar), yuqori (5-6 yoshdagi bolalar) guruhlar, 12 oktyabrdan esa – o‘rta (4-5 yoshdagi bolalar) guruhlar o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lsa, noyabr oyi boshidan kichik (3-4 yoshdagi bolalar) guruhlarga bolalarni qabul qilish boshlanadi.
Davlat MTTlar ishini to‘laqonli yo‘lga qo‘yish uchun mahalliy deputatlar Kengashining va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining ruxsatlari talab etiladi.


Родители смогут встать в очередь для приема своих детей в МТТ и получить направление. Об этом сообщает Министерство дошкольного образования.

С 15 октября 2020 года будет перезапущена система электронной подачи заявлений о приеме в государственные МТЦ. После того, как направления были обработаны в электронном виде, необходимо сделать следующее:

• Получить направление в Центр обслуживания населения («Единое окно»). Родители, подавшие заявление через портал my.gov.uz, могут распечатать ваучер, не посещая Центр государственных услуг;

• Подайте направление в МТТ в течение 15 дней и зарегистрируйте ребенка. Через 15 дней билет будет аннулирован;

• Если целевая группа в МТТ еще не установлена, или если ребенок остается дома по требованию родителей в связи с эпидемиологической обстановкой, то родители должны будут предоставить письменное уведомление о переводе ребенка на дистанционное обучение (интересные процессы обучения для дошкольников будут транслироваться на канале Болахон). Место для ребенка бронируется бесплатно.

Напомним, что с сентября начали свою работу подготовительная (дети 6-7 лет), старшая (дети 5-6 лет) группы, а с 12 октября — средние (дети 4-5 лет) группы. детей в малых (3-4 года) группах.
Для полноценной работы государственных МТЦ требуется разрешение местного Совета депутатов и Службы санитарно-эпидемиологического надзора и общественного здоровья.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: