Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari endi viloyatlarda ham o‘tkaziladi

Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari endi viloyatlarda ham o‘tkaziladi

🔖 Oktabr oyida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan “Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlari” bo‘yicha talabgorlarning fikrlarini o‘rganish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazilgan edi.

🙋🏻‍♂️ So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, aksariyat talabgorlar chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovlarini o‘z yashash hududida topshirish istagini bildirdi.

✅ Shu sababli, Bilim va malakalarni baholash agentligi talabgorlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish maqsadida 2021-yil yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovlarini viloyatlarda va Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

📍 Bunda talabgorlar ro‘yxatdan o‘tish mobaynida test topshirish hududini o‘zlari tanlashlari mumkin.

👨🏻‍💻 Ro‘yxatga olish Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti orqali (https://uzbmb.uz/page/cefr) amalga oshirilmoqda.

📆 Yanvar oyi uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirgan nomzodlardan hujjatlar 2021-yil 4-8-yanvar kunlari Bilim va malakalarni baholash agentligi va uning hududlardagi bo‘limlari orqali qabul qilinadi.

⏳ Test sinovlari esa talabgorlarning sonidan kelib chiqqan holda 2021-yil 21-30-yanvar oralig‘ida o‘tkaziladi.



🔖 В октябре Государственный центр тестирования провел опрос, чтобы узнать мнение абитуриентов о «Тесте на знание иностранного языка».

🙋🏻‍♂️ Согласно опросу, большинство абитуриентов изъявили желание пройти тест на знание иностранного языка по месту жительства.

✅ Поэтому Государственный центр тестирования планирует провести тестирование в январе 2021 года в регионах и Республике Каракалпакстан для удобства абитуриентов и их родителей.

📍 Абитуриенты могут выбрать тестовую зону при регистрации.

👨🏻‍💻 Регистрация осуществляется через официальный сайт Государственного центра тестирования (https://uzbmb.uz/page/cefr).

📆 Заявки от кандидатов, зарегистрировавшихся онлайн на январь и оплативших тестирование, будут приниматься через Государственный центр тестирования и его региональные отделения с 4 по 8 января 2021 года.

⏳ Тесты пройдут с 21 по 30 января 2021 года в зависимости от количества поступающих.

Telegramda o‘qish

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
BAXTIYOR.UZ

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: