Chet tilini bilish malaka sertifikati uchun qilinadigan to‘lov yuzasidan ayrim tushunmovchiliklar haqida

Chet tilini bilish malaka sertifikati uchun qilinadigan to‘lov yuzasidan ayrim tushunmovchiliklar haqida
Telegramda o'qish

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 11 avgust sanasida imzolagan 610 sonli qaroriga e’tibor beradigan bo‘lsak, unda quyidagi bandlar qayd etilgan:

  • — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda chet tilini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini keng qo‘llagan holda 2018 yil 1 yanvardan boshlab malaka sertifikatiga ega bo‘lgan talabgorlarga sertifikatni olgandan boshlab 2 yilgacha quyidagi imtiyozlar berish tartibini joriy etsin:
  • — chet tilini bilish darajasi to‘g‘risida davlat namunasidagi A2 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatga ega bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining saralash test sinovlari ro‘yxatiga chet tili (ingliz, nemis, fransuz) fani kiritilgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga kirishda chet tili fanidan maksimal ball berish va ularni chet tili fani bo‘yicha test sinovidan ozod etish;
  • — chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi davlat namunasidagi B2 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatga ega bo‘lgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari pedagoglarini attestatsiya jarayonida malaka sinovi uchun belgilangan maksimal ball bilan baholash va sinovdan ozod etish.

Bundan tashqari mutaxassislik fanlaridan chet tilida dars beradigan B2 va undan yuqori darajadagi malaka sertifikatiga ega bo‘lgan ta’lim muassasalarining pedagog xodimlariga 100 foizgacha ustamalar belgilanishi tartibi belgilangan. Vazirlar mahamasining 610 sonli mazkur qarori O‘zbekistonda umumiy, o‘rta maxsus va oliy ta’limda chet tilini o‘rganish uchun moddiy rag‘bat sifatida barcha pedagoglar tarafidan yaxshi kutib olindi. Biroq shunga qaramay, hozirga qadar bu qarorning ijrosi borasida bir necha tushunmovchiliklar va ortiqcha moliyaviy ovoragarchiliklar borligi ko‘zga tashlanadi.

Tushunmovchiliklar aslida nimadan iborat?

Avvalo, agar pedagog kadr chet tilini bilish malaka imtihonidan B2 va undan yuqori darajaga ega ekanligi haqida tegishli sertifikatga ega bo‘lsa, nega chet tilini bilish malaka sertifikatiga ega bo‘lgan xodim ortiqcha tarzda bazaviy hisoblash miqdorining eng kam miqdorini to‘lashi kerak? Vaholanki, pedagog xodim chet tilini bilish malaka imtihoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 barobari (334 000 UZS) miqdorida pul to‘lagan. Nega endi pedagog kadr toifa sertifikati uchun qaytadan bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobari (223 000 UZS) miqdorida haq to‘lashi kerak degan savol tug‘ilishi tabiiy. Aksar pedagog ustozlar chet tilini bilish malaka sertifikatiga ega bo‘lgan holda toifa sinov testlari uchun ortiqcha 223 000 UZS miqdorida pul to‘lamoqdalar va testga borganlarida chet tilini bilish malaka sertifikatini ko‘rsatgandan so‘ng, siz testga kirmasangiz ham bo‘ladi degan tartib asosida testda qatnashmayaptilar. Albatta, chet tilini bilish malaka sertifikatiga ega bo‘lgan holda toifa olish test jarayonlarida qatnashmagan holda maksimal 100 balni qo‘lga kiritish — bu imtiyoz. Ammo nega pedagoglar ortiqcha haq to‘lashi kerak, nega pedagog kadrlarning attestatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi inspeksiya pedagog ustozlarning ortiqcha to‘lov to‘lashiga yo‘l qo‘ymoqda? Nahotki, bunday tushunmovchilikni oldini olish mumkin emas?

Ikkinchidan, maktablarda 10 va 11-sinfda o‘qiyotgan ayrim o‘quvchilarda Chet tilini bilish malaka sertifikati (CEFR B2, IELTS 5.5, TOEFL) natijalari bo‘lgani holda, ular ingliz tilidan bitiruv imtihonlarida qatnashishi shart. Agar ingliz tilidan dars berayotgan ustozlar, o‘quvchilari chet tilini bilish bo‘yicha CEFR B2 yoki IELTS 5.5 sertifikatiga ega ekanligi, ular imtihondan ozod ekanligini aytishsa-da, maktablarning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ularni chet tili fanidan imtihonga qatnashishi majburiy ekanligini aytishadi. Bu ham o‘qituvchi, ham o‘quvchi oldida noqulaylikni yuzaga keltiradi.

Mazkur muammolar bo‘yicha Xalq ta’limi vazirligi va Ta’lim inspeksiyasi o‘z izohlarini bersa, tushunmovchiliklarga nuqta qo‘yilgan, ortiqcha vaqt, mablag‘ tejab qolingan bo‘lar edi.
Muallif: Jahongir ergashev

Manba: sof.uz

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: