Chet tili sertifikatiga ega abituriyentlar ogohlantirildi

Chet tili sertifikatiga ega abituriyentlar ogohlantirildi
Telegramda o'qish

⚡️ Chet tili sertifikatiga ega abituriyentlar diqqatiga!
👨🏻💻 Ma’lumki, chet tillaridan sertifikatga ega abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda sertifikat ma’lumotlarini tizimga kiritadi.

📌 Hozirda mazkur ma’lumotlar asosida Davlat test markazi tomonidan sertifikatlarning haqiqiyligi tekshirilmoqda va ularga 3 xil status berilmoqda:

ℹ️ Sertifikat dasturga kiritilganda – “Tekshirilmoqda”.

✅ Sertifikatning haqiqiyligi va imtiyoz berish uchun talabga javob berishi aniqlanganda – “Tasdiqlandi”.

❌ Sertifikatning haqiqiyligi tasdiqlanmasa yoki imtiyoz berish uchun talabga javob bermasa – “Tasdiqlanmadi”.

📆 Sertifikatlarni tekshirish ma’lum vaqt talab etishini inobatga olgan holda, chet tili sertifikatiga ega abituriyentlardan sertifikatlarini 21-iyulga qadar kiritishlarini so’raymiz.

Понравилась статья? Поделиться с друзьями:
Baxtiyor.uz
Добавить комментарий

;-) :| :x :twisted: :smile: :shock: :sad: :roll: :razz: :oops: :o :mrgreen: :lol: :idea: :grin: :evil: :cry: :cool: :arrow: :???: :?: :!: